mavzu: Transformator moyining ekspluatatsiyasi




Download 18,37 Mb.
bet62/75
Sana16.02.2024
Hajmi18,37 Mb.
#157830
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75
Bog'liq
Elektr uskunalarini tamirlash

mavzu: Transformator moyining ekspluatatsiyasi.


Reja:

    1. Kichik quvvatli transformatorlar.

    2. Quvvati 100 kVA gacha bo‘lgan kuch transformatorlar.

    3. Moyning holati.

Sanoatdagi transformatorlardan farqli ravishda qishloq va suv xo‘jaligida o‘rta va kichik quvvatli transformatorlar ishlatiladi. Quvvati 100kVA gacha bo‘lgan kuch transformatorlarda (U 10kV) ekspluatatsiya davrida moydan namuna olinmaydi, moyning sifati uning profilaktik sinovlari natijalariga ko‘ra baholanadi. Moyning holati transformatorning holati haqida ma’lumot bera oladi. Ishonchli ishlab turishi uchun transformator moyi Yuqori sifatli bo‘lib, standart ko‘rsatkichlarda bo‘lishi kerak. Shu sababli kuch transformatorlarining ekspluatatsiyasida uning moyi doim nazoratda bo‘lib qoladi. Yangi keltirilgan moy pasporti bilan qabul qilib olinadi. Moyning sifati unda gi aralashmalar borligi bilan belgilanadi. Agar moyda 0.01-0,02% namlik bo‘lsa, moyning teshilish kuchlanishi 4-5 barobar pasayadi. Buning sababi suv tomchilari (80)qutblanuvchi bo‘lib yagona zanjirlar hosil kiladi va elektr maydon bo‘ylab elektrodlar orasida tortiladi. Shu suv zanjirlari bo‘ylab moy teshiladi. Zajir hosil bo‘lishi uchun moyning kamgina namlanishi etarli bo‘ladi. Keyingi moy namligini oshishi teshilish kuchlanish miqdoriga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ya’ni parallel suv tomchilari zanjirlari paydo bo‘ladi xolos. Notekis elektr maydon Yuqori kuchlanganligi ta’sirida yirik suv tomchilari paydo bo‘lib, u bak ostiga cho‘kadi. Ular elektr maydon tashqarisida bo‘lib moyning teshilish kuchlanishiga ta’sir qilmaydi.
Transformatorning ekspluatatsiyasi davrida namlik moyga tashqi muhitdan tushishi mumkin yoki oksidlanish jarayonlarida kimyoviy reaksiya mahsuloti sifatida paydo bo‘ladi. Moyda begona aralashmalar bo‘lishi ham uning sifatini pasayishiga olib keladi. Parafin moyda erib uning ilashimliligini oshiradi va quYuqlashtiradi. Ajratkichlar moyida parafin bo‘lishi ruhsat etilmaydi. Ko‘mir moy uchun xavfsiz, lekin u moydagi suv miqdorini oshiradi. Moyni eskirishida paydo bo‘ladigan cho‘kma va quyqasi gigroskopik bo‘lib, o‘ziga nam tortadi va ko‘p namlik to‘plashi mumkin. Ular qutblanishi va elektrodlar orasida suv zanjiridek tok yo‘li uchun ko‘prik hosil qilishi mumkin. Qattiq izolyasiya sirtida cho‘kib qolgan shlam qatlami ularda kuchlanish qoplanishiga (perekrыtie) olib kelishi mumkin. Bundan tashkari cho‘kmalar (shlam) chulg‘amlar orasida sovituvchi moy aylanish kanallarini yopib qo‘yib transformatorni sovitish sharoitlarini yomonlashtiradi.
Moyda oksidlanish tashqi muhit tarkibidagi kislorod, harorat ortishi va begona aralashmalar ta’sirida yuzaga keladi. Bu faktorlar har birining alohida ta’sirlari kuchsiz bo‘lib, birgalikdagi ta’siri ko‘prok xavf tug‘diradi. Begona aralashmalardan moyni filtrlab tozalanadi, moyning kimyoviy tarkibi regeneratsiya qilib tiklanadi.
Moyni quritish. Energosistemada moy ikki uslubda quritiladi: moy orqali quruq azot yoki (uglekisliy gazni) karbonat angidrid haydab. Oddiy atmosfera sharoitida, moy ustida 20-30kPa vakuum hosil qilib, 2,5-5,5k Pa qoldiq bosim va
atmosfera bosimida moyni purkab. Quritish jarayonini tezlashtirish uchun moyni 40-50°S gacha qizdiriladi va 8-12kPa qoldiq bosimda jarayon bajariladi.
Uncha katta bo‘lmagan ta’mir korxonalari sharoitida moyni 25-35°S haroratgacha qizdirib tindirib quritiladi. Tindirish-oddiy quritish usuli, lekin u uzoq vaqt talab qiladi. Qizdirib quritish ham, ayniqsa o‘z bakida, o‘zining toki bilan, ancha sodda va arzon uslub, lekin uzoq muddat qizdirilsa qizdirilgan moy o‘z sifat ko‘rsatkichlarini yo‘qota boradi.
Moyni tozalash. Ekspluatatsiya davrida moy faqat namlanmay ifloslanib ham boradi. Suv va mexanik aralashmalardan moy sentrifuga qilib va filtrlab tozalanadi. Sentrifuga moydan undan og‘irroq bo‘lgan begona aralashmalarni ajratish uchun xizmat qiladi. Moy harorati bunda t= 45-55°S bo‘lishi zarur. harorat past bo‘lsa, moy quruqroq, ilashimlirok bo‘ladi va suv va aralashmalar yomon ajraladi. Harorat yuqori bo‘lsa (t>70°C) suv moyda erib parlanib, moydan yomon ajraladi. Bundan tashqari yuqori harorat moyni tez eskirishiga olib keladi.
Filtrlashda moy karton, qog‘oz, material, silikogel yoki shunga o‘xshash mayda teshiklari (tirqishlari) bo‘lgan g‘ovak muhitdan siqib o‘tkaziladi. Filtrlash filtr-pressda bajariladi. Karton, qog‘ozlar faqat filtrlamay moy tarkibidagi namlikni ham tutib qoladi. Shuning uchun yuqori gigroskopligi bo‘lgan yumshoq, g‘ovak karton ishlatiladi. Lekin bunday filtr shlam va ko‘mirni yomon tutib qoladi, ko‘p qog‘oz tola ajratib chiqaradi. Filtr pressda yumshoq karton bilan qattiq karton aralash qo‘llanilib moyni tozalanish sifati oshiriladi. Moyni 40-50°S haroratda filtrlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Harorot oshsa kartonni gigroskopikligi pasayadi va suvni moyda erishi kuchayadi. Kartonni vaqtivaqti bilan tozalab turiladi. Karton toza moyda yuviladi, chayiladi, quritiladi va yana qayta filtrga o‘rnatiladi. 1 t moyni tozalash uchun 1 kg karton ishlatiladi.
Filtr-press sentrofugadan keyin ishga tushiriladi va moydagi qoldiq suv va shlamni tozalaydi. Bunda moy yaxshi tozalanadi va elektr mustahkamligi ortadi. Filtr-pressning ahamiyatli tomonlari shundaki, u atmosfera haroratida ishlaydi, moy, havo bilan aralashmaydi, moydagi mayda ko‘mir zarrachalarini tutib qoladi. Sentrofuga emulsiyalarni moydan ajrata oladi. Filtr press esa emulsiyali moylarni tozalay olmaydi. Sentrofuga ishlab turgan transformator moyini bakida tozalashda, xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda ishlatilishi mumkin. Filtr-presslarda moyning kislotalik raqamini kamaytirish uchun filtrlovchi muhitga qo‘shimcha ravishda silikogel ishlatiladi.
Moyni regeneratsiya qilish. Ekspluatatsiya davrida moy oksidlanadi (eskiradi), bunda uning kimyoviy tarkibi o‘zgarib boradi, kislota va smolalar hosil bo‘ladi, birdaniga yangi moy tarkibida bo‘ladigan tabiiy oksidlanishni to‘xtatuvchi elementlar parchalanadi. Moy eskirishi natijasida transformator izolyasiyasining emirilishi tezlashadi. Ayniqsa organik asosli izolyasiya emiriladi. Lekin eskirishda moyning 3-5% qismini tashkil qilgan uglevodorodlar emiriladi, moyning qolgan qismi (95-97 %) sifatli, o‘zgarishsiz bo‘lib qoladi. Shuning uchun moyning eskirgan qismidan tozalab u regeneratsiya qilinishi mumkin. Moy dastlabki sifat ko‘rsatkichlariga qaytishi mumkin va u 5-7 yil yana ekspluatatsiya qilinishi mumkin. Lekin regeneratsiyadan keyin moy barqarorligini qisman yo‘qotadi va u profilaktik sinovlardan o‘tkazib turilishi zarur. Statistik ma’lumotlar
transformatorlarning 30% avariyalari moyi sifatsiz bo‘lganligidan ekanligini ko‘rsatadi. Moyning va oxir oqibat transformatorning xizmat muddatini oshirish uchun qator chora tadbirlar ko‘riladi.

  1. Moyni tashqi atmosfera bilan kontakti butunlay yoki qisman yo‘qotiladi. Evropa davlatlarida kichik transformatorlarni butunlay germetik qilib ishlashadi. Fransiyada moy havodan azot qatlami bilan ajratiladi, ya’ni bakning moysiz qismida vakuum hosil qilib, azot bilan to‘ldiriladi. (yirik transformatorlarda). Bakning ustki qismidagi azot uchun qopcha o‘rnatiladi. Qop elastik bo‘lib harorat o‘zgarishi bilan hajmini o‘zgartiradi.

Rossiya transformatorlari moy kengayish kamerasi bilan chiqariladi. Kamera bak tomiga o‘rnatiladi. Qo‘shimcha kamera moyning havo bilan kontakt Yuzasini minimal bo‘lishini ta’minlaydi. Yirik transformatorlarda rasshiriteliga filtr o‘rnatilib, u havoning namligini va kislorodini ushlab qoladi.

  1. Ekspluatatsiya davrida transformator moyining harorati pasaytiriladi. Transformator baki yorqin ranglar bilan bo‘yoq qilinadi. Ventilyasiya sitemasini samarali ishlab turishi ta’minlanadi.

  2. Moyga maxsus stabilizatorlar yoki ingibitorlar qo‘shiladi. Ular antioksidlovchi bo‘lib, moyni barqarorlashtiradi. Prisadkalar oksidlanish jarayonlarini to‘xtatibgina qolmay yana moyni metall ta’sirlaridan ham himoya qiladi. Moy dastlabki hom ashyosi (neft) tarkibiga qarab turli tarkibli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yangi moy olib kelingan bo‘lsa, uni bakdagi moyga qo‘shishdan oldin moydan namuna olib tekshirib ko‘rish, moy idientiv bo‘lsagina moyni qo‘shish mumkin. Moy uchun mos ingibitor tanlanadi.

  3. Quvvati 160 kVA va undan katta bo‘lgan transformatorlarda moyni muntazam regeneratsiya qilib turish uchun termosifon filtrlar ishlatiladi. Bu usul transformator moyini xizmat muddatini uzaytirishning eng takomillashgan uslublaridan bo‘ladi.

Termosifon adsorbent bilan to‘ldirilgan va patruboklar (quvurlar) orqali bakning ustki va pastki qismi bilan bog‘langan silindrik idish bo‘lib, bakdagi moyning pastki va uqori qismi haroratlari farqi natijasida moy aylanishini ta’minlaydi (6.5-rasm). Moy termosifon filtrdan o‘tganda suv, kislotalar, smola, shlamdan tozalanadi.
6.5-rasm. Termosifon filtrning konstruksiyasi: 1,5– bunkerlar;
2–to‘r to‘siq; 3–absorbent; 4–filtr korpusi; 6,7– patrubkalar.
Termosifon filtrdagi silikatel massasi moy masasining 0,25..1,5 %ni tashkil kerak. Silikagel miqdori ko‘proq bo‘lsa moy sifatliroq bo‘lib tozalanadi. Silikagel miqdori filtoning xizmat muddatini belgilaydi.
Filtrni ulab qo‘yish yoki ajratib qo‘yish mumkin yoki umuman echib qo‘yish, boshqa transformatorga o‘rnatilishi mumkin.
Sorbentlar, agar moy kislotalik raqami 0,1 mg KONdan ortsa, transformator (quvvati 630 kVAgacha bo‘lsa) almashtiriladi, yuqoriroq quvvatli transformatorlarda esa 0,1 mg KON va suvda erigan kislotalar miqdori 0,014 mg
KON dan ortiq bo‘lganda. Sorbentni filtrga solishda uning namlik miqdori 0,5% dan kam bo‘lishi zarur.
Kam quvvatli qishloq xo‘jaligi tarmoklaridagi kuch transformatorlarida termosifon filtri bo‘lmaydi.
Kuch transformatorlarini ekspluatatsiya va ta’mir sharoitlarida bak tomidagi qopkasida so‘ruvchi patronlar o‘rnatiladi. Transformatorlarga ta’mir paytida termosifon filtr yoki namlikni shimuvchi patron o‘rnatilishi mumkin (6.6-rasm). Filtrdagi ishlab bo‘lgan absorbent 6007000S gacha qizdirilganda unda tutilib qolgan barcha organik moddalar kuyib ketadi aktiv yuzasi to‘la tiklanadi.
Termosifon filtrlarda silikogelga namlikni aktiv tutib qoluvchitseolit qo‘shish yaxshi natijalar beradi. Agar seolit silikogelga nisbatan 1 : 5 tarkibida filtrga qo‘shilganda transformator moyining elektr mustahkamligi avval ortadi (Watm=77- 84 %)36 kV/sm dan 46,8 KV/sm gacha, keyin asta sekin pasayib boradi, 6 oydan keyin 25,5 kV/sm bo‘ladi. Siolit olti oy ekspluatatsiya davrida 56 % namlikni o‘zida tutib qoladi.
Filtrda siolit miqdori 1:2,5 gacha oshirilganda siolitning samarali ishlash muddati 8-10 oyga etdi. Bu esa Respublikamiz sharoitida havo namligi yuqori bo‘ladigan mavsumni to‘liq egallash imkonini beradi. Mavsum oxirida esa absorbent filtrdan olib tiklanadi yoki yangisi yuklanadi (oktyabr-may). Bir mavsumda siolit o‘z massasining 35-50% miqdorida namlikni ushlab qoladi. Moy elektr mustahkam bo‘lib qoladi.

  1. Muntazam ravishda moy sifati rejaga ko‘ra tekshirib turiladi. Zarur bo‘lsa tozalanadi, Texnik ekspluatatsiya qoidalariga ko‘ra ekspluatatsiyada bo‘lgan

transformator moyi quyidagi muddatlarda sinab turiladi:

  1. 6.-rasm. Namlikni shimib oluvchi patron konstruksiyasi: 1–korpus; 2–absorbent.


ta’miridan keyin;



  • Termosifon filtrsiz ishlab turgan transformatorlar uchun 1 yilda 1 marta (qisqartirilgan analiz);

  • Termosifon filtri bo‘lgan kuch transformatorlari uchun uch yilda 1 marta (qisqartirilgan analiz).

  • Transformator va moyli apparaturalarni kapital

- Transformator chulg‘amlari va chiqishlari izolyasining tg va S2/S50 me’yoridan yuqori bo‘lsa. Transformator moyining tg o‘lchab ko‘riladi.
Agar transformator gaz relesida yonuvchi gaz qayd qilinsa, navbatdan tashqari moy namunasi olinib, alangalanish harorati aniqlanadi.



Download 18,37 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   75




Download 18,37 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



mavzu: Transformator moyining ekspluatatsiyasi

Download 18,37 Mb.