Qurilmani yasash uchun tayyorgarlik ishlari.
Biogaz qurilmasi uchun joy tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak:
Maydon tanlash, yashash joyidan uzoq yoki yaqinligini hisobga olish, go‘ng
chiqadigan joyni o‘rganish, hayvonlar boqiladigan joyni o‘rganish, xomashyo
saqlanadigan va ular yuklanadigan reaktorni imkon darajasida chuqurlikda
joylashtirishga harakat qilish kerak.
Bunda haroratni boshqarish oson, issiqlikdan ajratuvchi materiallar (qum va
tuproq)dan foydalanish qulay, issiqlikni rostlash materiallari arzon va qulay bo‘lishi
lozim. Bunday materiallarga somon, qum, shlak va quruq go‘ng kiradi (1.13-rasm). Bu
materiallar qavatma-qavat joylanadi, avval somon sepiladi, qum tuproq yoki soz
tuproq, reaktorning yuqori qismigacha shunday sepiladi. Keyin soz tuproq bilan shlak
aralashmasi quyiladi, bunda aralashma qalinligi 300
mm
dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yer bilan himoya o‘rtasi polietilen bilan qoplanadi.
115
Somon
Qum
Shlak
Quruq go‘ng
1.13 - rasm.
Issiqlikdan ajratuvchi mahsulotlar
Reaktorni yig‘ish.
Reaktor metalldan yoki qurilish matreallaridan tayyorlanishi
mumkin, masalan: g‘isht, sement va toshdan. Reaktor, albatta, yopiq va korroziyaga
chidamli bo‘lishi kerak.
Avvalo, chiqindilarni yuklash va chiqarish quvurlari montaj qilinadi. Quvurlar
qarama - qarshi tomonga joylashtiriladi. Chunki yangi tushayotgan xomashyo, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotga aralashib ketmasligi lozim. Buning uchun diametri 150
mm
dan kam bo‘lmagan quvurlar ishlatiladi. Yuklab olish quvuri idishga
mahkamlanib, keyin reaktor asosga o‘rnatiladi va issiqlikdan ajratiladi.
Qurilmani yig‘ish.
Iste’molchiga gaz yetkazib berish quvurida hech qanday
yoriq va teshiklar bo‘lmasligi kerak. Gaz uzatish quvuri reaktorning yuqori qismiga
mahkamlanadi. Buning uchun diametri 25
mm
dan kam bo‘lmagan po‘lat quvur
ishlatiladi.
Gaz uzatish qurilmasiga
suv zatvori
kiradi. U yarmigacha suv to‘ldirilgan idishni
o‘z ichiga oladi. Kirish quvuri suvga tushiriladi. Gaz chiqish quvuri suv ustida, yani
suv yuzasida to‘plangan gaz bor joyda joylashadi.
|