|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 63/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash Nazorat savollari:
Transformatorni yaroqliligi qanday aniqlanadi?
Transformator qanday quritiladi?
Transformator moyi ekspluatatsiyasi haqida ma’lumot bering?
Moy sifati qanday aniqladi?
Moy qanday tozalanadi?
Moy regeneratsiyasi haqida ma’lumot bering?
mavzu: Elektr motorlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish.
Reja:
Elektr motorlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish.
Yirik motorlar.
Motorni mahkamlash.
Barcha elektr motorlarni ekspluatatsiyaga qabul qilib olinishi zarur. Kichik quvvatli motorlar yog‘och tarada olib kelinadi. Yirik motorlar esa yog‘och yoki metall romlarda transportirovka qilinadi. Tashish va ortish tushirishda barcha ehtiyot choralari ko‘rilishi, motorlarni mexanik zararlanishdan saqlash zarur. Elektr motorlarni ekspluatatsiyaga qabul qilishda u ko‘zdan kechiriladi. Motor bilan texnologik agregat va uzatma bir karkasda bo‘lsa, hammasi ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari boshqarish shkafi, ishga tushirish-himoya vositalari ham ko‘rib chiqiladi. Valning erkin aylanishi tekshiriladi, motorni aylanish yo‘nalishi strelka bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Motorni mahkamlanish boshmoqlari tekshirib ko‘riladi, ularda yoriqlar bo‘lmasligi zarur. Ularnish qutisi mexanik zararlanmagan bo‘lishi zarur. Boshqarish-himoya vositalari motor oldiga o‘rnatilishi zarur, agar boshqarish pulti boshqa erda bo‘ladigan bo‘lsa, uning ishchi holati va ko‘rsatkichlarini ko‘rsatib turuvchi signal elementlari bo‘lishi zarur.
Elektr motor o‘rnatiladigan fundament massiv bo‘lishi, kamida elektr motor vaznidan 15-20 barobar massaga ega bo‘lishi zarur. Tarmoq kuchlanishini o‘lchab turuvchi voltmetr, yuklamasi uchun esa ampermetr va signal lampalari soz bo‘lishi zarur.
Elektr motorni eksplutatsiyaga qabul qilishda izolyasiya qarshiligi o‘lchab ko‘riladi. Izolyasiya qarashligi kamida 0,5 M Om bo‘lishi kerak. Odatda zavoddan kelib tushgan motorlarda izolyasiya qarshiligi Riz 20 M Om atrofida bo‘ladi. Ishga tushirish, himoya vositalarining izolyasiyasi ham kamida Riz 0,5M Om qarshilikda bo‘lishi kerak. O‘rnatilganda motorlarni fazalaridan tashqari korpusi erga ulanish tarmog‘iga ulanadi: Rer 4Om bo‘lishi zarur. Erga ulanish konturi zararlanishlardan himoya qilingan bo‘lishi zarur.
Elektr motorni ishga tushirishdan oldin fazalarining boshi va oxirlari tekshiriladi. Valning erkin aylanishi ko‘riladi, Izolyasiyasi qarshiligi o‘lchab ko‘riladi, ishga tushirish - himoya vositalarining sozligi tekshiriladi. Tarmoq kuchlanishi va motor fazalar ulanishi mosligi tekiriladi, fazalar simmetriyasi o‘lchab aniqlaniladi.
Uch fazali asinxron elektr motorlar tarmoqqa to‘liq kuchlanishga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanadi. Motorni ishga tushirishda tarmoq kuchlanishining pasayishi
N
U -tarmoq nominal kuchlanish, V
N
I -motorni ishga tushirishdagi tok miqdori, A
Agar kuchlanishning pasayishi 15… 20% dan kam bo‘lsa, asinxron elektr
motorlar tarmoqqa to‘liq kuchlanishga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishi ruhsat etiladi. Aks holda maxsus sxemalar yoki vositalar qo‘llaniladi. Elektr motorni ishga tushish holati ish mashinasi bilan birga ham tekshirib ko‘rilishi zarur. Motorni ishga tushirishda tok miqdori nominal tokga nisbatan 5-7 barobar ko‘tarilishi mumkin. Motorning tokini ishga tushirishda chegaralash uchun qisqa tutashtirilgan
rotorli asinxron motorlarda bir necha uslublar qo‘llaniladi: agar normal ish rejimida motor stator chulg‘amlari uchburchak sxemada ulangan bo‘lsa, uni ishga tushirishda Yulduz sxemasida ulanadi, ishga tushirib bo‘lgach, uchburchak sxemasiga o‘tiladi; motor ishga tushirishda avtotransformator yoki reaktor orqali ulanadi, yirik elektr motorlarda; agar rotori faza chulg‘amli bo‘lsa rotor chulg‘amlariga qo‘shimcha qarshilik ulanadi. Yuqoridagi uslublar - sxemalar motorni to‘xtatish yoki tezligini o‘zgartirishda ham qo‘llanilishi mumkin.
|
| |