• 1.14. Biogaz va bioo‘git ishlab chiqarishdagi xom ashyo turlari Go‘ng.
  • O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/115
    Sana22.05.2024
    Hajmi3,83 Mb.
    #250127
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   115
    Bog'liq
    14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

    1.36-chizma. 
    Kombinasiyalashgan
     
    qurilmaning umumiy ko‘rinishi. 1–shisha 
    qoplama, 2–distillangan suv chiquvchi quvur, 3–qurilma yon devoir, 4–aralashma 
    (substrat) solinadigan taglik, 5–shishasi ochilib bioo‘g‘it olinadigan maxsus joy 
    Aralashma uchun tayyorlangan maxsus idish hajmi 10 tonnagacha bo‘lishi 
    mumkin, ma’lum balandlikka o‘rnatilsa qurilmaga aralashmaning oqib kelishi qulay 
    bo‘ladi. Distillyat uchun o‘rnatilgan quvurlar ham ma’lum qiyalik ostida ulansa, 
    suvning yig‘ilishiga qulay imkoniyat tug‘iladi. Quyosh energiyasi asosida ishlaydigan 
    bioo‘g‘it olish qurilmasiga solinadigan (biogaz olingan) aralashma maxsus 
    avtomashinalar yordamida olib kelinadi.
    1.14. Biogaz va bioo‘git ishlab chiqarishdagi xom ashyo turlari 
     
    Go‘ng.
    Biogaz ishlab chiqarishda o‘simliklar va hayvon chiqindilaridan 
    foydalangan holda tabiiy metan gaziga o‘xshash biogazni olish mumkin.
    Qaysi o‘simliklardan qancha boigaz ajratib olish xususida ko‘pgina manbalarda 
    ko‘rsatib o‘tilgan. Biogaz ishlab chiqarish jarayonida, asosan, hayvonlar chiqitidan 
    foydalanib ish olib borilgan.
    Respublikamiz hududida uy hayvonlaridan asosan ot, cho‘chqa, qoramol 
    boqishda va parrandachilikka asoslangan fermer xo‘jaliklari tashkil etilgan. Hududlar 
    imkoniyatlaridan kelib chiqgan holda tovuq chiqindisidan foydalanib biogaz olish 
    amalga oshirilgan. Bunga sabab deyarli har bir oilada parrandachilik bilan 
    shug‘ullanish imkoniyati mavjudligi hisoblanadi va tovuq chiqitiga bo‘lgan ehtiyoj 


    122 
    to‘liq qondiriladi. Ayrim oilalarda 1000 bosh va undan ortiq ham parranda mavjud. 
    Bu har bir oilaga kichik biogaz qurulmasini barpo etishga imkon beradi.
    Tadqiqotlarda tovuq go‘ngining tanlanishiga yana bir sabab, gibrid tovuqlar oziq-
    ovqati juda kuchli ratsion tarkibga ega bo‘lganligi va uning organik moddalarga boy 
    bo‘lishidadir. Tovuq go‘ngining yana bir xususiyatli tomoni yarim tayyor bo‘tqa 
    shaklida bo‘lishidadir. Uning namligi yuqori darajada bo‘lishi, aralashmaga 
    qo‘shiladigan suv nisbatini kamaytiradi. Mol go‘ngida namlik yuqori darajada 
    bo‘lmasligi-bir joyda yopishib, qattiq dona - dona holatga kelib qolishiga olib keladi. 
    Bu holat esa reaktorda bir xil darajada issiqlik tarqalmasligiga sabab bo‘ladi. Tovuq 
    go‘ngida bunday xususiyat mavjud emas. Bir bosh tovuq kuniga (25 – 30) g go‘ng 
    chiqaradi hamda tovuq go‘ngining mol go‘ngiga qaraganda biogaz chiqishi va metan 
    saqlash unumi yuqori hisoblanadi.
    Barg.
    Biogaz tayyorlash jarayonida o‘tkazilgan tadqiqotlarda barg va uning 
    xazonidan foydalanilgan. Bargdan foydalanib biogaz olish jarayonida anaerob 
    mikrobakteriyalari hosil bo‘lish ortadi. Bunga sabab, xazonda mikrobakteryalar 
    mavjud bo‘ladi. Daraxt tepasida tirik holatdagi bargda asosiy moddalar to‘planadi, 
    shuningdek, mikrobakteriyalar ham. O‘simlik kuzgi xazonrezgilik boshlangan paytda 
    bargda o‘simlikda to‘plangan zararli moddalar va ko‘pgina mikrobakteriyalar ham 
    birga to‘planadi. Xazondagi mikrobakteriyalar kislorodsiz sharoitda metan hosil 
    qiluvchi anaerob bakteriyalarga aylanadi va bu bakteriyalar biogaz hosil bo‘lishida 
    asosiy ishtirokchi bo‘lib xizmat qiladi. Xazon chirindiga aylanib, anaerob 
    bakteriyalarning rivojlanishi uchun ham asosiy muhit hisoblanadi.
    Xazondan foydalanishning yana bir ahamiyatli tomoni bioaralashmaning birdek 
    aralashishi va go‘ngning bir - biriga yopishib, jarayonning sekinlashib qolishi oldini 
    oladi.
    Respublikamiz sharoitida ko‘p barg hosil qiluvchi o‘simliklar juda ko‘p. Masalan, 
    chinor, o‘rik, terak, tol va boshqa o‘simliklarni misol keltirish mumkin.
    Xazondan foydalanishning ham ma’lum bir qonun qoidasi bor. Xazonning asosiy 
    tarkibi sellyulyozadan iborat bo‘lganligi sababli, sellyulyoza tezda chirindiga 
    aylanmaydi. Demak, xazon tarkibidagi sellyulyozadan metan olish qiyin va muddat 


    123 
    talab etadi. Biogaz olish reaktoriga xazonni solishdan oldin unga bijg‘ish jarayonini 
    tezlashtitish uchun ishlov berib, undan so‘ng reaktorga solish kerak. Shu holatda xazon 
    tezda bijg‘ib sellyulyoza biogaz beradi. Xazonga alohida ishlov berish ortiqcha 
    mehnat, mablag‘ va vaqt talab etadi.
    Biogaz olishda terak bargidan foydalanish mumkin. Terak bargidan biogaz 
    olishning quyidagi afzalliklari mavjud: 
    1. Terak bargining o‘rtacha kattalikda ekanligi uni bioaralashma bilan yaxshi va 
    birdek aralashishiga imkon beradi; 
    2. Terak bargining ko‘plab to‘kilishi; 
    3. Terak daraxtida erta xazonrezgilik ro‘y berishi, yog‘in-sochinli kunlarga 
    qolmasdan xazonni yig‘ishtirib olish imkonini beradi;
    4. Terak bargining qalin va ko‘p bo‘lishi unda mikrobakteryalarning ko‘p 
    bo‘lishini ta’minlaydi; 
    5. Terak bargi o‘rtacha kattalikka ega bo‘lganligi uchun bioaralashmaning bir - 
    biriga yopishib qotib qolmasligi va ma’lum to‘siqlarni paydo qilmasligi jarayonga 
    xalaqit bermaydi.

    Download 3,83 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   115




    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti

    Download 3,83 Mb.
    Pdf ko'rish