O‘zbekiston respublikasi oliy




Download 18,37 Mb.
bet49/75
Sana16.02.2024
Hajmi18,37 Mb.
#157830
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
Bog'liq
Elektr uskunalarini tamirlash

Nazorat savollari:





  1. Elektr motorlarini ishdan chiqishi?

  2. Og‘ir atrof muhit sharoiti qanday?

  3. 4A, 5A, A02-SX seriyali motorlarga ta’rif bering?

  4. Elektr uskunalarning ishonchliligini oshirish usullari?
  1. mavzu: Elektr uskunalarning profilaktik sinovlari.


Reja:

  1. Texnik ekspluatatsiya qoidalari.

  2. Sinovlar hajmi va me’yorlari.

  3. Profilaktik sinovlar.

Elektr uskunalar turli puxtalikka ega bo‘lgan bir necha qismlardan iborat bo‘ladi. Uning biror qismining yaroqsiz holga kelishi butun elektr uskunaning to‘xtab qolishiga olib keladi, ishlab chiqarishga zarar etkaziladi, ish mashinalari va agregatlar turib qoladi. Ayniqsa kutilmagan to‘xtab qolishlar xavfli bo‘ladi. Bunday to‘xtab qolishlarni oldini olish uchun, ko‘rsatkichlari pasayib ketgan elementlarni o‘z vaqtida topish va almashtirish uchun profilaktik diagnostika tadbirlari o‘tkazib turiladi. Energetika tizimlarida bunday diagnostika profilaktik sinovlar yoki tekshirish o‘lchovlari deyiladi. Texnik ekspluatatsiya qoidalariga ko‘ra va korxonalarda elektr uskunalarni ekspluatatsiyasini tashkil qilish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarga asosan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’miridagi sinovlaridan tashqari mustaqil tadbirlar sifatida profilaktik sinovlar o‘tkazib turiladi. Sinovlar hajmi va me’yorlari zavod tayyorlab bergan yo‘riqnomalari va elektr uskunalar ekspluatatsiyasi tajribalariga asoslanib aniqlanadi. Bu sinovlar texnik ekspluatatsiya qoidalarining tarkibiy qismi bo‘lib qolgan va korxonalarning energetika xizmati tomonidan bajarilishi majburiydir. Profilaktik sinovlarda birinchi navbatda elektr uskunalarning izolyasiyasiga e’tibor beriladi, chunki izolyasiya ularning eng nozik elementi bo‘lib, eng tez eskiradi, yaroqsiz holga keladi.
Qishloq va suv xo‘jaligida ekspluatatsiyada bo‘lgan asosiy elektr uskunalar izolyasiyasining profilaktik sinovlari uchun ko‘rsatmalar 4.1jadvalda keltirilgan. Izolyasiyasini qarshiligini o‘lchash bilan birga elektr uskunaning profilaktik sinovlarida uning boshqa ko‘rsatkichlarini ham o‘lchab olinadi. Kuch transformatorlarining izolyasiyasi tekshirilganda R60 ifodadan aniqlanadi. Kab miqdori absorbsiya koeffitsienti Kab R15 zavodda belgilangan qiymatidan 30% dan ko‘proq kamayishi izolyasiyaning nam torta boshlaganini, Kab 1,3 bo‘lsa, uning ekspluatatsiyaga yaroqsiz ekanligini bildiradi. Izolyasiya quritilib, keyin transformator tarmoqqa ulanadi. Yana cho‘lg‘amlarining qarshiligi doimiy tokda o‘lchab ko‘riladi, uning miqdori me’yoridan ±2% dan kam farq qilishi kerak. Havo quritish filtrlarining silikageli holati tekshiriladi. Silikagel zarrachalari bir tekis havo rangda bo‘lishi zarur.
Quvvati 630 kVA dan yuqori termosifon filtrli kuch transformatorlarining moyi 5 yilda bir sinab turiladi. Bunda moyning elektr mustahkamligi mexanik aralashmalar miqdori, kislotali raqami, alanga olish harorati o‘lchab ko‘rib aniqlaniladi.
4.1-jadval
Elektr uskunalarning izolyasiyasining qarshiligini profilaktik o‘lchash muddatlari va me’yorlari



T.
r.

Elektr o‘tkazgich va jihoz turi, nomlanishi



Izolyasiya qarshiligini tekshirish uslubi bo‘yicha yo‘riqnoma (megommetr kuchlanishi,
o‘lchash davriyligi va h.k.)

Qarshilik me’yori, M Om



1

2

3

4

1

Kuch va yoritish tarmoqlari; taqsimlash vositalari, shchitlar; 0,38…0,66 kV li elektr jihozlar



1000 V. Quruq binolarda 6- yilda bir marta o‘lchanadi. O‘ta zax, issiq xonalarda, ochiq atmosferada o‘rnatilgan va kimyoviy faol moddalar bo‘lgan muxitda yilda bir. Biror faza bilan er oralig‘ida o‘lchanadi. Elektr
tarmoq uziladi

0,5

2

1 kV gacha kuchlanishli kuch kabel tarmoqlari



2500 V. Muqobil ishlovchi elektr uskunalarida 5 yilda bir, mavsumiy ishlaydigan elektr uskunalarda-mavsum oldidan o‘tkaziladi

0,5



3

35 kV gacha bo‘lgan kuch transformatorlarda

2500 V. Muddati yo‘riqnomalar bo‘yicha ekspluatatsiya sharoitidan kelib chiqib aniqlanadi

Avvalgi miqdoridan 70% dan ko‘p bo‘lishi kerak



4

U =0,66 kV li elektr motorlarda (stator chulg‘amlarida)

1000 V. PPREsx bo‘yicha kamida 2 yilda 1 marta

1,0 - t = 20°C 0,5 - t
=60°S



5

Qo‘lda ishlatiladigan asboblar va ko‘chma yoritgichlar

500 V. Muddatlari PPREsx bo‘yicha kamida 6 yilda
1 marta o‘tkaziladi



0,5

Elektrodli suv qizdirgichlarda (elektrodli qozonlarda) suvning solishtirma qarshiligi o‘lchanadi, 200S haroratli suvning solishtirma qarshiligi 10…50 Om·m bo‘lishi kerak. Elektr qozondagi himoya vositalarining ishlashi ham tekshirib ko‘riladi. Havo elektr uzatish tarmoqlari uchun gabarit o‘lchamlari, izolyatorlari, simlarning ulangan joylari, yog‘och tayanchlardagi emirishlar, himoya elementlarining holati tekshiriladi.


Erga ulanish qurilmalari qarshiligining profilaktik o‘lchovlari POOR sistemasi bo‘yicha, kamida 3 yilda bir marta bajariladi. O‘lchovlar yilning eng quruq mavsumlarida bajariladi. Erning solishtirma qarshiligi ρ≤100 Om·m bo‘lganda qayta erga ulanishlar qarshiligi R≤30 Om, transformatorlarning

neytrallari qarshiligi R≤40 Om bo‘lishi zarur. Potensiallarni tekislovchi qurilmalar ham har yili tegib ketish kuchlanishi miqdorini o‘lchab tekshiriladi.



Download 18,37 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Download 18,37 Mb.