BITIRUV ISHINING QISQACHA ANNOTATSIYASI




Download 1.32 Mb.
bet14/15
Sana04.04.2017
Hajmi1.32 Mb.
#3178
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
BITIRUV ISHINING QISQACHA ANNOTATSIYASI
Hozirgi texnika texnalogiyalar rivojlanayotgan bir paytda yoqilg’iga bo’lgan talab tobora ortib bormoqda. Yoqilg’i resurslaridan umumiy foydalanish yoqilg’i ishlab chiqarish jarayonida isrofgarchiliklarga yo’l qo’ymaslik va harajatlarni ko’paytirish hozirgi kun talabidir. O’zbekiston sharoitida neft yoqilg’ilarini gaz yoqilg’isiga almashtirish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida bir nechta neft va gazni qayta ishlash zavodlari ishlab turibdi. Ular zamonaviy uskuna va qurulmalar bilan jihozlangan.

Men loyihalayotgan kompressor qurulmasi tabiiy gazni siqib haydash uchun mo’ljallangan.

Bu loyiha 10 qismdan iborat bo’lib, kirish qismida prizidentimiz I.A.Karimov neft va gaz sanoati rivoji sanoat ulishida katta ahamiyatga ega ekanligi, neft va gaz sohasiga doir qarorlari va respublikamizda ishlab turgan neft va gaz zavodlari ishga tushirilishi sanalari ularning quvvati, chiqarilayotgan mahsulot turlari ko’rsatib o’tilgan.

Loyihaning texnik – iqtisodiy asoslash qismida Sho’rtan gaz kimyo majmuasi korxonasini ratsional joylashtirishga ko’p jihatlar ta’sir ko’rrsatishi keltirilgan. Ishlab chiqarish kuchlari to’g’ri joylashtirilgan holda qurilish mablag’ iqtisodiga tegishli ishlab chiqarish rentabilligini oshirish, mahsulot tan narxini pasaytirishga, samaradorligini oshirishga olib keladi. Loyihalanayotgan ishlab chiqarish korxonasi shunday joylashishi kerakki, u har tomonlama qulay bo’lishi ya’ni xom ashyo, energiya, suv resurslariga iloji boricha yaqin bo’lishi kerak va mahsulotni tashib ketishda temir yo’lga yaqin bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

Keyingi bo’lim xom ashyo moddalar va tayyor mahsulot tavsifi bo’lib, bu bo’limda qurulmada qayta ishlashdan chiqqan mahsulotlarning miqdori, konsentratsiyasi va fizik – kimyoviy ko’rsatkichlari yoritib berilgan.

Navbatdagi bo’limda biz loyihalashtirilayotgan qurulmaning samaradorligi material balansi issiqlik balanslari va diometri hisoblab chiqilgan.

Iqtisodiy qismida men loyihalashtirayotgan qurulma, ishlab chiqarish jarayoniga ketadigan sarf – xarajatlar menga berilgan qurulmaning quvvati ya’ni 4.75 mlrd.m.kub yiliga bo’yicha barcha xarajatlar hisoblab chiqilgan.

Texnalogik jarayonni avtomatlashtirish hozirgi kun talabi bo’lib qolmoqda. Zero texnalogik jarayonni avtomatlashtirish ishchi kuchini tejash, qurulmaning aniq ishlashi, qurulmaning havfsizligi muhum bo’lib hisoblanadi.

Keyingi qism mehnat muhofazasi bo’limi bolib, ishlab chiqarish jarayonida ishchi xizmatchilarni bemalol ishlashi uchun har tomonlama qulay bo’lishi va biz loyiha qilayotgan jarayon gaz bilan bog’liq bo’lgani uchun gazning havodagi konsentratsiyasi belgilangan me’yorlardan oshib ketmasligi nazarda tutilgan.

Atrof muhit muhofazasi. Ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga chiqarilayotgan gazlar miqdori va kanalizatsiyaga tashlanayotgan chiqindilar miqdori belgilangan konsentratsiyadan oshib ketmasligi maqsadga muvofiq.

Navbatdagi qism fuqaro muhofazasi haqida bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida ishchi hizmatchilar favqulotda vaziyatlarga tayyor bo’lish, favqulotda vaziyatlar sodir bo’lganda ularga tayyor va ularga qarshi choralar ko’rishni bilish kerak.

Xulosa


Men loyihalayotgan bitiruv ishini “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” korxonasida kompressor orqali tabiiy gazni siqib suyiltirish loyihasi muhim sanoat ahamiyatiga ega mavzu bo’lib Respublikamizda jadal rivojlangan.Bu majmuada tabiiy gazni suniy holda siqib suyultirish jarayoni uncha yuqori bo’lmagan haroratda kompressorda olib boriladi.

Loyihalanayotgan bu mavzuning asosiy muhim tomoni atmosferaga chiqayotgan zaxarli va zararli gazlarni yuqori darajada tozalab ekologik musaffolikni asrash hamda yuqori sifatli mahsulot yetkazib berishga mo’ljallangan.

Bu jarayonning davomiyligi saqlanib qolinadi va bu majmuaning asosiy serdaromad mahsuloti hisoblanadi va bu mahsulot Respublikamiz ichki iste’moli va tashqi eksport uchun muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 1.32 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1.32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BITIRUV ISHINING QISQACHA ANNOTATSIYASI

Download 1.32 Mb.