|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim
|
bet | 289/314 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #138209 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim
Genotip (yunon. Genos - kelib chiqish, typos - namuna) - ota - onadan farzandga o’tadigan genlar majmui, irsiy asosi.
Dinamik stereotip (yunon. dynamikos - kuchli, stereos - qattiq tipos - iz) - bosh miya katta yarim sharlarining faoliyatini yaxlitlab turish turi bo’lib, u shartli reflekslarning ketma-ketligini ta'minlab turadi.
Introversiya - shaxsning o’z fikrlari, sezgilari, kechinmalarining o’z-o’ziga tayanishi.
Milliy xarakter (yunon. charakter - xususiyat, belgi) - biror bir millatga xos xususiyatlar.
Milliy sterotip (yunon. Stereos - qattiq typos - iz shakl) - ma'lum illatning obrazi bo’lib, u o’zida o’sha millatga xos shaxs xususiyatlari, madaniyati, xulq - atvorini namoyon qiladi.
Fenomen (yunon. phainomenon - yuz beruvchi, sodir bo’luvchi) - his- tuyg’ular tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi tushuncha;
Fiziognomika (yunon. physis - tabiat, gnomon - biluvchi) - insonning tashqi ko’rinishi va uning biror shaxs turiga mansubligi o’rtasidagi qatiy bog’liqlik.
Xiromantiya (yunon, cher - qo’l, man - fol) - odamning kaftiga qarab uning xarakteri, taqdiri bo’yicha fol ochish.
Xarakter (yunon. charakter - xususiyat, belgi) - kishidagi barqaror psixik xususiyatlarning individual birligi. U shaxsning mehnatga, atrofdagi narsa va hodisalarga, boshqa kishilarga va o’z -o’ziga bo’lgan munosabatlarida ifodalanadi.
Xarakter aksentuatsiyasi (yunon. charakter - xususiyat, belgi, lot. accentus – urg’u) - xarakterning alohida xususiyatlarini haddan tashqari ifodalanishi (psixopatiyaga yaqin namoyonlashuvi).
Ekstraversiya (lot. Extra - haddan tashqari, verso - o’zgarish) - shaxsning tevarak - atrofdagi odamlarga, tashqi hodisalarga yo’nalishi.
Mustaqil ishlash uchun tavsiya etilayotgan mavzular
Xarakter haqida tushuncha.
Xarakter tipologiyasi.
Xarakter aksentuatsiyasi.
Xarakter tarkibi.
Xarakterning shakllanishi.
Xarakter tuzilishi va xususiyatlari.
Xarakter borasidagi talimotlar tarixida.
|
| |