117
jihozlangan bo‘lishi kerak. Bunday
inshootlarning ustunligi, ular tuzilishining
oddiyligi hamda uchib yuradigan mayda moddalarga sezgirligining pastligida bo‘lsa,
kamchiliklari – katta maydonni egallashi hamda qish vaqtida ko‘p miqdorda issiqlikni
yo‘qotishidir.
1.35 - chizma.
Bioreaktor ichida aralashmani qizdirishga ixtisoslashtirilgan
biogaz qurilmasi sxemasi
1.35-chizmada keltirilgan qurilma 1 –
suv qizdiriladigan qozonxona, 2 –
aralashma yuklanadigan idish, 3 – aralashtiruvchi moslama, 4 – bioreaktor, 5 – suv
mahkamlagich, 6 – gaz chiqishi, 7 – qayta ishlangan aralashmani quyib oluvchi idish,
8 – qayta ishlangan aralashma (bioo‘g‘it) saqlanadigan joy, 9 – quyib olish quvuridan
tashkil topgan.
Ko‘pchilik (hozirgi kunda ishlab turganlarining 68 foizi biogaz qurilmalari bir
bosqichli, to‘liq aralashadigan oqish tipida qurilgan. Ammo bunday qurilmalarning
salbiy tomoni shundan iboratki, bularda go‘ngni to‘liq bijg‘ishi amalga oshirilmaydi
(ba’zida bijg‘imagan go‘ng ham o‘tib ketadi va shu sababli biogaz miqdori past
bo‘ladi).
Oquvchi reaktorlar boshqalariga qaraganda yaxshiroq bo‘lib,
unda suyuq yoki
yarim suyuq go‘ngdan (namlik 91-96%) biogaz olinadi. Bunday qurilmalarning
samaradorligi juda ham past, shu tufayli ham ulardan foydalanilmaydi yoki juda kam
foydalaniladi.