O‘zbekiston respublikasi oliy




Download 18,37 Mb.
bet46/75
Sana16.02.2024
Hajmi18,37 Mb.
#157830
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75
Bog'liq
Elektr uskunalarini tamirlash

Nazorat savollari:

  1. Elektr uskunalarga himoya vositalarini tanlash usullari?

  2. Elektr uskunalarning himoya vositalari nimalar?

  3. Elektr uskunalarning himoya vositalari tanlashning ahamiyati qanday?

  1. mavzu: Elektr uskunalarning ish rejimlarini optimallashtirish.

Reja:

    1. Elektr uskunalarning ish samaradorligi.

    2. Qishloq va suv xo‘jaligida ko‘plab avtomatlashtirilgan elektr Yuritmalarni qo‘llanilishi.

    3. Qishloq va suv xo‘jaligida ko‘plab avtomatlashtirilgan elektr Yuritmalarni qo‘llanilishi.

Elektr uskunalarning ish samaradorligi bajarilgan birlik ish miqdoriga bog‘liq bo‘lib, turli faktorlar bilan aniqlanadi.
Ayniqsa iste’molchilar quvvati muhim rol o‘ynaydi. Qishloq va suv xo‘jaligida ko‘plab avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarni qo‘llanilishi elektr uklamalarni to‘g‘ri tanlanishini talab qiladi. qishloq va suv xo‘jaligidagi elektr yuritmalarning samaradorlik mezonlari va ularning yuklanishi orasidagi bog‘liqlik murakkab, nochiziqli harakterga ega. Past yuklanishlarda oshirilgan quvvatli elektr motor qabul qilinganda elektr yuritma past energetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Yuklanishning oshirilishi elektr yuritmalarni energetik ko‘rsatkichlarini oshiradi, lekin bunda elektr motor qizib ishlaydi, uning ishonchliligi pasayadi. Faqat optimal yuklanishdagina elektr motor samarali ishlaydi, harajatlar yig‘indisi minimal bo‘ladi. Elektr motorlarni tanlashda yuklamadan farqli quvvatli motorlar olinsa, xo‘jalik uchun qo‘shimcha harajatlar ortadi texnologik zarar yuzaga keladi. Elektr motorlarni optimal yuklanishi bo‘yicha tanlashning maqsadi har bir holatni yaxshi va yomon tomonlarini ko‘rsatib, ularni solishtirib, samaradorlik mezonlarini topib, elektr motorlarni samarali ekspluatatsiyasi mezonlari bo‘yicha eng qulay variantlarni aniqlashdan iboratdir. Jumladan samaradorlik mezonlaridan biri sifatida motordagi isroflar yig‘indisi olinishi mumkin.
Elektr motorning yuklanishini undagi quvvat isroflari yig‘indisi bo‘yicha optimallashtirish mumkin. Elektr motorlar nazariyasida aniqlanilishi bo‘yicha motordagi quvvat isroflarni yig‘indisi, yuklanish koeffitsientiga teng bo‘lganda minimal bo‘ladi, bu erda Rx,Rk– motorni salt ishlashi va qisqa tutashuv quvvat isroflari.
Yuqoridagi ifoda masalani elektr ta’minot tizimidagi isroflarni hisobga olmay aniqlangan. Real faktor, sharoitlarni hisobga olib elektr motorlarni yuklanish rejimlarini optimallashtirishda faqat motorni emas, butun « M–E–T–X» sistemani tahlil qilish zarur, bu erda M-manbaa E-energetik qurilma T-texnologik obyekt X- elektrotexnik xizmat.
Elektr motorni barcha ko‘rsatkitchlarini hisobga olgan holda yuklanish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
bu erda S = 1,1…1,2-Elektr ta’minot tizimi hisobiga qo‘shimcha isroflarni hisobga oluvchi koeffitsient.
K-reaktiv quvvat ekvivalenti, elektr motorning reaktiv quvvati hisobiga tarmoqda yuzaga kelgan aktiv quvvat yo‘qotilishi
(K0,12 0,18kVt/ kVA)qx,qk -salt ishlash va qisqa tutashuv reaktiv quvvatlari, (nisbiy kattaliklar).
Elektr motorda magnitlanish reaktiv quvvati doim uning qisqa tutashuv reaktiv quvvatidan (sochilish quvvat) katta bo‘ladi, ya’ni 2 1 manbaa-energiya iste’molchi-texnologik obyekt-xizmat ko‘rsatish tizimi sistemasida quvvat isrofi bo‘yicha optimal yuklanish dvigatelning foydali ish koeffitsienti bo‘yicha belgilangan optimal yuklanishidan doim katta bo‘lib qoladi. Turli xil mezonlar bo‘yicha optimal yuklanish turlicha bo‘lib qoladi 1 0,7 0,8;2 0,80,95 va ekspluatatsiya sharoitlarini kompleks o‘rganilganda va real faktorlarni hisobga olinganda optimallashtirish natijalariga aniqliklar kiritilishi mumkin. Shu bilan birgalikda asinxron motorlarning energetik ko‘rsatkichlari yuklanish rejimlari o‘zgarganda turg‘un bo‘lib qolishini aytib o‘tish lozim. Yuklanishning optimumdan 30%ga og‘ishi motordagi quvvat isrofini 7%gacha oshishiga olib keladi.
Faqat yuklamaning 40% va undan pastga ketishi foydali ish koeffitsientining tez pasayishiga olib keladi. Elektr yuritmadagi quvvat isrofini tubdan kamaytirish, energetik ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun elektr motorlarni ekspluatatsiyada to‘g‘ri tanlash bilan birgalikda motorlarni loyihalash va tayyorlash jarayonidayok reaktiv quvvatlarni muvozanatlovchi elementlar bilan ishlab chiqish zarur. Qishloq va suv xo‘jaligi elektr tarmoqlaridagi iste’molchilarning tarqoqligi tarmoqlar uzunligining me’yoridan kattaligi, qayta-qayta (4-5 marta) transformatsiyalanishi elektr ta’minot tizimining foydali ish koeffitsienti past bo‘lishiga va butun manbaa- energiya iste’molchi-texnologik obyekt-xizmat ko‘rsatish tizimining energetik ko‘rsatkichlarining past bo‘lishiga olib keladi.
Elektr uskunalarni ekspluatatsiya sharoitlari bo‘yicha tanlash
Elektr uskunalarning foydalanish sharoitlari. Elektr uskunalarning foydalanish sharoitlari uning sutka va yil davomida yuklanishi, ishga yuritish va ishlatish rejimlari, ish mashinalarining elektr uskunalar ishonchligiga bo‘lgan talablari bilan aniqlanadi. Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishi mavsumiyligi bilan ajralib turadi. Bu esa ularning yil davomida foydalanish vaqtini 500-1000 soat bo‘lishini aniqlaydi (T urt 800s.). Bu holatlar elektr uskunalarning ekspluatatsiya ko‘rsatkichlarini pasayishiga olib keladi. Ayniqsa chorvachilik fermalarida elektr uskunalar to‘xtab turganda agresiv muhit ta’sirida uzoq vaqt bo‘ladilar, havodan namlikni izolyasiyasiga shimdirib ishonchliligini pasaytiradi yoki boshqa noxush oqibatlarga olib keladi. Bularni oldini olish uchun, agar elektr uskunalar uzoq muddat ishlatilmay qoladigan bo‘lsa, ularni konservatsiya qilish tavsiya qilinadi. Qishloq va suv xo‘jaligida turli texnologik sabablarga ko‘ra (ishlov berilayotgan materiallarni bir turlimasligi, va boshqalar) texnologik mashina va uskunalarning yuklanish rejimlari o‘ziga xos bo‘ladi. Bu esa ularning elektr motorlarini notekis yuklanishiga olib keladi. 50% elektr motorlar tez o‘zgaruvchi va o‘zgaruvchi yuklanishga ega bo‘lib natijada ular titrab ishlaydi, izolyasiyasi emirilib, ishonchliligi kamayadi. Faqat venitilyatorlar va nasoslar bundan mustasno. Umuman elektr motorlarning 25% dan ortigi 35%gacha yuklanish bilan ishlaydi. Elektr motorlarning to‘liq yuklanmasligi ularning iqtisodiy samaradorligini va ularning resurslaridan foydalanish darajasini pasaytiradi.
Qishloq va suv xo‘jaligida zamonaviy texnologik tizimlarning qo‘llanilishi elektr uskunalar ishonchliligiga talablarni oshirilishiga olib keladi, 35-40% elektr
motorlar mas’ul texnologik jarayonlarda ishlab turibdi va ularning 1-2 soatga to‘xtab qolishi katta iqtisodiy zarar ko‘rilishiga olib keladi. Bu esa elektr uskunalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish tadbirlariga sarflangan harajatlarni o‘rinli ekanligini ko‘rsatadi. Elektr uskunalarning foydalanish sharoitlarining muhim qismi atrof muhit sharoitlaridir. Qishloq va suv xo‘jaligi og‘ir atrof muhit sharoiti bilan ajralib turadi; bu yuqori namlik, kimyoviy aktiv moddalar, chang va texnologik ifloslanishlar va hokazo. Tashki muhit omillari klimatik, biologik va mexanik ta’sirlar kompleksidan iborat bo‘ladi. Yuqori namlik ta’sirida elektr uskunalardagi izolyasiya qatlami tez eskiradi, o‘zini xususiyatlarini yo‘qotib, elektr uskunaning ishdan chiqishiga olib keladi, namlik 60% bo‘lganda metall yuzalarida ham korroziya-emirilish jarayoni boshlanadi. Ayniqsa, chorvachilik va parandachilik fermarlarida havo tarkibida kimyoviy faol moddalar bo‘lib, ular yuqorida ko‘rsatilgan emirilish jarayonlarini tezlashtiradi, elektr uskunaning xizmat muddatini kamaytiradi. Izolyasiya qobig‘ining namlanishi uning dielektrik xususiyatlarini pasaytiradi, ayniqsa elektr uskuna ishlatilmay turganda bu jarayon tezlashadi. Havo tarkibida ammiak bo‘lganda namlik yuqori bo‘lib, harorat o‘zgarib tursa izolyasiya qarshiligi tez pasaya boradi.
Qishloq va suv xo‘jaligida 3-5% motorlar changli muhitda ishlaydi. Chang elektr jihoz ustiga o‘tirib namlik va agressiv muhitni ushlab turadi va uni emiradi, motorlarni sovitish sharoitlarini yomonlashtiradi, ularni ortiqcha qizishiga olib keladi. Chorva fermalarida quruq omuxta em berishda chang chiqib, agressiv muhit ta’sirini yanada murakkablashtiradi. Bu holda chang zarralari elektr uskunalarning nam yuzalariga o‘tirib, ularning yuza qismida kalinlashib boradi. Bu esa turli xil salbiy oqibatlarga, masalan motorlarni tormozlanib qolishigacha olib keladi. Chorva fermalarida, don saqlash va qayta ishlash punktlarida turli mikroorganizmlar, kemiruvchilar, zarakunandalar ko‘payishi uchun qulay sharoit mavjud bo‘ladi. Ular hayot faoliyati davomida elektr uskunalarni emirilishiga, ularni tez ishdan chiqishiga olib keladi. Demak elektr uskunalarni tanlashda, ularda texnik ekspluatatsiya tadbirlarini belgilashda atrof muhit sharoitlarini albatta hisobga olish zarur.
Elektr ta’minoti sharoitlari. Sanoatdagi iste’molchilardan farq qilib, qishloq va suv xo‘jaligi iste’molchilari turli quvvatli, yuklanishda, bir va uch fazali bo‘ladi va xavo elektr uzatish tarmoqlari orkali ta’minlanadi. Elektr ta’minot tizimida quvvat isrofi miqdorini solishtirib ko‘ramiz
Rx,Rk–qisqa tutashuv va salt ishlash elektr quvvat yo‘qolishlari, Vt Zx,Zk – 8760 s 1 yil vaqtda quvvat yo‘qolishlarida keltirilgan harajatlar.
yuklama hisobiy yuklanishdan oshganda ikkala transformatorni ulash, kam bo‘lganda esa bir transformatorda ishlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kuchlanishi 35/10kV nominal quvvati 1-6,3 MVA, to‘la quvvatlar nisbati o‘rtacha bo‘lganda chegaraviy Yuklanish miqdori bo‘ladi.
Turli quvvatli transformatorlarni ulash-ajratish shartlari grafik usulda aniqlaniladi (3.3-rasm). Grafikda kam, o‘rta va yirik quvvatli transformatorlarni alohida (1,2) va paralel ishlaganda (3) keltirilgan quvvatning yuklamaga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Chiziqlarni kesishgan joylari samarali rejimlarni ko‘rsatadi. I-bo‘limda kam quvvatli, II-yirik quvvatli transformatorni ulanish, III-ikala transformatorni parallel ishlatish rejimlarini ko‘rsatadi. Bunda barcha oraliqlarda quvvatlar isrofi minimal
bo‘lib qoladi.
Kuch transformatorlarning alohida (1,2) va parallel (3) ishlaganida ulardagi quvvat isrofi.
3.8. Elektr uskunalarni yuklanishi bo‘yicha tanlash Ko‘pchilik elektr uskunalar notekis yuklanish bilan
ishlab turadi. Masalan qishloq va suv xo‘jaligidagi 30% elektr yuritmalar o‘zgaruvchan yuklamaga, 20% esa tez o‘zgaruvchi yuklamaga ega. Qishloq transformator punktlarida yuklamaning o‘rtacha qiymatidan og‘ishi
±50% gacha tashkil qiladi. Ularda yuklama sutka davomida va yil bo‘yicha o‘zgarib turadi. Bunday sharoitda transformatorlar quvvatidan to‘laroq foydalanish uchun ularni ortiqcha yuklanish imkoniyatlari o‘rganib chiqilib, ma’lum darajada va ma’lum bir muddatlarga ortiqcha yuklab ishlatiladi. Ortiqcha yuklanish darajasi deb elektr uskunaning xizmat muddati qisqarmagan holda qisqa muddatga ma’lum bir darajagacha ortiqcha yuklanib ishlay oladigan mikdoriga tushuniladi. Ortiqcha yuklanish darajasi ma’lum bir muhit sharoitiga (haroratga) va ma’lum bir muddatga belgilanadi.
Elektr uskunalarning yuklanish imkoniyati hisoblarida izolyasiyasining qizib emirilish sharoitlari asos bo‘ladi. Yuqori harorat va boshqa fizik-kimyoviy omillar ta’sirida vaqt o‘tgan sari izolyasiyaning holati yomonlashadi. Uning elastikligi yo‘qoladi, yoriladi, simdan ajralib qoladi. Elektr mustahkamligi saqlansada mexanik ta’sirlarga chidamsiz bo‘lib qoladi. Simning qizib kengayishi, tiratish natijasida emiriladi, bu jarayon izolyasiyaning eskirishi deyiladi. Eskirish tezligi haroratga, umumiy emirilish darajasi yuqori haroratni ta’sir etish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. Tajribalardan aniqlanganki, haroratning har (8 10)oS ga ortishi izolyasiya xizmat muddatini 2 barobarga kamaytiradi. Agar elektr uskunalar to‘liq yuklanmay ishlab tursa, uning izolyasiyasining emirilishi sekinlashadi, xizmat-muddati ortadi, ortiqcha yuklanish imkoniyati ortadi. Shu yuklanish rezervini hisobga olib elektr uskunani yuklash va xizmat muddatida quvvatidan to‘liq foydalanish mumkin, bunda elektr uskunalarni me’yoriy xizmat muddati saqlanib qoladi.
Elektr uskunaning ortiqcha yuklanishida haroratining ortishi uning qizish doimiysiga bog‘liq bo‘ladi va oxir oqibatda ortiqcha yuklanish darajasini belgilaydi. Qishloq va suv xo‘jaligida ishlab turgan asinxron motorlarning qizish doimiysi uncha katta bo‘lmaydi. (20 min) va ortiqcha yuklanishga chidamliligi past bo‘ladi. Suvda cho‘kib ishlovchi motorlar ortiqcha yuklanishga chidamli bo‘ladi, ularda qizish doimiysi yuqori bo‘ladi. Bu ularni rostlashda hisobga olinadi.
Kuch transformatorlarida qizish vaqti doimiysi bir necha soat bo‘ladi va tez- tez ortiqcha (qizib) yuklanib ishlay oladi. 3.4–rasmda kuch transformatorlarini ortiqcha Yuklanishini aniqlovchi grafiklar keltirilgan.

    1. soat, 2-2 s., 3-4 s., 4-6 s., 5-8 s., 6-24 s., ortiqcha yuklanishda transformatorlarni ortiqcha yuklanishi. Absissa o‘qida s koeffitsient miqdori qo‘yilgan bo‘lib u kutilgan ortiqcha max yuklanishigacha yuklanish darajasini kursatadi. p –ortiqcha yuklanish koeffitsienti max vaqtdagi yuklanishni ko‘rsatadi. Zo‘riqib yuklanib ishlash imkoniyatini aniqlash uchun avval kerakli egri chizikni tanlab olinadi. Keyin absissa o‘qiga yuklanish darajasi qo‘yib egri chiziqqacha perpendikulyar chikariladi. Kesishgan nuqta maksimum yuklanishning kutilayotgan muddatini ko‘rsatadi.



3.4-rasm. Turli xil zo‘riqish muddatlarida transformatorlarni ortiqcha yuklanish egri chiziqlari. 11soat; 2-2soat; 3-4soat; 4-6soat; 5-8soat; 6-24soat.
Avariya rejimlarda elektr energiya ta’minotida uzluksizlikni ta’minlash uchun kuch transformatorini ortiqcha yuklanish darajasi 3.6jadvalda keltirilgan.
6-10/0,4 kV transformator podstansiyalarida ruhsat etilgan avariyali ortiqcha yuklanish koeffitsientlari



T.r.

yuklama turi



Mavsum o‘rtacha harorat, oS

Avariyali ortiqcha yuklama o‘rtacha koeffitsienti



Harorat gradienti

1

2

3

4

5

1

Kommunal-maishiy

qish (–10)

1,79

0,78

2

Ishlab chiqarish iste’molchilari ulangan

qish (–10)

1,74

0,77

3

Aralash

qish (–10)

1,68

0,73

4

Tovuq fermasi

qish (–10)

1,61

0,76

5

Sut tovar fermasi

qish (–10)

1,63

0,68

6

Cho‘chqa boqish fermasi

qish (–10)

1,55

0,55

7

Issiqxona

Bahorgi (5)

1,40

1,00

8

Don punkti

Yozgi (30)

1,36

1,00




Download 18,37 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   75




Download 18,37 Mb.