Tadqiqot predmeti: Uylarni elektr energiya bilan ta‟minlashda Quyosh
elementlaridan foydalanish bo„yicha qilingan qilinishi kutilayotgan amaliy ishlarni,
yaratilgan tajribaviy modelini adabiyotlar bo„yicha hisob – kitoblar qilish va
harajatlarni taqqoslash.
Tadqiqotning ilmiy – amaliy ahamiyati. Hozirgi zamon muammolaridan
biri juda katta miqdordagi quyosh radiyatsiya energiyasidan maksimal foydalanish
masalasidir. Shunday ekan, Quyosh batareyalari tuzilishining oddiyligi, ishlash
prinsipi, asosiy parametrlari, o„rnatishning osonligi, ko„p xizmat talab etmasligi va
uzoq muddat foydalanish mumkinligi, u bilan bog„liq bo„lgan hisob – kitoblarni
bilish katta ahamiyat kasb etadi.
Ishning tuzilishi va qisqacha mazmuni: Bitiruv malakaviy ishi kirish,
ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatidan iborat. Kirish qismida
mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi shakllantirilgan, asosiy qo„yilgan vazifalar
yoritilib, uning ilmiy – amaliy ahamiyati va ilmiy yangiligi nimadan iborat ekanligi
ko„rsatilgan.
Birinchi bobda, Quyosh elementlari va batareyalarining fizikaviy asoslari:
Quyosh elementlarining tuzilishi va ularni yig„ish; Quyosh elementlarining ishlash
prinsipi, asosiy parametrlari; Quyosh elementlarini tayyorlash texnologiyalari;
Bugungi kunda Quyosh batareyalarining qo„llanilish sohalari haqida ma‟lumotlar
berilgan.
Ikkinchi bobda esa Quyosh batareyasi yordamida olingan elektr energiyani
turli maishiy texnika asboblari jamlanmasiga tatbiqi va Quyosh elementi
yordamida uylarni elektr energiya bilan ta‟minlashning tajribaviy haqida
ma‟lumotlar va natijalari keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishning xulosa qismida ishning natijalari bo„yicha asosiy
xulosalar keltirilgan bo„lib, ish yakunida adabiyotlar ro„yxati kiritilgan.