124
Reaksiyadan ko‘rinib turbdiki, mochavina metan gazi hosil bo‘lishida ham
ishtirok etmoqda.
Suv.
Suv barcha tirik organizmlar uchun ob-hayot manbayi hisoblanadi, demak
metan hosil qiluvchi mikrobakteriyalar uchun ham zarur.
1.8-jadval
Kichik hajmdagi qurilmaga sarflangan mahsulotlar
№
Xomashyo
100 kg ga nisbatan
1.
Barg
6 kg
2.
Tovuq go‘ngi
8 kg
3.
Mochavina
5 kg
4.
Suv
86 kg
Quruq holatdagi mahsulotlarni bir – biriga aralashtirish hamda reaktorga joylash,
jarayondan so‘ng biomassani reaktordan chiqarib olish ma’lum darajada qiyinchiliklar
tug‘diradi. Agar suv bilan suyuqlantirib olinsa, bu muammolar bartaraf etiladi hamda
suyuq bioo‘g‘itdan maqsadli foydalanish imkoniyatlari qulay hisoblanadi. Suv
dastlabki biomassani va har kunlik biomassaning (86 – 92) % ni tashkil etishi lozim.
Ana shu biomassani kombinasiyalashgan quyosh qurilmasidan (1.36-chizma)
foydalanib distillangan suv va bioo‘g‘it olinadi. 1.8-jadvalda kichik hajmli biogaz
qurilmasiga zarur xomashyolar ko‘rsatilgan.