|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi
|
bet | 5/118 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #152071 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligiTa`lim dasturining nomi
|
Malaka
(daraja)
|
Ta`lim dasturini o’zlashtirishning me`yoriy muddati
|
Bakalavriat ta`lim dasturi
|
Bakalavr
|
4 yil
|
4 5520100 – Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha) ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi
4.1 Bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohasi
5520100 – Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha) – ijtimoiy sohadagi ta`lim yo’nalishi bo’lib, u ijtimoiy ish va ijtimoiy ta`minot sohasida qo’llaniladigan barcha metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
- Aholi turli qatlamlariga ijtimoiy ish xizmati bo’yicha nazariy, amaliy, huquqiy tomondan yondashish;
- aholini ijtimoiy himoya qilish yo’nalishi bo’yicha tashkil etilgan maxsus muassasalarda ish faoliyatini olib borish;
- mehribonlik uylari;
- maxsus maktab-internatlari, urush va mehnat faxriylari pansionati va nogironlar uylari;
- Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limlari;
Tizimli yondoshuv mexanizmlarini tadbiq etish;
Dasturiy ta`minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi;
Kasbiy ta`lim didaktikasi;
Kasbiy ta`lim pedagogikasi va tashxis texnologiyasi;
O’qitishning didaktik vositalari;
Ta`limning elektron vositalari;
O’rta maxsus, kasb-hunar ta`lim tizimidagi o’rni va roli.
4.2 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati ob`ektlari
5520100-Ijtimoiy ish (ijtimoiy ta`minot tizimi bo’yicha) ta`lim yo’nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati ob`ektlari – ta`lim jarayonida mos kasb-hunar kollejlaridagi o’quv-tarbiya jarayoni, aholi turli qatlamlariga ijtimoiy ish xizmati bo’yicha nazariy, amaliy, huquqiy tomondan yondashish; aholini ijtimoiy himoya qilish yo’nalishi bo’yicha tashkil etilgan maxsus muassasalarda ish faoliyatini olib borish (mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlari, urush va mehnat faxriylari pansionati va nogironlar uylari).
|
| |