O‘zbekiston respublikasi oliy




Download 18,37 Mb.
bet53/75
Sana16.02.2024
Hajmi18,37 Mb.
#157830
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
Bog'liq
Elektr uskunalarini tamirlash

Nazorat savollari:





  1. Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori havo elektr uzatish elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish tartibi?

  2. Elektr tarmoqlari tuzilishi?

  3. Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlab turishni tushintirish?
  1. mavzu: Kabelli elektr uzatish tarmoqlari ekspluatatsiyasi.


Reja:

  1. Kabelli elektr uzatish tarmoqlari ekspluatatsiyasi.

  2. PUE va TXK bo‘yicha barcha kabel tarmoqlari montaji.

  3. Kabel tarmoqlarining qo‘llanilishi.

Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida va xo‘jaliklarda, madaniymaishiy obyektlarda tobora ko‘proq kabel tarmoqlari foydalanilmoqda. Kabellar ikki uch va undan ortiq izolyasiyaga ega bo‘lib, uzoq xizmat qilishi, yuqori ishonchliligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi. Kabel tarmoqlarining qo‘llanilishi 0,4 kV li kuchlanishda, hamda 1 kV dan Yuqori kuchlanishda yo‘lga qo‘yilgan.


PUE va TXK bo‘yicha barcha kabel tarmoqlari montaji ekspluatatsiya xodimi nazoratida bajarilishi va ekspluatatsiyaga qabul qilib olinishi zarur. Nazorat qiluvchi ekspluatatsiya xodimi barcha ishlar sifatini, kabelning barabanga ulangan holatini, muftalar va montaj materiallarining sifatini nazorat qiladi, yopiq ishlarni ko‘rib ishga qabul qilib oladi, kabel tarmog‘ining gabaritlarini, boshqa er osti kommunikatsiyalari va kabellar bilan yaqinlashishi va kesishish joylarini, muftalar montaji holatini ko‘rib ekspluatatsiyaga qabul qilib oladi.
Kabel tarmog‘ini maxsus kommissiya ekspluatatsiyaga qabul qilib oladi. Bunda kommissiya kabel trassasini to‘liq ko‘rib chiqadi va texnik hujjatlarini tekshirib oladi. Kabel tarmog‘ini ishga tushirishdan oldin quyidagilar bajariladi: kabelni butunligi va fazirovkasini tekshirish, kabel tolalarining sig‘imi va aktiv qarshiligini aniqlaydi, oxirgi muftalarda erga ulanish qarshiligini o‘lchaydi, daydi toklar paydo bo‘lishida himoya vositasining ishlashini tekshiriladi, U=1kV gacha kabelni megommetr bilan, kuchlanishi U=1kV dan Yuqori kuchlanishli tarmoqlarni oshirilgan kuchlanish bilan sinab ko‘riladi. Ekspluatatsiyaga butun inshootlar kompleksi qabul qilib olinadi: muftalar uchun kabel quduqlari, kabel tunellari va kanallari, antikorroziya himoyasi, signalizatsiya sistemasi, avtomatika vositalari, nazorat o‘lchov asboblari va boshqa kabel tarmog‘iga o‘rnatilgan vositalar.
Kabel tarmoqlar ekspluatatsiyasi hajmiga quyidagilar kiradi: yuklama toki ustidan nazorot, tarmoqning harorat rejimi va kuchlanishini tekshirish; trassani ko‘rib chiqish, profilaktik sinovlar va o‘lchovlar; erga ko‘milgan kabellarning metall qoplamalarini korroziyadan himoya qilish; tarmoqni qo‘riqlash.

Download 18,37 Mb.
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Download 18,37 Mb.