|
O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti fizika – matematika fakultеti Fizika kafedrasi Mavzu
|
bet | 6/21 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 109,37 Kb. | | #140304 |
Bog'liq O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi-fayllar.orgKirish
Ishning dolzarbligi: XX asrning oxiriga kelib atrof – muhitni muhofaza
qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalasi eng dolzarb
muammoga aylandi. Bugun jahon ilm – fani muqobil energiya manbalarini izlab
topish, yaratish, foydalanish samaradorligini oshirish, bu borada targ„ibot –
tashviqot ishlari olib borishga alohida e‟tibor qaratmoqda. Chunki bosqichma –
bosqich muqobil energiyadan foydalanishga о„tilmas ekan, tabiiy boyliklarimiz
bo„lgan – neft, gaz, ko„mir zaxiralari tugashi va keyinchalik narxlarining oshishi
natijasida dunyo aholisi juda katta muammo bilan yuzma – yuz keladi.
O„zbekistonda noan‟anaviy energiya manbalari, birinchi navbatda, quyosh
energiyasidan
foydalanishni
kengaytirishga
katta
e‟tibor
berilmoqda.
Prezidentimiz Islom Abdug„aniyevich Karimovning 2013 – yil 1 – martda qabul
qilingan “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari
to„g„risida”gi farmonida muqobil energetika sohasidagi ilmiy salohiyatni yanada
rivojlantirish,
malakali
kadrlar
tayyorlash,
bu
boradagi
qonunchilikni
takomillashtirish, muqobil energiya manbalarini ishlab chiqaruvchilar va
foydalanuvchilarni rag„batlantirish, ularga soliq va bojxona imtiyozlari berish,
“Muqobil energiya manbalari to„g„risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish
vazifalari belgilangan.
Ishning maqsadi va vazifalari: Bu bitiruv malakaviy ishida Quyosh
batareyalari yordamida uylarda xizmat qilayotgan turli maishiy texnika asboblari
to„plamlarini elektr energiya bilan ta‟minlash, u bilan bog„liq bo„lgan xarajatlarni
hisob – kitob qilish, tajribaviy modelini yaratish va uni amaliyotda qo„llash
maqsad qilib olindi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Quyosh elementi yordamida uylardagi turli
xil maishiy texnika asboblari jamlanmasini elektr energiyasi bilan ta‟minlash
bo„yicha hisob – kitoblar va uni amaliyotda qo„llash loyihasi ishlab chiqilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbеkistоn rеspublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti fizika – matematika fakultеti Fizika kafedrasi Mavzu
|