|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 48/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash Nazorat savollari:
Elektr uskunalarini rezervlashga ta’rif bering?
Yangi texnikaning imkoniyatlari qanday?
Rezerv fondi normativlariga nimalar kiradi?
Elektr uskunalarni rezervlash usullarini tushintiring?
mavzu: Elektr uskunalarning ishonchliligini oshirish.
Reja:
Elektr motorlarini ishdan chiqishi.
Og‘ir atrof muhit sharoiti.
4A, 5A, A02-SX seriyali motorlar.
Elektr motorlarini ishdan chiqishiga qishloq va suv xo‘jaligi sharoitida asosiy sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin. Og‘ir atrof muhit sharoiti, konstruktiv ishlanganligining atrof muhit sharoitiga to‘g‘ri kelmasligi, turli avariyali rejimlardan himoya qilinmaganligi yoki himoya vositasining mos emasligi, eksplutatsiya darajasining pastligi va boshqalar.
Og‘ir atrof muhit sharoitida elektr motorlar ishonchli ishlaydigan, himoyalangan konstruksiyaga ega qilib ishlanmoqda, eski motorlar ta’mir paytida modernizatsiyalanmoqda, elektr motorlarni agressiv muhitdan boshqa joyga olib o‘rnatiladi yoki ular alohida shkafga o‘rnatilib mikroiqlim hosil qilinadi. Hozirda zavodda tayyorlashda elektr motorlar qishloq va suv xo‘jaligi uchun maxsus tayyorlanmoqda va o‘zini qishloq xo‘jaligi sharoitida yaxshi ishlashni ko‘rsatmoqda. Chorvachilik fermalari sharoitida qishloq va suv xo‘jaligi elektr motorlari 6-8 yil xizmat muddati bilan ishlamoqda, umumsanoat variantlari esa 1,5- 2 yil ishlab ishdan chiqmoqda.
4A, 5A, A02-SX seriyali motorlar ishonchli izoliyasiya va himoyaga ega bo‘lib, ular qishloq va suv xo‘jaligi obyektlarida yuqori ishonchlilik bilan ishlab turibdi. 4ASX seriyali motorlar ulardan farqli ravishda, ulanish joylari nikelli qilib va yuqori sifatli qilib ishlangan va xizmat muddati 1,5 barobargacha oshirilgan.
4AM seriyali modenizatsiya qilingan motorlar yuqoriroq ishonchli ishlanganligi bilan farqlanadi. Yana internatsional ishlangan AI seriyali qilib asinxron motorlar qiщloq va suv xo‘jaligida qo‘llab foydalanilmoqda, ular yanada yuqori ishonchlilik ko‘rsatkichlarga ega. Demak hozirda og‘ir sharoitlarda ishonchli ishlay oladigan universal motorlar chiqarilmoqda, ular zax nam, o‘ta nam kimyoviy aktiv moddali fermalarda, yuqori changli binolarda (chang miqdori-240 g/m3, namlik 80-100%, amiak 2-140 mg/m3) ishonchli ishlab turibdi. Hozirda ishlab turgan A, AO, A2, AO2 va boshqa eski seriyadagi motorlar modelizatsiya qilinib kapital va joriy ta’mirlarida ularning izolatsiyasining sifatini, himoyalanish darajasini oshirilmoqda. Kapital ta’mirlashda ikki-uch bor izolatsiyalovchining lak bilan shimdirish yaxshi natijalar beradi. Motorni ta’mirdan keyin izolyasiyalovchi lakiga ingibitor qo‘shib uch bor shimdirish yaxshi natijalar beradi. Ingibitor lak pardasiga difontiyalanib, undagi mayda teshiklarni to‘ldiradi va namlikning shimilishini kamaytiradi. Ko‘pincha xromatli va BDN ingibitorlar qo‘llaniladi. BDN ingibitori bu dietilalinin, benzotriazol va paranitrofenollarni atsetondagi eritmasi bo‘lib eng yaxshi ingibitordir. Bu ingibitor GF-92 x.s. emalga 6% li aralashma ko‘rinishda tayyorlanib izolatsiya sifatida ishlatilsa bo‘ladi. Stator cho‘lg‘amlarining yon qismlari bo‘yok pukagich bilan qo‘shimcha ishlov beriladi. Uzoq muddat ekspluatatsiya natijalari ingibitorli lak bilan shimdirilgan motorlar izolyasiyasi qarshiligi 3-4 marta katta bo‘lib qolganligini ko‘rsatadi.
Elektr motorlarini ekspluatatsion ishonchliligini oshirish uchun ularni maxsus joylarga o‘rnatish mumkin. Bunda qo‘shimcha kabellar zarur bo‘ladi. Odatda bu yo‘l yangi obektlarni loyhalashtirish-qurish paytida bajarilsa samaraliroq bo‘ladi. Elektr motorlarni o‘rnatishda ularni ishonchli ishlashi ko‘zda tutilishi zarur.
|
| |