• Qurilmani o‘rnatish tartibi
  • O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/115
    Sana22.05.2024
    Hajmi3,83 Mb.
    #250127
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

    1.12-rasm. 
    Kichik hajmli boigaz olish uskunasi 
    Qayta ishlangan biomassa bioreaktordan yangi aralashma quyishdan avval yoki 
    hosil bo‘lgan gaz bosimi yordamida chiqaruvchi quvur yordamida quyib olinadi. 
    Ushbu quyib olingan biomassa (bioo‘g‘it) maxsus idishda (vaqtinchalik yig‘gich) 
    saqlanadi. Uning hajmi bioreaktor hajmidan kam bo‘lmasligi lozim. Ushbu tipdagi 
    oddiy biogaz uskunasidan har qanday fermer xo‘jaliklari o‘z hududlarida qurib 
    foydalanishlari mumkin.
    Ushbu oddiy tipdagi biogaz uskunasini qurish uchun quyidagilarga e’tibor 
    qaratish lozim: 

    xo‘jalikning kunlik chiqindisi hajmidan kelib chiqib, bioreaktor hajmini 
    tanlash; 

    biogaz uskunasiga aralashmani yuklash va quyib olish uchun mos keladigan 
    joyni tanlash; 

    bioreaktordan aralashmani quyib olish uchun qulay bo‘lgan holdagi quyish, 
    yuklash quvurlarini tanlash va o‘rnatish; 

    so‘ngra yuklash idishi va biogaz yig‘iladigan moslamani tanlash va yig‘ish; 

    bioreaktorning germetikligini tekshirish, bo‘yash va issiqlikdan ajratilganligini 
    ta’minlash zarur. 
    Aralashmani qo‘lda quyish va aralashtirishga hamda bioreaktor ichida 
    aralashmani qizdirishga ixtisoslashtirilgan biogaz uskunasi quyidagi jihozlardan 
    tashkil topgan: 


    114 
    1.
    Reaktor; 
    2.
    Yangi xomashyolarni yuklash uchun idish; 
    3.
    Biogaz chiqish qurulmasi; 
    4.
    Yangi suyuq go‘ng yuklash qurilmasi. 
    Qurilmani o‘rnatish tartibi: 
    1.
    Xo‘jalikda to‘plangan bioaralashma miqdorini aniqlash; 
    2.
    Reaktordagi kerakli hajmni aniqlash; 
    3.
    Qurilma joyini aniqlash; 
    4.
    Reaktor uchun kerakli materiallarni tayyorlash; 
    5.
    Kiritish va chiqarish quvurlarini tekshirish; 
    6.
    Reaktorni o‘rnatish; 
    7.
    Yuklash idishini tayyorlash; 
    8.
    Gaz chiqarish quvurini o‘rnatish; 
    9.
    Xomashyo idishi uchun qopqoq tayyorlash; 
    10.
    Reaktorning germetikligini tekshirish;
    11.
    Bo‘yash va issiqlikdan ajratish materiallarni o‘rash; 
    12.
    Biogaz qurilmasini ishga tayyorlash. 

    Download 3,83 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti

    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish