|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 51/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash Nazorat savollari:
Tokning o‘tish joyi qayer?
Kontakt yuzalarning bir-biriga tegib turgan joyi?
Ulovchi kontaktlar turlari?
Elektr kontaktlar diagnostikasi?
mavzu: Profilaktik tekshirish va o‘lchovlar.
Reja:
Profilaktik tekshirish.
Tekshirish va o‘lchovlar.
Prujinali PD-1 asbobi.
Tuproq namligi ma’lum darajada bo‘lganda (30-60%) havo elektr uzatish tarmog‘ining yog‘och tayanchlari tez chiriydi. Ularning holati er sathidan 30-40 sm chuqurlikda va Yuqorigi bandajlar ostida tekshiriladi. Chirish chuqurligi uch joydan ko‘rinishiga qarab tayanchning ekvivalent diametri aniqlanadi. Bunda shuplar, buravchik, prujinali PD-1 asbobi ishlatiladi. Erga ulovchilarni tekshirishda er kavlab ko‘riladi va uning chuqurligi tekshiriladi( S=0,5 m gacha). Erga ulovchilar, agar metall qoziqlardan iborat bo‘lsa, haydov erlar 1 metrgacha
tekshiriladi. Erga ulovchilar qarshiligi MS 0,7; M-416 asboblari bilan eng quruq mavsumda, ya’ni yozda tekshiriladi (5.1-rasm).
5.1-rasm. M-416 asbobida havo elektr uzatish tarmoqlari tayanchlarining erga ulanish qarshiligini aniqlash sxemasi.
1-yerga ulovchi, 2-kuchlanishli qoziq. 3-tokli zond.
Havo elektr uzatish tarmoqlari elektr uskunalarining planli oldini olib texnik qarov va ta’mir grafigiga ko‘ra joriy va kapital ta’mir qilinadi. Joriy ta’mirda tarmoqda pastda va yuqorida qarov qilinadi, yog‘och tayanchlar chiriganligi tekshiriladi, bandajlarning qisilish zichligi tekshiriladi, og‘ib qolgan tayanchlar esa to‘g‘rilanadi. Nosoz izolyatorlar almashtiriladi, bo‘sh tortilgan simlar qaytadan tarang tortiladi. Havo elektr uzatish tarmoqlari atrofida o‘sgan daraxtlarning shox- shabbalari butalanadi.
Rejali kapital ta’mirlashda joriy ta’mirdagi ishlar bajariladi. Reja bo‘yicha tayanchlar almashtirib boriladi. Yog‘och tayanchli havo elektr uzatish tarmoqlari har 3 yilda joriy ta’mirlanadi. Temir betonli havo elektr uzatish tarmoqlarida esa har 6 yilda bir joriy ta’mir o‘tkaziladi. Ta’mirlash ishlari oldidan ta’mirlovchilar guruhi yig‘iladi, kerakli ehtiyot qismlar va materiallar olinadi, asboblar tekshiriladi. Ta’mirlash ishlariga ruhsat berilgandagina ular bajariladi. Joriy va kapital ta’mirlash uchun zarur materiallar va ehtiyot qismlar miqdori me’yoriy xujjatlarga ko‘ra olinadi.
Qayta yerga ulanish Elektr motorni nollash tarmog‘ining qarshiligini o‘lchash tarmog‘ining holatini aniqlash uchun IZS-asbobining sxemasi. RTT- IES-asbobini ulanish sxemasi. Yuqori sezgirlikka ega bo‘lgan tok transformatori. Z-qayta erga ulagich.
Havo elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanishni uzmasdan erga ulanishlar qarshiligini o‘lchash uchun turli sxemalar va usullar ishlab chiqilgan va ISZ asbobi yordamida elektr qurilmalar va tarmoqlarda erga o‘tayotgan tok yo‘lining qarshiligini o‘lchash sxemasi ko‘rsatilgan. Bu sxema bilan neytrali yerga ulangan 0,4 kV li tarmoqlarda o‘lchov bajarilishi mumkin. ISZ asbobi vositasida o‘lchovlar nol va erga ulanish tarmoqlarini ajratmasdan amalga oshiriladi.
Bu sxemalar bilan 100 mA dan 10 A gacha yerga ketish toki va 0,1 dan 10 Omgacha tarmoq qarshiligini o‘lchash mumkin.
|
| |