Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi




Download 1.32 Mb.
bet12/15
Sana04.04.2017
Hajmi1.32 Mb.
#3178
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
ATROF-MUHIT MUHOFAZASI

Ishlab chiqarish korxonalari rivojlanishi atrof-muhitni ifloslanishiga turli ekalogik muammolar kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Ohirgi yillarga kelib atrof-muhitni muhofaza qilish inson oldidagi eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Chunki ishlab chiqarish rovojlanib borayotgan bir vaqtda turli hil tarmoqlar kengayib bormoqda. Aholi soni o’sib brogan sari ishlab chiqarish korxonalarining soni ham ortib bormoqda. Shu sababli bu muammoga xalqaro miqyosda e’tibor berilmoqda.

O’zbekiston Respublikasining prizidenti I.A.Karimov “ O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida havfsizlikka tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida O’zbekistondagi mavjud quydagi ekologik muammolarga to’xtalib o’tamiz:


  1. Yerning cheklanganligi va nihoyat darajada sho’rtanligi.

  2. Yer usti va yer osti suvlarini keskin tansiqligi va ifloslanganligi.

  3. Orol dengiziningqurib borishi.

  4. havo bo’shlig’ining ifloslanishi.

Bu muammolarni hal qilish uchun davlat miqyosida ko’p ishlar amalgam oshirilmoqda. Jumladan 9 dekabr 1992 yil “atrof-muhitni muhofaza qilish” haqida, 6 may 1993 yil “ sSuv va suv resurslaridan foydalanish” haqida, 27 dekabr 1996 yil “Atmosfera havosini muhofaza qilish” haqida, 6 iyun 2000 yil “Ekalogik ekspert” haqida, 5 aprel 2002 yil “Chiqindilar” haqida qonun qabul qilindi. Ushbu qonunlarni ijrosini nazorat qilishdi va ta’minlash uchun O’zbekistonda mavjud ekalogik harakat a’zolaridan 15 kishi Oily Majlisga daxldor etib saylandilar.

Sho’rtan gaz kimyo majmuasida atrof-muhit muhofazasi sohasida ishlarni tashkil etishning asosiy yo'nalishlari loyihaviy hujjatlardayoq bayon etilgan edi. Korxona foydalanishga topshirilmasdan avvalroq qurilish maydonlari atrofida Respublika Vazirlar Mahkamasining bir qator Qarorlariga binoan yashil o’rmonzorlarni barpo etish ishlari boshlab yuborilgan edi. 


Hozirrgi kunda korxonaning atrof-muhitga ta’siri ustidan to’laqonli kuzatuv ishlarini olib boorish uchun tarkibida Ekoanalitik labaratoriyaga ega bo’lgan atrof-muhit muhofazasi bo’limi tashkil etilgan. Mazkur laboratoriyaning davriy sinovi O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tarkibidagi Analitik Nazoratga Ixtisoslashgan davlat Ispeksiyasi tomonidan ijobiy baholanib kelmoqda. 
Atrof-muhit holatining nazorati quyidagi yo’nalishlarda olib borilmoqda: ishchi hududlar atmosfera havosi tahlili va atmosferani ifloslovchi manbalar tahlili, oqava suvlarni tozalash ishlarining samaradorligi tahlili, ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari bilan tuproqning ifloslanish holati tahlillari. Atrof-muhitga ta’sirini baholash ishlarini o’z vaqtida bajarish uchun mavjud ko’chma avtolaboratoriya “Intereng Messtechnik” (Germaniya) kompaniyasi tomonidan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo’lib, ular yordamida atmosfera havosi tahlillari (5 ta modda), oqava suvlar tahlillari (15 ta modda) va tuproq tahlillari (4ta modda) bajariladi. Mazkur uskunalar tahlillar bajarishda zarur bo’lgan uskunalar ishlab chiqarishda hozirgi kunda ilg’or kompaniyalar “Draeger”, “Fisher”, “Hach”, “Perkin Elmer”, “Accuro”, “Bacharach Inc.”, “Mettler Toledo” kabilarga tegishlidir. 
Korxonaning sanitary-homoya hududida joylashgan Ishchilar shaharchasida atmosfera havosini nazorat qilish uchun “Thermo Invironmental Instruments” (AQSH) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan uskunalar majmuasi bilan jihozlangan laboratoriya uzliksiz ishlab turibdi. Mazkur uskunalar atmosfera havosi tarkibidagi SO2, H2S, CO, NO, gazlar miqdorini kecha-yu-kunduz davomida aniqlab boradi.
Atmosferа hаvosigа tаshlаnаdigаn chiqindi gаzlаrini kislotаli komponentlаrdаn tozаlаsh uchun mаjmuаdа kislotаli gаzlаrni to‘g‘ridаn-to‘g‘ri oksidlаsh orqаli oltingugurt olishgа mo‘ljаllаngаn qurilmа uzluksiz ishlаb turibdi. 
Sho‘rtаn gаz kimyo mаjmuаsidа bаrchа turdаgi oqаvа suvlаrni oxirigаchа tozаlаsh imkonini beruvchi qurilmаlаr mаvjud. Sаnoаt vа mаishiy oqаvа suvlаri mexаnik, fizik-kimyoviy vа biologik tozаlаshdаn o‘tkаzilgаndаn so‘ng, yuqori suv o‘tlаri ekilgаn biologik hovuzdа oxirigаchа tozаlаsh uchun berilаdi, bu suv o‘tlаri biologik filtrlаr vаzifаsini bаjаrаdi. 
Integratsiyalаshgаn Boshqаruv Tizimini tаtbiq etish doirаsidа 2010 yildаn boshlаb Ekologik Boshqаruv Tizimi joriy etildi, buning uchun аvvаlo mаjmuаning bir qаtor xodimlаri xаlqаro mutаxаssislаr ishtirokidаgi treninglаrdа qаtnаshishdi. Ekologik Siyosаt vа ekologik boshqаruv sohаsidаgi mаqsаd vа vаzifаlаr, mаzkur tizimni tаtbiq etish vа fаoliyat yuritishini tа’minlаshgа qаrаtilgаn chorа-tаdbirlаr ishlаb chiqilib, аmаlgа oshirilmoqdа. Bundаn tаshqаri ustuvor ekologik аspektlаr vа ulаrning tа’sirlаri аniqlаb, ulаr ustidаn uzluksiz nаzorаt o‘rnаtildi. 
Tаtbiq etilgаn ekologik boshqаruv tizimi аmаldаgi ISO 9001:2008 vа OHSAS 18001:2007 stаndаrtlаri аsosidаgi Sifаt vа Xаvfsizlik tizimlаri bilаn birgаlikdа integratsiyalаshtirilgаndаn so‘ng 2010 yil oxiridа Germаniyaning TUV Thuringen sertifikаtlаshtirish orgаni tomonidаn o‘tkаzilgаn аudit bo‘yichа muvаffаqiyatli sertikatsiyadаn o‘tdi. 
Korxonаdа O‘zbekiston Respublikаsining tаbiаtni muhofаzа qilish sohаsidаgi qonunchilik tаlаblаrining hаmdа ISO 14001 xаlqаro stаndаrtidа belgilаngаn tаlаblаrning bаjаrilishini tа’minlаsh uchun bаrchа zаrur shаrt-shаroitlаr mаvjud, Ekologik boshqаruv tizimining sаmаrаdorligi vа foydаliligini yaxshilаsh bo‘yichа ishlаr to‘xtаb qolgаni yo‘q. Hozirgi kundа 2012 yildаn boshlаb xom аshyo gаzi tаrkibidа ortishi kutilаyotgаn kislotаli komponentlаrni to‘liq tozаlаshni аmаlgа oshirishni tа’minlаsh uchun oltingugurt olish qurilmаsini tаkomillаshtirish ishlаri boshlаb yuborilgаn. Qo‘zg‘аlmаs vа ko‘chmа mаnbаlаrdаn tаshlаnаdigаn ifloslovchi moddаlаrdаn аtrof-muhitgа bo‘lаdigаn аntropogen tа’sirni kаmаytirish mаqsаdidа yashil o‘rmonzorlаr bаrpo etilgаn hududlаrni suv resurslаrini iqtisod qilishgа imkon beruvchi tomchilаtib sug‘orish tizimi yordаmidа kengаytirish ishlаri аmаlgа oshirilmoqdа.

Atmosfera havosini changdan tozalash uchun quydagi usullar qo’llaniladi:



  1. Gravitatsiya.

  2. Quriq inertsion va markazdan qochma kuch tasida tozalash.

  3. Filtrlash.

  4. Xo’llash.

  5. Elektrostatik.

  6. Tovush va ultra tovush koagullash.

Havoni zaharli gazlardan tozalash uchun qutdagi usullar qo’llaniladi:

  1. Absorbsiya

  2. Adsorbsiya

  3. Katlitik

  4. Termik

Sanoat korxonalarida turli maqsadlarda suvdan foydalanish natijasida ko’p miqdorda sanoat va maishiy ko’p oqava suvlar hosil bo’ladi ularni tozlash uchun quydagi usullar qo’llaniladi:

  1. Mehanik: tindirish, cho’ktirish, suzib olish.

  2. Fizik-kimyoviy: koagultsiya, flakulyatsiya, flatatsiya,reagent qo’shish, ion almashtirish.

  3. Kimyoviy: a) Regenerativ: haydash, absorbsiya, rektifikatsiya, ekstraksiya.

b) Destruktiv: oksidlash, termooksidlash.

4. Biokimyoviy: tabiiy sharoitda – aerobli, sunuy sharoitda – anoerobli.

Hosil bo’ladigan qattiq chiqindilarni qayta ishlash uchun quydagi usullar qo’llaniladi:


  1. Mehanik.

  2. Mehano-termik

  3. Termik.

Loyiha qismi



Men ko’rib chiqayotgan obyektda tabiiy gazni siqib suyultirish jarayonida, tabiiy gazni kompressorning so’rish qismidagi, separatorga beriladi va separatorda oqimning tezligi pasayishi hisobiga va og’irlik kuchi ta’sirida gaz oqimidan suyuqlik tomchilari ya’ni uglevodarod kondensati ajraladi. Bu jarayon davomida atmosfera havosiga deyarli zaharli gazlar tashlanmaydi. So’ng gaz kompressorga berilib bosim ostida siqib haydaladi.

Kp’rib chiqilayotgan obyektda suvdan asosan sovutish va maishiy maqsadlarda foydalaniladi va ikki turli oqava suv hosil bo’ladi:



  1. Sanoat oqava suvlari – mayda dispers zarrachalar bilan ifloslanadi va ularni tindirish va koagulyatsiya usullari bilan tozalanadi.

  2. Maishiy ho’jalik oqava suvlari – SAM va muallaq zarrachalar bilan ifloslanadi. Ularni avval tindirib, so’ng biologic tozalash moslamasiga beriladi.

FUQARO MUHOFAZASI

Fuqoro muhofazasiga oid xuquqiy va me’yoriy hujjatlar.

O‘zbekiston Respublikasida Fuqoro muhofazasiga oid quyidagi xuquqiy me’yoriy hujjatlar va Vazirlar mahkamasining qarorlari kuchga kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 143 sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda Vaziyatlar Vazirligini” tashkil etish to‘g‘risidagi qarori 11 aprel 1996y.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi “Aholi va hududlarning tabiy hamda texnogen xususiyatli Favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida” 20 avgust 1999y.

“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” korxonasi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan, aholidan (1000)m uzoqlikda. Aholiga zaxarli gaz, chang etmasligi uchun yon atrofi daraxtlar bilan o‘ralgan.

Korxonada fuqoro muhofazasini tashkil etish.

Fuqoro himoyasining asosiy vazifalari:

1.Aholini umumqirg‘in qurollardan saqlash.

2. Xalq xo‘jaligi korxonalarining urush sharoitida ishlash turg‘unligini oshirish.

3. Qutqaruv va tiklovchi ishlarini olib borish.

Korxonada fuqoro muhofazasini tashkil qilish omillari yuqoridagilardan iborat.

Fuqoro muxofazasi tashkil etish sxemasi




Sho‘rtan gaz kimyo majmuasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulotda vaziyatlar.

Korxona territoriyasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xavfli xodisalarga: zilzila, yong‘in, portlash, kimyoviy zaharlanishlar kiradi.

Ob’ektda chang va zaharli gazlar mavjudligi ularning miqdori saqlanish qoidalari deganda, asosan atrof muhitga kuchli ta’sir qiluvchi va odamlar hayotiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni tushuniladi. Korxonadagi avariyalar, yong‘in va portlash kabi favqulotda vaziyatlari yuzaga kelgan vaqtida sodir bo‘lgan xavf darajasini ko‘rsatadigan ikkita bildirish rejimini belgilanadi.


  1. Yuqori tayyorgarlik rejimi

  2. Favqulotda rejim

Bunday xollar yuzaga kelgan vaqtida xokimiyatlarga, tuzilmalarga, tibbiy xizmatga, yong‘in xavsizligi xizmatiga xabar berish kerak.

Korxonada mavjud kuchli ta’sir qiluvchi modda. Uning miqdori saqlanish tartibi.

Tabiiy gazlarni sun’iy xolda siqib suyultirish jarayoni past bosim va yuqori xaroratda boradi. Bu esa endotermik jarayon xisoblanadi.

Uglerod (P) oksidi – rangsiz, xidsiz nixoyatda zaxarli gaz. Ishlab chiqarish binolarida SO ning miqdori 11mg ni, xavoda 0,03 mg ni tashkil etadi. U avtomobildan chiqayotgan tutun gazlarida xayot uchun xavfli miqdorda bo‘ladi. SHu sababli korxonada ish vaqtida xonalar yaxshi shamollatilgan bo‘lishi kerak.

Favqulotda Vaziyat yuz berganda “Diqqat Xammaga” ovozli signal orqali ishchi-xizmatchilarga xabar qilinadi.

Kuchli ta’sir etuvchi zaxarli modda va chang bilan ishlovchissexlarda ishchi va xizmatchilar ob’ekt fuqoro muhofazasi bo‘limi (FM shtab) xodimlari tomonidan shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak.

Nafas olish organlarini muxofazalovchi shaxsiy ximoya vositalari – gazniqoblar, nafas olish organlarini turli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblardan va toksinlardan muhofaza qiladi.

Gazniqoblar ikki turga bo‘linadi:


  1. Filьtirlovchi gazniqolar ( GP 5, GP 7, GP 9, PDF 2SH);

  2. Ajratuvchi gazniqoblar (IP 46 IP 48).

Nafas olish organlarning eng oddiy himoya vositalari:



  1. Respirator;

  2. CHangga qarshi matoli niqoblar;

  3. Paxta dokali bog‘gich.

Teri va nafas olish a’zolarinig himoya qilish vositalari.

Filtirlovchi himoyalanish niqoblar.

Inson bir kun davomida o‘rtacha hisobida 800 gr qattiq maxsulot, 2l suv va 40 m3 xavoni iste’mol qiladi. Bajarilayotgan ishning og‘irligi va intensivligiga bog‘liq holda, bu ko‘rsatgich keng ko‘lamda o‘zgaradi.

Kam kislorodli va bir nechta zaharli moddalar saqlangan havo, zaxarlangan hisoblanadi.

Favqulotda vaziyatda avariya qutqaruv ishlarini olib borish.

Avariya qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarini rejalashtirish va amalga oshirishdan maqsad, aholini turli favqulotda vaziyatlardan himoyalash, shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish, avariya oqibatlarini qisqartirish hamda vayronalardan insonlarni olib chiqishga qaratilgandir.

Avariya qutqaruv ishlari quydagi vazifalarni amalga oshirish orqali olib boriladi.


  1. FV ro‘y bergan xududlarida razьvedka ishlarini olib borish hamda xarakatlanish yo‘nalishlarini rejalashtirish.

  2. Bino qismlari, vayrona uyumlari orasidan shuningdek yonayotgan binolar ichidan insonlarni qidirish va olib chiqish.

  3. Jabrlangan insonlarni, guruxlarga ajratgan xolda birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda yaqin ambulatoriyalarga etkazish.

Boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga quydagilar kiradi:

  1. Insonlarni ommoviy piyoda yoki transportda xarakatlanish yo‘llarini ochish hamda xavfli jismlardan tozalash.

  2. Gaz, elektr, suv quvur tiqimlari va boshqa tizimlarda yuz bergan avariyalarni to‘xtatish, qutqaruv ishlarini o‘tkazish.

Korxonada yong‘in sodir bo‘lganda xarakatlanish quydagi tartibda amalga oshiriladi.ssexda germetiklik buzilib yoki boshqa sabab bilan yong‘in chiqqanda OPD turidagi signalizator ishga tushadi. Bu signalizator ishga tushishi bilan ssexdagi navbatchi korxonaning yong‘in xavfsizligi bo‘limiga xabar beriladi va ishchilarning tartibli evakuatsiyasini ta’minlashni nazorat qilinadi. YOng‘in ixavfsizligi bo‘limi etib kelguncha ishchilar o‘zlari OU 2, OU 9,OU 8 birlamchi o‘t o‘chirgichlar yordamida yong‘inni boshqa ob’ektga o‘tib ketmasligini nazorat qiladi.

YOng‘in xizmat xodimlari bilan bir vaqtda tibbiy tez yordam ko‘rsatish xizmati ham etib keladi. FV oqibatlari tugatilishi bilan qutqaruv ishlari boshlanadi. Tartibni saqlashga e’tibor beriladi. YOng‘in yoki avariya sodir bo‘lishida odamlrni xavfsiz boshqa joyga chiqish yo‘llari bo‘lishi binolarni loyihalash va qurish vaqtida hisobga olingan. YOng‘in havfsizligi norma qodalariga asosan evakuatsiya yo‘llari o‘tga chidamli materiallardan tayyorlangan, harakat yo‘lida hech qanday to‘siqlar yo‘q. Korxona binosida 2ta chiqish evakuatsiya yo‘llari mavjud.

“Tabiiy gazni sun’iy xolda siqib suyultirish” jarayonida ishlatiladigan xom-ashyolar ma’lum talab asosida omborlarda saqlanadi. Quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmaydigan, yopiq, quruq joyda, xarorat 30o S dan yuqori bo‘lmagan, namlik 80% dan ko‘p bo‘lmagan joyda saqlanadi.



Download 1.32 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 1.32 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hozirgi vaqtda energiyaning asosiy manbalaridan biri neft va gaz hisoblanadi

Download 1.32 Mb.