-jadval  Go‘ng kimyoviy tarkibining bijg‘ish jarayoni vaqga qarab o‘zgarishi (%)




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/114
Sana25.11.2023
Hajmi3,83 Mb.
#105372
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

2.3-jadval 
Go‘ng kimyoviy tarkibining bijg‘ish jarayoni vaqga qarab o‘zgarishi (%) 
Bijg‘ish davri, bir 
kecha kunduzda 
Azot 
P
2
O
5
K
2

N
umumiy
Umumiy N Ammoniylik 
N- NH
4
0 (nazorat) 
0,32 
0,13 
0,11 
0,24 
12,2 

0,31 
0,13 
0,11 
0,24 
11,9 
10 
0,31 
0,16 
0,11 
0,24 
10,5 
15 
0,31 
0,16 
0,11 
0,24 
9,6 
 
Go‘ngni anaerob bijg‘itish atrof-muhit muhofazasi uchun qanchalik foydali 
ekanligini iqtisodiy hisob-kitob qilish ancha mushkul vazifa. Bu yo‘l bilan ishlov 
berilgan go‘ng, biologik mo‘tadil holatda bo‘lib, hashorotlarni o‘ziga tortmaydi (2.4-
jadval). Anaerob bijg‘ishdan keyin, go‘ngdagi qo‘lansa hid beradigan moddalar 
yo‘qoladi.
 
2.4- jadval 
Bijg‘itilgan go‘ng tarkibida kuchli hid beradigan moddalar miqdori 
Birikmalar 
Tabiiy go‘ng, % 
Bijg‘itilgan go‘ng, % 
Fenol 
100 

Krezol «P» 
100 
10 
Skatol 
100 
79 
Moy kislota 
100 



166 
Tabiiy resurslardan foydalanganda qo‘yiladigan ekologik talablar xo‘jalik hisob-
kitobi sharoitida, «ulardan foydalanilganda o‘rniga qo‘yish» degan iboralar qonuniy 
hujjatlar asosida ishga tushganda alohida ahamiyat kasb etadi.
Xitoyda o‘g‘it sifatida foydalanishda poliz ekinlari, bug‘doy o‘simliklari, 
sholipoyalarni o‘g‘itlashda, quruq holatga keltirilgan bioaralashmada qo‘ziqorin 
yetishtirib, yetishtirish tezligini 2 barobarga oshirishga erishganlar.
O‘simlik uchun suyuq holatdagi bioo‘g‘itni suspenziya shaklida to‘g‘ridan – 
to‘g‘ri o‘simlik tanasiga sepilsa, o‘zlashtirish uchun qulay holatda mineral moddalarni 
o‘simlik barglari orqali oson o‘zlashtirib oladi. Buning natijasida mo‘l hosil olish 
imkoniyati yanada oshadi. 
Biogaz qurilmasida bijg‘ish natijasida issiqlik ajralib chiqishi sababli go‘ngdagi 
hazm bo‘lmagan begona o‘tlarning urug‘ini va gelmitlarni nobud qiladi. Bioo‘g‘itdan 
foydalanayotgan aholi uchun bezarar hisoblanadi. 
Energiyaning bahosi ko‘tarilib ketayotgan mana shu davrda, ayniqsa, anaerob 
biologik jarayondan foydalanish katta iqtisodiy foyda keltiradi. Go‘ngni anaerob 
sharoitida tozalash nafaqat energiya manbayi sifatida, balki qo‘shimcha energiya 
manbayi sifatida qaralmog‘i lozim. 
Biogaz qurilmasidan chiqayotgan mahsulotlardan yoqilg‘i sifatida, elektr 
energiya va o‘g‘it sifatida foydalanish mumkinligi aniq. Ammo biogaz chiqindisi 
bo‘lgan bioaralashmadan uning tarkibini o‘rgangan holatda hayvonlar uchun ozuqaviy 
maqsadda ham foydalansa bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Agar hayvon ozuqasiga 
bioaralashma aralashtirilib berilsa, ozuqaning sifat ko‘rsatkichi juda yuqori darajaga 
yetadi.
Suyuq holatdagi bioaralashma cho‘chqa ozuqasiga qo‘shib berilsa, cho‘chqa 
semirishi 1-2 barobar tezlashadi hamda cho‘chqaning bo‘yiga, eniga o‘sishi nisbatan 
yuqori bo‘ladi.
Baliqchilik hovuzlarida baliq ivildirig‘ini hovuzga tashlagandan so‘ng, kuchli 
ozuqaviy muhitda boqilsa, 6 oy davomida baliq vazni (2 – 3) 
kg
ga yetadi. Agar o‘rta 
ozuqaviylik muhitida boqilsa, 6 oyda (1,5 – 2) 
kg
ni tashkil etadi. Yuqori ozuqaviy 
muhitda boqilgan baliqlar ozuqa narxi qimmatligi hisobiga, baliq tannarxi qimmatga 


167 
tushadi, bu esa daromadni kamaytiradi. Shuning uchun baliqchilik hovuzlarida baliqlar 
o‘rta darajada ozuqaviy muhitda belgilangan kilogrammni olish uchun ko‘proq vaqt 
davomida boqiladi.
Agar baliq ozig‘i o‘rta darajada berilib, qo‘shimcha sifatida biogaz qurilmasidan 
chiqqan suyuq holatdagi bioaralashma hovuzlarga sepib turilsa, belgilangan 6 oy 
davomida baliq vazni (2-3) 
kg
ni tashkil etadi. Bioaralashma nafaqat baliqlar uchun 
ozuqa, balki hovuzdagi baliqlar oziqlanadigan o‘simliklarni tezda o‘sishiga ham sabab 
bo‘ladi. Bu o‘simliklar bilan ozuqa va bioaralashma bilan oziqlangan baliqlar tezda 
yetilib, daromad beradi.

Download 3,83 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   114




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  Go‘ng kimyoviy tarkibining bijg‘ish jarayoni vaqga qarab o‘zgarishi (%)

Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish