|
Ta`lim yo’nalishining tavsifi ……………………………......……
|
bet | 3/118 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #152071 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi3
|
Ta`lim yo’nalishining tavsifi ……………………………......……
|
3
|
|
|
|
4
|
5520100 – Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha) ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi
|
3
|
|
|
|
5
|
Bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar .....
|
5
|
|
|
|
6
|
Ta`lim dasturining mazmuni va komponentlari …..........…………
|
9
|
|
|
|
7
|
Bakalavriatning asosiy ta`lim dasturlarini o’zlashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan sharoitlarga belgilangan talablar
|
18
|
|
|
|
7.1
|
Bakalavriatning asosiy ta`lim dasturlari o’zlashtirilishiga belgilangan umumiy talablar …………......……......................................
|
18
|
|
|
|
7.2
|
Ta`lim dasturlarining tadbiq etilishi …………………...…...........…
|
19
|
|
|
|
7.3
|
Malakaviy amaliyotlarni tashkil etish talablari ………......................
|
19
|
|
|
|
7.4
|
O’quv jarayonini pedagogik kadrlar bilan ta`minlash bo’yicha talablar ……………………………………………………….............……
|
20
|
|
|
|
7.5
|
Ta`lim jarayonini o’quv-metodik va axborot resurslari bilan ta`minlash talablari ……………………………......................…
|
20
|
|
|
|
7.6
|
O’quv jarayonining moddiy-texnika bazasi bo’yicha talablar ..........…
|
21
|
|
|
|
8
|
Bakalavr tayyorlash sifatini baholash ……………...........…………
|
21
|
|
|
|
9
|
Eslatma ….…….......………
|
22
|
|
|
|
10
|
Davlat ta`lim standartining amal qilish muddati ........................
|
22
|
|
|
|
11
|
Ilova ………………………………………………………………… .......
|
24
|
|
|
|
12
|
Bibliografik ma`lumotlar …………………………………………..
|
25
| O’ Z B E K I S T O N D A V L A T S T A N D A R T I
O’zbekiston uzluksiz ta`limining Oliy ta`limning Davlat ta`lim standarti
5520100 – Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha) ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yiladigan
TALABLAR
Gosudarstvennie obrazovatel’nie standarti
neprerivnogo obrazovaniya Uzbekistana
Gosudarstvenniy obrazovatel’niy standart visshego obrazovaniya
TREBOVANIYA
k neobxodimomu soderjaniyu i urovnyu podgotovlennosti bakalavra po napravleniyu 5520100 – Sotsial’naya rabota (po sisteme sotsial’nogo obespecheniya)
State educational Standards of Continious education of Uzbekistan
State educational Standards of higher education
Recuirements
Necessary content and level of Bachelors in 5520100 – Social work (in the social welfare system)
Amal qilish muddati «____» __________201_yildan
«____» __________201_yilgacha
1 Qo’llanish sohasi
1.1 Oliy ta`limning mazkur davlat ta`lim standarti (OT DTS) 5520100 – Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha) ta`lim yo’nalishi bo’yicha oliy ma`lumotli bakalavrlar tayyorlashning asosiy ta`lim dasturlari o’zlashtirilishini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta`lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
1.2 Oliy ta`lim muassasasi mazkur ta`lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo’lganda DTS asosida ta`lim dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.
1.3 OT DTSning asosiy foydalanuvchilari:
- mazkur ta`lim yo’nalishi va tayyorgarlik darajasi bo’yicha fan, gumanitar va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda asosiy ta`lim dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas`ul oliy ta`lim muassasalarining professor - o’qituvchi jamoalari;
- ta`lim yo’nalishining asosiy ta`lim dasturlarini o’zlashtirish bo’yicha o’quv-tarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari;
- o’z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta`lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o’quv bo’limi va dekanat);
- bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari;
- oliy ta`lim muassasasini moliyalashtirishni ta`minlovchi organlar;
- oliy ta`lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari;
- ta`lim yo’nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo’lgan abiturientlar va boshqa manfaatdorlar.
2 Atamalar, ta`riflar, qisqartmalar
Mazkur standartda O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda oliy ta`lim sohasidagi xalqaro hujjatlarga mos ravishda atamalar va ta`riflardan foydalanilgan:
kasbiy faoliyat turi – ta`lim yo’nalishiga o’zgartishlar kiritish maqsadida kasbiy faoliyat ob`ektiga ta`sir qilishning metodlari, usullari, uslublari va tavsifi;
kompetentsiya – ma`lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilimlar, amaliy malakalar va shaxsiy sifatlarni qo’llash qobiliyati;
modul – tarbiyalash va o’qitishga yo’naltirilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bo’lgan o’quv fani (kursi) yoki o’quv fanlari (kurslari) qismlarining majmuasi;
|
| |