Molsiv Adsorbents kompaniyasining 4 А 1/16 DG turdagi UOP molekulyar tutib qoluvchsi
TEXNOLOGIK JARAYON TAVSIFI Tovar gazni siqib haydash qurilmasi, tovar gazni tayyorlash va 5600 ÷ 5700 kPa bosimgacha siqib haydash va uni iste’molchilarga etkazib berish uchun mo‘ljallangan. Tabiiy gazning metan fraksiyasi metanni ajratib olish blokidan 20÷25 ºS temperaturada va 2725÷2925 kPa bosim ostida gazni siqib haydash bo‘limiga beriladi. Metan fraksiyasi XV-18026 uzgich klapan orqali, FA-1813 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so‘rish qismidagi, separatorga beriladi. Separator, yuqori qismida tomchilarni tutib qolish moslamasi o‘rnatilgan, vertikalssilindrik apparatdir. FA-1813 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so‘rish qismidagi separatorda, oqimning tezligini pasayishi hisobiga va og‘irlik kuchi ta’sirida, gaz oqimidan suyuqliq tomchilari (uglevodorod kondensati) ajraladi. Tomchi holidagi suyuqlikni olib ketilishini oldini olish uchun, separatorning yuqori qismida tomchilarni tutib qolish moslamasi o‘rnatilgan. Metan fraksiyasi tarkibida quyidagi holatlarda suyuqlik paydo bo‘lishi mumkin: - tabiiy gazni ajratish qurilmasi, etilen sovutish agenti tizimining ishi to‘xtatib qo‘yilgan holatda, uzoq vaqt ishlatilganda. Bunday vaziyatda metan fraksiyasi tarkibida og‘ir (yuqori) uglevodorodlar paydo bo‘lishi mumkin. - EA-1822A/V issiqlik almashgichlarning quvurlar va quvurlararo hududlari orasida oqib o‘tishlar paydo bo‘lgan vaziyatlarda. FA-1813 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so‘rish qismidagi separatordagi suyuqlikning sathi, sathning yuqori qiymatida signalizatsiya bilan, LI-18002 sath o‘lchagich yordamida nazorat qilinadi. Separatordagi sathni kuzatish uchun, joyida LG-18058 sath o‘lchagich kolonka o‘rnatilgan. Belgilangan sath 850 mm ga ortib ketganda, LSHH-18015A/V/S ulagichlar ishlab ketadi, RSU (DCS) dagi LAHH-18015A/V/S signalizatsiya ishga tushadi. Uch datchikdan ikkitasining bir vaqtda ishlab ketishi I-1802 blokirovkani ishga tushiradi, bu tubina va GT/GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorning to‘xtashiga olib keladi. FA-1813 separatordan suyuqlik, “ho‘l” mash’ala tizimiga, qo‘lda tashlanadi. Metan fraksiyasining “ho‘l” mash’ala tizimiga o‘tib ketishining oldini olish uchun, drenaj yo‘lidagi bekitish armaturasi, LG-18058 sath o‘lchash kolonkasi ko‘rinadigan joyda o‘rnatilgan. FA-1813 separatordagi bosim, joyida PG-18067 manometr bilan o‘lchanadi. FA-1813 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so‘rish qismidagi separatordan metan fraksiyasining chiqish yo‘lida, kalit yordamida birlashtirilgan, 3660 kPa bosimga mo‘ljallangan va gazni “quruq” mash’ala tizimiga tashlovchi, PSV-1810&S saqlovchi klapanlar o‘rnatilgan. PSV-1810&S saqlovchi klapanlar FA-1813 separatorni va uni bog‘lovchi quvuro‘tkazgichlarni, bosimning ortib ketishidan himoya qilish uchun qo‘llaniladi. FA-1813 separatordan chiqqan 20÷25 ºS temperaturadagi va 2640 kPa dan kam bo‘lmagan bosim ostidagi metan fraksiyasi GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so‘rish qismiga beriladi. Kompressorning so‘rish qismidagi metan fraksiyasining bosimi RS-18015 asbobi yordamida, ma’lumotlarni SC-1801 tezlik tartiblagichiga berib, nazorat qilinadi. So‘rish qismidagi bosimning berilgan qiymati, turbina va kompressorning aylanish tezligini tartibga solib, bir maromda ushlab turiladi. Bir vaqtning o‘zida RS-18015 asbobining signali, kompensatsiyalangan signal sifatida, Wodword (antipompaj himoya) kompressorining ishini tartibga solish tizimining FC-18005 sarf o‘lchash nazorat asbobiga beriladi. GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so‘rish qismidagi quvuro‘tkazgichda, shuningdek, metan fraksiyasining past bosimi bo‘yicha signalizatsiya bilan, ko‘rsatkichlarni DCS pulьtiga beruvchi, RI-18030 manometr o‘rnatilgan. GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so‘rish qismidagi temperatura, temperaturaning yuqori qiymatida signalizatsiya bilan, TI-18025 termopara yordamida o‘lchanadi. Metan fraksiyasi temperaturasining qiymati, kompensatsiyalangan signal sifatida, quyidagi nazorat asboblariga beriladi: - FC-18005, GB-1801 kompressordan chiqishda metan fraksiyasining miqdori. Wodword (antipompaj himoya) kompressorining ishini tartibga solish tizimining nazorat asbobi. - FIY-18045, GT-1801 turbinaga beriladigan yoqilg‘i gazi miqdorining nazorat asbobi. Kompressorning so‘rish qismiga kirayotgan metan fraksiyasi oqimining parametrlari, temperaturasi va bosimi, TI-18056 manometrik termometr va PI-18030 manometr bilan o‘lchanadi. O‘lchashlar bo‘yicha ma’lumotlar, kompressorning ish parametrlarini nazorat qilish paneli (mashina zali) ga chiqariladi. GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorning so‘rish qismidagi quvuro‘tkazgichda, kompressordan oldin, yacheykalar o‘lchami 50 mesh bo‘lgan, N-10 savatsimon filьtr o‘rnatilgan. GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressor – korpusi vetikal bo‘laklardan yig‘ilgan, uch ishchi g‘ildirakka ega bo‘lgan, 4V-3 modeldagi kompressordir. Markazdan qochma kompressorda gaz, asosan urinma bo‘yicha harakatlanadi. Kompressorning so‘rish qismiga kirayotgan gaz, 1-bosqichdan, ya’ni kiruvchi yo‘naltiruvchi apparatning parraklari orqali o‘tadi va birinchi bosqich ishchi g‘ildiragiga beriladi. Gaz, markazdan qochma kuch bilan, ishchi g‘ildiragining chetidan katta tezlikda haydaladi. Gaz kirish devori va birinchi bosqich diafragmasi orasidagi, halqasimon o‘tish yo‘liga o‘tadi. O‘tish yo‘li kengayadi (o‘tish yo‘lining yuzasi kattalashadi, chunki gaz U – simon tirsak tomonga o‘tadi), bunda tezlik energiyasinig bir qismi bosimga aylanadi. So‘ngra gaz U – simon tirsak orqali, parrak bilan diafragmadagi halqasimon o‘tish yo‘li orqali o‘tadi va ikkinchi bosqichning kiruvchi yo‘naltiruvchi apparatiga keladi. Kompressorning keyingi bosqichlaridan keyin, gaz kompressorning chiqish qismiga (spiral kameraga) keladi va quvuro‘tkazgichga beriladi. GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorda haydalgandan keyin tovar metan 90 ºS dan yuqori bo‘lmagan temperatura va 5750 kPa dan ortiq bo‘lmagan bosim ostida sovutish uchun, EA-1809 tozalangan tabiiy gaz sovutkichiga yuboriladi. Siqib haydalgan metan fraksiyasining juda oz miqdori Ø 3/4" quvuro‘tkazgich bo‘yicha, zichlovchi gaz sifatida, siquvchi kompressorning quruq gazli zichlash tizimiga beriladi. Siqilgan metan fraksiyasining bosimi va temperaturasi PI-18017 bosim indikatori va TI-18026 termopara bilan o‘lchanadi. Asboblarning ma’lumotlari qiymatlari RSU (DCS) ga chiqariladi. Bosim va temperaturaning qiymatlari belgilangan qiymatlardan ortib ketganda, signalizatsiya ishga tushadi. YUqorida ko‘rsatib o‘tilgan asboblardan bosim va temperaturaning qiymatlari, kompensatsiyalangan signal sifatida, Wodword (antipompaj himoya) kompressorining ishini tartibga solish tizimining FC-18005 sarf o‘lchash nazorat asbobiga beriladi. Bosim, boshqarish shchitida, PI-18033 asbobining ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilinadi. EA-1809 tozalangan tabiiy gaz sovutkichi, quvurlar hududi ikki o‘tish yo‘liga ega bo‘lgan, “suzuvchi” kallakli gorizontal g‘ilofquvurli issiqlik almashgichdir. Sovutish agenti sifatida 28 ºS temperatura va 480÷500 kPa bosim ostidagi sovutish suvidan foydalaniladi. Sovutish suvi issiqlik almashgichda 35÷37 °S temperaturagacha isiydi. Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S. Sovutish suvining qaytuvchi oqimining temperaturasini nazorat qilish uchun, uning qaytish yo‘lida TW-18052 moslamasi o‘rnatilgan. Metan fraksiyasining sovutkichdan chiqishdagi temperaturasi, sovutish suvining sarfini o‘zgartirish yo‘li bilan, tartibga solinadi.
Sovutkichdan keyin metan fraksiyasi oqimining temperaturasini davriy nazorat qilish uchun, quvuro‘tkazgichda TW-18053 moslamasi o‘rnatilgan. EA-1809 tozalangan tabiiy gaz sovutkichidan sovutish suvining chiqish yo‘lida, kalit yordamida birlashtirilgan, 700 kPa bosimga mo‘ljallangan va suyuqlikni “ho‘l” mash’ala tizimiga tashlovchi, PSV-1829&S saqlovchi klapanlar o‘rnatilgan. PSV-1829&S saqlovchi klapanlar sovutish suvi tizimi quvuro‘tkazgichlari, hamda sovutkichning quvurlararo hududini, bosimning ehtimoliy ortib ketishidan himoya qilish uchun qo‘llaniladi. Sovutish suvining EA-1809 ga kirish yo‘lidagi berkitish armaturasi to‘liq ochilgandan so‘ng (dastlabki ishga tushirishda) yopilib qolishdan himoya qiluvchi moslama bilan qotirib qo‘yilishi, sovutish suvining chiqishidagi berkitish armaturasining konstruksiyasi esa, armaturani to‘liq yopilib qolishini oldini oluvchi mexanik moslamaga (stoporga) ega bo‘lishi kerak. EA-1809 tozalangan tabiiy gaz sovutkichidan tovar metan gazining chiqish yo‘lida, kalit yordamida birlashtirilgan, 6490 kPa bosimga mo‘ljallangan va gazni “quruq” mash’ala tizimiga tashlovchi, PSV-1828&S saqlovchi klapanlar o‘rnatilgan. PSV-1828&S saqlovchi klapanlar EA-1809 issiqlik almashgichning quvurlar hududi va uni bog‘lovchi quvuro‘tkazgichlarni, bosimning ortib ketishidan himoya qilish uchun, qo‘llaniladi. Kompressorning tashlash yo‘lida bosimning, saqlovchi klapan ishlab ketadigan bosimgacha, ko‘tarilib ketishini oldini olish uchun, metan fraksiyasining bir qismi PV-18006 “NZ” klapan vositasida quruq mash’ala tashlamalarini yig‘ish tizimiga tashlanadi. Bosim RS-18006 nazorat asbobi yordamida, bosimning yuqori “N” qiymati bo‘yicha signalizatsiya bilan, nazorat qilinadi. EA-1809 tozalangan tabiiy gaz sovutkichidan keyin tovar metan fraksiyasi 40º C dan yuqori bo‘lmagan temperaturada va 5000-5500 kPa bosim ostida magistral gaz quvurlariga yuboriladi. Kompressorning past quvvatlarda ishlashida siqib haydalgan metan fraksiyasining bir qismi FV-18005X “NO” minimal sarf klapani orqali, qaytadan kompressorning so‘rish qismiga, gazning zarur hajmiy sarfini ta’minlash uchun beriladi. Mazkur klapan siqib haydalgan metan fraksiyasining FC-18005 sarf o‘lchash nazorat asbobi bilan boshqariladi. Tovar metan gazi quvuro‘tkazgichida teskari klapan va XV-18027 uzgich klapan o‘rnatilgan. So‘ngra quvuro‘tkazgichga FB-8104 rezervuardan suyultirilgan uglevodorod gazlarini berish yo‘li ulangan. Undan keyin tovar metan gazi tarkibini nazorat qilish uchun, S-1806 namunalar olish nuqtasi o‘rnatilgan. Gazni ajratish qurilmasini xavfsiz ishga tushirish va to‘htatish uchun XV-18027 uzgich klapandan keyin, kompressordan haydalgan tabiiy gazni RA-1801 sovutish bloki «S» o‘tish yo‘lining kirish qismiga berish uchun, qo‘lda boshqariladigan armaturali vaqtinchalik Ø 3” quvuro‘tkazgich ulangan. Magistral gaz quvurlariga yuboriladigan metan fraksiyasi (tovar gaz) ning miqdori sarfo‘lchash moslamasi (soplo Venturi) yordamida, bosim (PC-18018) va temperatura (TI-18027) bo‘yicha tuzatishlar kiritib, o‘lchanadi. Mazkur sarfo‘lchash bo‘limi tovar gaz (metan) ni tijorat (kommersiya) o‘lchash bo‘limi hisoblanadi. Tovar gaz miqdorini tartibga solish, kompressorning tashlash yo‘lida klapangacha bosimni bir maromda ushlab turuvchi, PV-18018 “NO” klapan vositasida amalga oshiriladi. GT-1801 gaz turbinasi, GB-1801 tabiiy gazni siquvchi kompressorning, uzatmasi hisoblanadi. Gaz turbinasi issiqlik mashinasi, ya’ni dvigatel hisoblanadi, u issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi. Turbinani ishga tushirish va zahira uchun yoqilg‘i gazi BGHT (PGVS)ssexidan FA-1814 zahira yoqilg‘i gazi separatoriga beriladi. Turbina uchun asosiy yoqilg‘i sifatida, EA-1809 issiqlik almashgichdan keyin, tovar gaz quvuro‘tkazgichidan beriladigan tovar metan gazi ishlatiladi, bu yo‘lda qo‘lda boshqariladigan berkitish armaturasi o‘rnatilgan. Separator vertikalssilindrik apparatdir. YOqilg‘i gazining FA-1814 zahira separatorida gaz oqimidan, oqimning tezligini pasayishi hisobiga va og‘irlik kuchi ta’siri ostida suyuqlik (uglevodorod kondensati) tomchilari ajraladi. YOqilg‘i gazining FA-1814 zahira separatoridagi suyuqlik sathi, sathning yuqori qiymatida signalizatsiya bilan, LI-18016 satho‘lchagich yordamida nazorat qilinadi, shuningdek separatorda, joyida kuzatish uchun, LG-18059 satho‘lchagich kolonka o‘rnatilgan. FA-1814 separatordan suyuqlik, ”ho‘l” mash’ala tizimiga, qo‘lda tashlanadi. YOqilg‘i gazining “ho‘l” mash’ala tizimiga o‘tib ketishining oldini olish uchun, drenaj yo‘lidagi bekitish armaturasi, LG-18059 sath o‘lchash kolonkasi ko‘rinadigan joyda o‘rnatilgan. FA-1814 separatordagi bosim, joyida o‘rnatilgan PG-18066 manometr bilan o‘lchanadi. YOqilg‘i gazining FA-1814 zahira separatordan yoqilg‘i gazi tizimiga chiqish yo‘lida, kalit yordamida birlashtirilgan, 2220 kPa bosimga mo‘ljallangan va gazni “ho‘l” mash’ala tizimiga tashlovchi, PSV-1831&S saqlovchi klapanlar o‘rnatilgan. PSV-1810&S saqlovchi klapanlar FA-1814 separatorni va uni bog‘lovchi quvuro‘tkazgichlarni, bosimning ortib ketishidan himoya qilish uchun qo‘llaniladi. Turbinaga yoqilg‘i gazi berish, ikkita tartibga solish klapani bilan amalga oshiriladi. Normal ishlatish jarayonida, haydaladigan tovar gaz, turbinaning yoqilg‘i gazi hisoblanadi. Tovar gaz turbinaga PV-18031A ”NZ” tartibga solish klapani orqali beriladi. Mazkur klapanning ishini tartibga solish, turbinaga yoqilg‘i gazini berish quvuro‘tkazgichida o‘rnatilgan RS-18031 bosim nazorat asbobi bilan amalga oshiriladi. Qurilmani ishga tushirish davrida yoki tovar gaz berish mumkin bo‘lmaganda, yoqilg‘i gazi zahira manba (FA-1814 separator) dan beriladi. Zahira yoqilg‘i gazi PV-18031V ”NZ” tartibga solish klapani orqali beriladi. Mazkur klapanning ishini tartibga solish ham, RS-18031 bosim nazorat asbobi bilan amalga oshiriladi. Turbinaga beriladigan yoqilg‘i gazining miqdori, uning qiymatini bosim RS-18031 va temperatura TI-18025 bo‘yicha kompensatsiyalab, FIY-18045 sarfo‘lchagich/summator bilan o‘lchanadi. Ish jarayonida gaz turbinasi yoqilg‘i gazining bosimi 1450 ÷ 2100 kPa oralig‘ida ushlab turiladi, ishlatish davrida gaz turbinasini avariya holatida to‘xtatishga olib keladigan, yoqilg‘i gazining bosimi bo‘yicha cheklashlar mavjud: yuqori bosim bo‘yicha signal -1900 kPa, past bosim bo‘yicha to‘xtatish -1400 kPa. Turbinani ishga tushirishda bosim 1750-1850 kPa oralig‘ida ushlab turiladi, ishga tushirishda ham, gaz turbinasini avariya holatida to‘xtatishga olib keladigan, yoqilg‘i gazining bosimi bo‘yicha cheklashlar mavjud: yuqori bosim bo‘yicha to‘xtatish -1900 kPa, past bosim bo‘yicha to‘xtatish -1700 kPa. YOqilg‘i gazi siquvchi kompressorning FD-1833X, SX yoqilg‘i gazi filьtrlari orqali gaz turbinasining yonish kamerasiga o‘tadi. Filьtrlardan oldin, past bosim bo‘yicha signalizatsiya bilan, PI-18116 va joyida ko‘rsatuvchi PG-18151 manometr o‘rnatilgan. FD-1833X&SX filьtrlarning ifloslanish darajasi bosimlar farqini o‘lchovchi asbob bo‘yicha nazorat qilinadi va bosimlar farqi 80 kPa etganda, qo‘lda boshqariladigan armatura yordamida, ishchi filьtr zahiradagisiga almashtiriladi. FD-1833X, SX filьtrlar 0,062 m3 hajmdagi, S-102 turidagi filьtrlovchi element va filьtrlanish darajasi 40 µ bo‘lgan, vertikalssilindrik apparatlardir. FD-1833X, SX filьtrlardagi bosimlar farqi, bosimlar farqining ortib ketishida signalizatsiya bilan, PDA-18113 asbobi yordamida va joyida PDG-18152 asbobi bilan nazorat qilinadi.
Gaz turbinasi quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan: - past va yuqori bosimli kompressorlar; - yonish kameralari; - past va yuqori bosimli turbinalar; - kuch turbinasi; - zichlagichlar; - havo bilan sovutish; - podshipniklar; - mashinani ishga tushirish uskunalari. Download 1,32 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Molsiv Adsorbents kompaniyasining 4 А 1/16 DG turdagi UOP molekulyar tutib qoluvchsi
|