|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim
|
bet | 297/314 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 3,55 Mb. | | #138209 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'limKENGLIGI VA YUNALISHIGA KO'RA
-
QOBILIYAT
|
|
TALANT
|
|
GENIYLIK
|
DARAJA
|
|
MAXSUS
ATROF MUHIT BILAN FAOL O'ZARO TA'SIR
Har qanday qobiliyat ham murakkab bo’lib, u kishiga turli-tuman talablar qo’yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o’z qobiliyatliligini ko’rsata oladi, agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bo’lsa, shaxs mehnatning muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli deb ba?olanadi. Har bir qobiliyatning o’ziga xos tuzilishi mavjud. qobiliyat tarkibida tayanch va yetakchi xususiyatlarni, muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlarni farq qilish lozim.
Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, bilish ko’nikmasidir. Bu individual narsaning o’ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat uchun
boshlang’ich materialni ko’ra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi.
Quyidagilarni yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u faoliyat talablariga muvofiq ravishda o’ziga xos tuzilishda bo’ladi), emosionallik, ya'ni his tuyg’uga beriluvchanlik (bu xususiyat shaxsning faoliyatini oshiradi) va shunga o’xshashlar. Amaliy faoliyatning ba'zi ko’rinishlarida shaxsning irodasi oldingi o’ringa chiqadi. qobiliyat tuzilishidagi turli xususiyatlarning tarkibi faoliyatning turli davrlarida yoki ijodiyotning bosqichlarida turlicha bo’lishi mumkin. Demak, tuzilish ham barqaror, ham o’zgaruvchandir.
|
| |