|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 60/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash Nazorat savollari:
Transformatorlar podstansiyalari ekspluatatsiyasi?
Qishloq va suv xo‘jaligidagi elektr iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlab turish?
Transformator podstansiyasi pasaytiruvchi kuch transformatori?
Iste’molchilarga o‘rnatilgan qurilmalar?
mavzu: Transformatorni quritish.
Raja:
Ko‘p holatlarda transformatorlar izolyasiyasi nam tortib.
O‘z bakida induksion quritish.
Transformatorning o‘z bakida elektromagnit maydon quvvat yo‘qolishlari.
Ko‘p holatlarda transformatorlar izolyasiyasi nam tortib qolgan bo‘ladi. Transformatorni quritish moyi bilan yoki moyini bakdan to‘kib bajarilishi mumkin. O‘z bakida induksion quritish. Transformatorning o‘z bakida elektromagnit maydon quvvat yo‘qolishlari issiqlik ajratib chiqaradi. Bakni bir tekis qizdirish uchun, unga past tomonidan 60% gacha qismiga qo‘shimcha magnitlovchi chulg‘am o‘raladi. Yuqori qismiga o‘ramlar siyrakroq o‘raladi.
Magnitlovchi chulg‘am ko‘rsatkichlari quyidagi tartibda aniqlanadi: O‘ramlar soni bu erda l -bak perimetri, m; U-manbaaning
KT–bakning issiqlik o‘tkazish koeffitsienti, issiqlik izolyasiya o‘ralgan bakda KT=5; o‘ralmagan bakda-12 kVt/m2grad,
F-bakning to‘liq yuzasi, m2
F0-bakning cho‘lg‘am o‘ralgan yuzasi, m2;
tk-bak harorati, ruhsat etilgan qizish harorati ˚S, tk=95˚; t0-atrof muhit harorati, ˚S. doimiyning (konstanta) solishtirma quvvat isroflariga bog‘liqligi
R
|
A
|
R
|
A
|
0,75
|
2,33
|
1,4
|
1,74
|
0,8
|
2,26
|
1,6
|
1,65
|
0,9
|
2,12
|
1,8
|
1,59
|
1,0
|
2,02
|
2,0
|
1,54
|
1,1
|
1,92
|
2,5
|
1,42
|
1,2
|
1,84
|
3,0
|
1,34
|
Quritish paytida transformator bakining harorati kuchlanishni, o‘ramlar sonini va qizdirish vaqtini o‘zgartirib rostlanadi.
Nol ketma-ketlik toki bilan quritish. Bu uslubda transformatorni quritishda uning biror fazasi chulg‘amlariga tok manbaasi ulanadi. Chulg‘am nol ketma- ketlik sxemasida ulanadi. Qishloq va suv xo‘jaligidagi transformatorlar odatda nolli sxemada ulanadi va uning ikkilamchi (past kuchlanishli) chulg‘amining noli bilan fazalar boshi ulanishi mumkin bo‘ladi. Chulg‘amlarning magnit maydoni o‘zak va bakdagi energiya yo‘qotishlari hisobiga issiqlik ajratib chiqaradi. Transformatorning barcha metall qismlari qiziydi va izolyasiyani tez quritadi. Bu
uslub birdaniga ikki yoqlama quritish uslubi bo‘lib, qisqa tutashuv toki bilan va o‘z bakida qizdirish uslublarini qo‘shilishidir. Nol ketma- ketlik toklari bilan transformatorni quritish ko‘rsatkichlari quyidagicha aniqlanadi (6.1- rasm).
6.1-rasm. Nol ketma-ketlik toki bilan transformatorni quritishda uning past kuchlanishli
chulg‘amlarini ulash sxemasi: a–Yulduzcha, b–uchburchak.
Atrof muhit harorati 20˚S bo‘lib, quritishda transformatorning aktiv qismining harorati 100-110˚S bo‘lganda, bakida qo‘shimcha issiqlik izolyasiyasi bo‘lmagan transformatorlar uchun ∆R=0,65-0,9 kVt/m2 deb qabul qilinadi. Solishtirma quvvat isrofining kichik miqori kamroq quvvati transformatorga tegishli bo‘ladi.
Chulg‘amlar “Yulduz” bo‘ladi, bu erda: Z0 - nol ketma-ketlik faza chulg‘amining to‘la qarshiligi, Om, tajriba yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Transformator qancha katta quvvatli bo‘lsa, bak devorlari qalinroq bo‘lsa, magnit o‘zak bakka yakinroq bo‘lsa, sosφ0 shunchalik yuqoriroq bo‘ladi.
Trubkali baklari bo‘lgan transformatorlar uchun o‘tkazgich simlarning ifodadan aniqlanadi. Bu erda IH,Sh- mos ravishda transformatorning nominal toki
(A) va quvvati (kVA). Ichki issiqlik manbaalari bo‘lsa, transformatorni nol ketma- ketlik toklari bilan quritish o‘z bakida quritishga ko‘ra kamroq quvvat sarfi va vaqti bilan harakterlanadi (40% gacha). Transformatorni nol ketma-ketlik toki bilan quritish uslubida nostandart kuchlanishli tok manbaasi zarur bo‘ladi, bu holda masalan payvandlash transformatori ishlatilishi mumkin.
|
| |