|
O‘zbekiston respublikasi oliy
|
bet | 50/75 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 18,37 Mb. | | #157830 |
Bog'liq Elektr uskunalarini tamirlash Nazorat savollari:
Texnik ekspluatatsiya qoidalari?
Sinovlar hajmi va me’yorlari turlari?
Profilaktik sinovlarga ta’rif bering?
Elektr uskunalarning profilaktik sinovlari?
mavzu: Elektr kontaktlar diagnostikasi.
Reja:
Tokning o‘tish joyi.
Kontakt yuzalarning bir-biriga tegib turgan joyi.
Ulovchi kontaktlar.
Har qanday elektr uskuna ishlab turganda, u bir necha kontakt sistemalari orqali tarmoqga ulanib turadi. Uning alohida elementlari ham kontakt tizimlariga ega bo‘ladi. Masalan 0,4 kV li tarmoqda bitta uch fazali elektr iste’molchi o‘rtacha 60 ta kontaktga ega bo‘ladi. Bu kontaktlarning birortasi yaroqsiz bo‘lsa butun qurilma to‘xtab qoladi. Shuning uchun elektr uskunalarning Yuqori ishonchliligini ta’minlash uchun elektr kontaktlar sistemasi doimo nazorat qilib turiladi.
Bir kontakt o‘tkazgich yoki qurilmadan ikkinchisiga tokning o‘tish joyi elektr kontakt deyiladi. Kontaktlar ulovchi yoki kommutatsiyaviy bo‘lishi mumkin. Ulovchi kontaktlar bir tokli qismni ikkinchisiga ulab turadi, kommutatsiyaviy kontaktlar esa elektr tarmoqlarni ulash, ajratish yoki boshqacha ulash uchun xizmat qiladi. Ulovchi kontaktlar konstruksiyasiga ko‘ra qismlarga ajraluvchi (boltli, vintli) yoki ajralmaydigan (payvandli, ezib ulangan, paykali) bo‘ladi. Kontaktlar yana qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan; geometrik shakli bo‘yicha tabiiy, sun’iy; vazifasiga ko‘ra asosiy, qo‘shimcha, uchqun so‘ndiruvchi va boshqa turda bo‘ladi.
Kontaktlar holati asosiy va yordamchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi. Asosiylariga o‘tish qarshiligi, kuchlanishning pasayishi, kontaktlar harorati; yordamchilariga kontaktlanish yuzasi, kontaktlarni yopishish (qisilish) kuchi, ochilishi va o‘tib turishi bo‘lishi mumkin. Kontakt yuzalarning bir-biriga tegib turgan joyining qarshiligi turli faktorlar ta’sirida ortib boradi (kontakt Yuzasining kamayishi, notekisligi, gaz moy, oksid katlami paydo bo‘lishi, kontakt yuzalarining ifloslanishi va hokazo). Kontakt yuzasining qarshiligi asosan uning mikrorelefiga, qisilish kuchiga va materialiga bog‘liq bo‘ladi. 4.4-rasmda qisilish kuchi bilan kontakt qarshiligi orasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilgan. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, qisilish boshida o‘tish qarshiligi tez kamayadi, chunki kontakt Yuza ortib boradi, keyinchalik Rk ma’lum bir qiymatda barqarorlashadi. Bu kritik qisilish kuchi qayd qilinadi. Qisilish kuchi kamaytirilganda egri chiziq pastroqdan o‘tadi, chunki kontakt yuzasi zichlanibroq qoladi. Bu natijalardan foydalanib ekspluatatsiya davrida kontakt yuzalarining qisilish kuchi me’yorlari belgilanadi Kontaktlarda kuchlanishning pasayishining ruhsat etilgan miqdorlari asosan kontaktlar materialiga bog‘liq bo‘ladi. U 0,4kVgacha tarmoqlar uchun quyidagi miqdorlar belgilangan: kumush kontaktlar uchun–0,01-0,04 V, temir kontaktlar uchun-0,02…0,05 V. Ekspluatatsiya davrida kontaktlar qarshiligi ortib boradi. Kontaktda doimo joul isroflari (I2 R t) bo‘lib turadi, shuning uchun kontaktlarda o‘tish harorati boshqa qismlaridan Yuqoriroq bo‘ladi. Natijada kontakt yuzalarida oksid qatlami (plyonka) paydo bo‘ladi va uning qalinligi ortib boradi, kontakt qarshiligi ham ortib boradi. Bu esa o‘tish joyining qo‘shimcha qizishiga olib
keladi. Elektr maydon va harorat, mexanik kuch ta’sirida kontakt yuzasidagi plyonka emirilib turadi. Bu jarayon bir necha bor takrorlanganda kontakt Yuzasi notekislanib, qarshiligi ortib, qiziydi va yaroqsiz holga keladi. Kontakt yuzalar ishonchli ishlab turishi uchun kommutatsiya yuzalarining harorati me’yoriy qiymatlaridan ortmasligi zarur. Masalan mis kontaktlar uchun + 85oS; kumush kontaktlar uchun + 240oS; apparatlarning ichki qismida joylashgan mis kontaktlar uchun + 95oS; maxsus qoplamali kontaktlar 105-135oS (atrof-muhit harorati 45oS bo‘lganda).
4.4-rasm. Bosilish kuchi oshganda (1) va kamayganda (2) kontakt joyining o‘tish qarshiligining o‘zgarishi.
Kontaktlarning zichlanib turish uzasi ularning emirilish darajasi va sozlanish sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Qurilma soz bo‘lsa kontakt yuzalar 70% dan kam bo‘lmagan zichlanish yuzasiga ega bo‘ladi. Kontaktlarning ochilib turishi-bu ularning ajralgan holda kontaktlar orasidagi masofadir (4.5-rasm) Apparat turiga va xiliga qarab bu masofa 3 mm dan 50 mm gacha bo‘ladi.
Kontaktlarning o‘tib turishi bu ularni qo‘zg‘aluvchi kontaktning
ulangan holatidan keyingi tegib turib harakatlanish masofasidir. Past kuchlanishli apparatlar uchun bu masofa 3…6 mm ni tashkil qiladi.
Qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas kontaktlar orasidagi botinish va o‘tib ketish masofasini aniqlash: 1-qo‘zg‘almas kontakt, 2-qo‘zg‘aluvchan kontakt.
Kontaktlarning o‘tish qarshiligi doimiy va o‘zgaruvchan toklarda o‘lchanadi. Bunda M-246, F-415 tipli mikroampermetrlar ishlatiladi. Yangi kontakt joyida o‘tish qarshiligi jami qurilma ekvivalent qarshiligidan 1,2 barobargacha ortishi ruhsat etiladi. Ekspluatatsiya davomida kontakt qarshiligi ortadi, lekin dastlabki qiymatidan 1,8 barobargacha ortishi ruhsat etiladi. O‘tish joyidagi kuchlanishni aniqlash uchun kontaktlardan nominal tok o‘tkazib millivolmetr bilan potensiallar farqi o‘lchanadi. yuklama sifatida turli xil stendlar ishlatiladi. Kontaktlardagi kuchlanishning pasayishi jami qurilmadagi miqdoridan 1,1…1,2 qismini tashkil qilishi mumkin. Lekin 1,7 dan katta bo‘lib qolsa apparat kontaktlari ta’mir qilinishi zarur
|
| |