|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 59/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash Nazorat savollari:
Ekspluatatsiya davomida kabel izolyasiyasi va kabelning metal qoplamalari?
Kabelning metal qobig‘i?
Kabel qobig‘i emirilishi?
Kabel elektr tarmoqlarini ta’mirlash?
mavzu: Transformatorlar podstansiyalari ekspluatatsiyasi.
Reja:
Qishloq va suv xo‘jaligidagi elektr iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlab turish.
Transformator podstansiyasi pasaytiruvchi kuch transformatori
Iste’molchilarga o‘rnatilgan qurilmalar.
Qishloq va suv xo‘jaligidagi elektr iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlab turish uchun transformatorlar podstansiyalari xizmat qiladi. Ular 110 kV kuchlanishni 35, 10, 6, 0,4 kV kuchlanishgacha pasaytirib, iste’molchilarni etarli quvvatlar bilan ta’minlab turadilar. Transformator podstansiyasi pasaytiruvchi kuch transformatoridan va taqsimlash qurilmalaridan iborat bo‘ladi. Kuch transformatorlari moyli konstruksiyaga ega bo‘lib, quvvati 25, 40, 63, 100, 160, 250, 400, 630, kVA va undan yuqori bo‘ladi. Ularda moy transformatorning asosiy qismlarini izolyasiyalaydi va birdaniga sovitish uchun ham xizmat qiladi. Barcha kuch transformatorlari taqsimlash qurilmalari bilan jihozlangan. Qishloq va suv xo‘jaligi elektr ta’minoti tizimlarida tashqi maydonlarda o‘rnatiladigan taqsimlash vositalari komplektlari qo‘llaniladi (KRUNlar). Iste’molchilarga o‘rnatilgan qurilmalar 110, 35, 10 kV kuchlanishni 10, 6, 0,4 kV kuchlanishga tushirib beradi va turli ulash - ajratish, ximoya amallarini bajarib turadi. Ular atrof muhit harorati
-40˚ +45˚S gacha bo‘lganda normal ishlab turadi. Taqsimlash vositalari komplektlaridan transformatorlar podstansiyasi qurilmalari yig‘iladi. Shkaflarda VMG10, VMK-10K, VMM-10 va boshqa tipli moyli ajratgichlar, A37 tipli avtomatlar, PNB, PRS, NP, SD tipli saqlagichlar, rubilniklar o‘rnatiladi. Qishloq aholi yashash punktlarini elektr ta’minoti uchun transformatorlar podstansiyasi komplektlari ko‘plab ishlatiladi. Qishloq va suv xo‘jaligi obyektlari uchun RU-10, RU-35 komplektlari ishlab chiqilgan. Ularda quvvati 630…6300 kVA bo‘lgan kuch transformatorlari o‘rnatilgan.
Nasos stansiyalari uchun 110/35/10 yoki 6 kV li transformatorlar ishlatiladi. Qishloq va suv xo‘jaligi obyektlari uchun yopiq transformatorlar komplekti qo‘llaniladi. Ular himoyalangan, xavfsiz, texnik xizmati engil bo‘lishi, eshik va tirqishlari zich berkitilgan bo‘lishi, tomi soz bo‘lishi zarur. Yopiq taqsimlash punktlarining ichki harorati va namligi qurilmalarda kondensat suv tomchilari paydo bo‘lishini oldini olishi, izolyasiyasi nam tortib qolmasligi va bino havosi ventilyasiya qilib turilishi zarur. Transformatorlar podstansiyasi eksplutatsiyasida quyidagilar bajariladi:
-iste’molchilar, qurilmalarning texnik ko‘rsatkichlariga qarab ularning ish rejimlarini ta’minlab turish, qurilmalarning normal faoliyatini nazorat qilish, kuzatib borish,
-ularni artib tozalash, avariyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklar va defektlarni zudlik bilan yo‘qotish,
-profilaktik qarovlar, sinovlar va ta’mirlarni o‘z vaqtida o‘tkazib turish,
-erga ulanish konturi, yashin qaytargichlarni soz bo‘lishini ta’minlash, -texnik xujjatlarni to‘g‘ri olib borish.
Transformatorlar bu yurtmachiga to‘liq yig‘ilgan, moy bilan to‘ldirilgan holda etkaziladi. Transformator bilan birga pasporti, ekspluatatsiyasi bo‘yicha yo‘riqnomasi, gradusnik, gaz relesi va harorat signalizatori beriladi.
Transformator montajigacha usti yopiq joyda saqlanishi zarur. Agar uzoq muddat saqlansa, undagi moy sathi va sifati nazorat qilib turiladi, termosifon filtrdagi silikagel holati qaraladi, zichlanish joylaridan moy oqsa, mahkamlovchi boltlar qo‘shimcha tortib qo‘yiladi. Transformatorlar qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratilishi zarur.
Transformatorni ekspluatatsiyaga qabul qilish
Iste’molchiga keltirilgan transformator dalolatnoma bo‘yicha ekspluatatsiya xodimi tamonidan qabul qilinadi. Bunda transformator ko‘zdan kechiriladi, barcha mahkamlanishlar, zichlanishlar tekshiriladi, kran va probkalardagi plombalar butunligi ko‘riladi, farfor izolyatori butunligi, moy oqmayotganligi tekshiriladi. Aniqlangan barcha nosozliklar haqida transport xodimi ishtirokida akt tuzilib, zavodga xabar beriladi.
Kuch transformatorini ishga tushirish oldidan bajariladigan ish hajmini uning quvvati, tipi, germetikligi, chiqarilgan yili, transportirovka sharoiti, saqlanish muddati va sifatiga qarab aniqlanadi. Transformatorni ishga tushirishdan oldin quyidagi tadbirlar bajarilishi zarur:
ko‘zdan kechirish;
izolyatorni benzinda quriqlab artish;
termometrni o‘rniga o‘rnatish;
moyni fizik-kimyoviy analiz qilib elektr mustahkamlikka sinash;
bakni erga ulash;
chulg‘amlarning qarshiligini doimiy tokda o‘lchash;
izolyasiya qarshiligini o‘lchash, yuqori va past kuchlanishli cho‘lg‘amlari orasi va cho‘lg‘am bilan korpus oralig‘ida;
transformator ulagichi ishchi holatda turishi kerak;
havo quritgich vilkasini echib olish;
havo tozalagichning ishchi holatini indikatorli silikogel va seolit bilan tekshirib ko‘rish;
transformatorning g‘ildiraklarini «transport» holatidan «ish» holatiga o‘tkazish;
moy oqmaganligini tekshiriladi agar zichlanmagan joylari bo‘lsa, boltgaykalarni mahkamlab tortiladi;
moy sathi normada bo‘lishi va harorati tekshiriladi; -agar zarur bo‘lsa transformator quritiladi.
Quvvati 1000 kV A gacha va kuchlanishi U 35kVbo‘lgan birinchi gabaritli kuch transformatorlarni o‘rnatilishidan va ishga tushirishdan oldin quydagilar bajariladi:
transformator ko‘zdan kechiriladi, plombasi tekshiriladi;
moy analizga olinadi va analiz qisqartirilgan programmada bajariladi; - izolyasiya qarshiligi t=15 sek va t=60 sekdan keyin o‘lchanadi va absorbsiya R60 . koeffitsienti aniqlanadi Kabc
R15
Kuch transformatorlarini quritmay ishga tushirishda quyidagilarga amal qilinadi:
moy sathi me’yorida bo‘lishi kerak;
moy tarkibi va sifati me’yoriy ko‘rsatgichlarda bo‘lishi kerak;
30…60 sek. da o‘lchab aniqlangan absorbsiya koeffitsienti moy harorati 10…300S bo‘lganda Kabs 1,3 bo‘lishi kerak;
agar biror shart bajarilmasa izolyasiya qarshiligi (Riz )yana tekshiriladi, tg◻ va S2/S50 nisbat aniqlanadi. Dielektrik isroflar tangensi va sig‘imlar nisbatining chegaraviy qiymatlari 6.1 va 6.2-jadvalda keltirilgan. Olingan natijalar ruhsat berilgan qiymatlar bilan solishtiriladi.
T.r.
|
Kuchlanishi
35 kV gacha bo‘lgan transformatorlar
|
Moyli kuch transformator chulg‘amlarining haroratida (˚S) tgδ ning (%) da maksimal ruhsat etilgan qiymatlari
|
10
|
20
|
30
|
40
|
50
|
60
|
70
|
1
|
Quvvati 6300 kVA gacha
|
1,2
|
1,5
|
2,0
|
2,6
|
3,4
|
4,5
|
6,0
|
2
|
Quvvati 10000 kVA va undan ortiq
|
0,8
|
1,0
|
1,3
|
1,7
|
2,3
|
3,0
|
4,0
|
6.1-jadval. Dielektrik yo‘qotishlar (tgδ) ning chegaraviy qiymatlari
Quvvati 100 kVA gacha bo‘lgan transformatorlarni, agar moyida suv izlari ko‘rinmasa, teshilish kuchlanishiga sinab ko‘rish etarli bo‘ladi. Megommetrda R60- qarshilik miqdorini o‘lchab, uning qiymati sinov bayonnomasiga yozib qo‘yiladi. Agar moy namligi ruhsat etilgan darajada bo‘lsa, transformator to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanadi.
Kuchlanishi 35 kV gacha bo‘lgan kuch
transformatorlarining quvvati, kVA
|
Transformator chg‘amlarining berilgan haroratida S2
/S50 nisbatning maksimal ruxsat etilgan qiymatlari
|
100S
|
200S
|
300S
|
6300 va undan past
|
1,1
|
1,2
|
1,3
|
10000 va undan Yuqori
|
1,05
|
1,15
|
1,25
|
6.2-jadval S2 /S50 sig‘imlar nisbatining ruxsat etilgan qiymatlari.
Agar transformator kapital ta’mirlashdan chiqqan bo‘lsa, salt ishlash toki ( Ici ulanish sxemasi (gruppasi aniqlanadi) tekshiriladi, transformatsiyalash koeffitsienti va fazirofkasi aniqlanadi. Birdaniga transformatorning birlamchi va ikkilamchi ulanishlari tarmog‘i ko‘riladi, izolyasiya qarshiligi o‘lchanadi va uni oshirilgan kuchlanishda nazorat-o‘lchov asboblari, rele ximoyasi vositalari, ajratgichlarning ishlashi tekshirib ko‘riladi. Transformatorni tarmoqqa ulab nominal kuchlanishda ishlab turishi, kontakt sistemalar tekshiriladi.
Yangi transformatorlar Chirchiq transformator zavodidan chiqarilmoqda. Ular alyuminiy va miss cho‘lg‘amli bo‘lib chiqishlari misdan bajarilgan bo‘ladi va transportirovkada zararlangan bo‘lishi mumkin. Noto‘g‘ri tashishda transformatorni boshqa joylari ham zararlangan bo‘lishi mumkin. Masalan po‘lat o‘zagining presslanishi buzilsa, salt ishlash isrofi ortib ketadi, foydali ish koeffitsienti pasayadi. Bu holda transformatorda o‘ziga xos shovqin paydo bo‘ladi. Ma’lum bir vaqt ishlagach yaroqsiz holga tushadi.
|
| |