O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/115
Sana22.05.2024
Hajmi3,83 Mb.
#250127
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115
Bog'liq
14415 2 6BCAAD1C053929B1EB564DE24E4C5A9C7D2724A7

 
 


130 
II BO‘LIM. QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIDAN 
OLINADIGAN EKOLOGIK VA IQTISODIY SAMARALAR
 
2.1. Ishlab chiqarilayotgan energiyani nazorat qilishda elektr o‘lchov 
asboblarining qo‘llanilishi
 
Quyosh energiyasidan foydalanishning ko‘p usullari mavjud bo‘lib, ulardan biri 
– quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga aylantirishdir.
Quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning asosan uchta: 
termoelektrik, termoelektron va fotoelektrik turlari mavjud. 
1. Termoelektrik generatorlar (TEG) issiqlik energiyasini bevosita beradi. Uning 
ishlash jarayoni bir jinsli bo‘lmagan ikki xil metallning bir-biriga payvandlangan 
nuqtalarini har xil temperaturada saqlash vaqtida ularda elektr toki hosil bo‘lish 
hodisasiga asoslangan. 
Termoelektrik generatorlarning foydali ish koeffitsienti (FIK) quyosh nurini 
qaytaruvchi ko‘zgularning geometrik o‘lchamiga va uning qaytaruvchanligiga bog‘liq. 
Shuningdek, TEGning FIK temperaturalar ayirmasiga ham bog‘liq, ya’ni 
0
2
1

T
T

bo‘lishi kerak.
Agar termoelementning sovuq nuqtasidagi temperatura 
300
2

T
K
bo‘lsa, uning 
issiq nuqtasidagi temperaturaning o‘zgarishiga qarab foydali ish koeffitsienti 
)
(
1
T
f


bo‘ladi. 
Termoelektrik generatorlarda qo‘llaniladigan materialning elektr xossasi 
temperatura o‘zgarishi bilan tez o‘zgaradi.
2. Termoelektron o‘zgartirgichlar deb harakatlantiruvchi mexanizmlarni 
ishlatmasdan, issiqlik energiyasini to‘gridan-tog‘ri elektr energiyasiga aylantiruvchi 
qurilmalarga aytiladi.
Termoelektron o‘zgartirgichlarda harakatlanuvchi mexanizmning bo‘lmasligi 
kerakli kattalikdagi va vazni yengil bo‘lgan ixcham elektr generatorlar yasab, ularni 
kosmik kemalarda ishlatish imkonini beradi. Termoelektron o‘zgartirgichlarning ishi 
yuqori vakuumli elektron lampaning ishlash jarayoniga asoslangan bo‘lsa-da, uning 


131 
elektrodlaridan biri–katod juda yuqori temperaturada qizigan bo‘lib, ikkinchisida, 
ya’ni anodda temperatura unga nisbatan past bo‘lishiga qaramay, ular o‘rtasida issiqlik 
o‘tkazuvchanlik hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun ham issiqlik energiyasi ortiqcha isrof 
bo‘lmaydi. Shu sababdan ham o‘zgartirgichning foydali ish koeffitsienti juda yuqori 
bo‘ladi.
Termoelektron o‘zgartirgichda seeziy elementining bug‘larini ishlatib, uning 
foydali ish koeffitsientini (30 – 35) % gacha yetkazish mumkin.
Termoelektron o‘zgartirgichlarda quyosh nuri energiyasini qaytaruvchi ko‘zgular 
yordamida qizdiriladigan o‘zgartirgichning elektrodlari ustiga to‘plab, uning 
temperaturasi kerakli darajaga yetkaziladi. So‘ngra unga nisbatan sovuq anod bilan shu 
qizdirilgan elektrod, ya’ni katod o‘rtasida ish bajarish zanjiri ulanadi. 
3. Fotoelementlar (fotoeletrik qurilma) quyosh nurini elektr energiyasiga 
aylantiradi. Dunyoning bir nechta davlatlarda quyosh elektrostansiyalar ishlab turibdi.
Kremniyning monokristall turlaridan fotoelement tayyorlash yo‘nalishida katta 
tajribalar mavjud. Fotobatareya to‘g‘ri va sochilgan quyosh radiatsiyasi bilan ishlaydi. 
Bu esa bulutli kunlarda va geografik kengligi kattaroq bo‘lgan joylarda foydalanish 
imkonini beradi. 

Download 3,83 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115




Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti

Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish