• Ilmiy qobiliyat
  • Badiiy qobiliyat
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim




    Download 3,55 Mb.
    bet300/314
    Sana15.01.2024
    Hajmi3,55 Mb.
    #138209
    1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   314
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta\'lim

    MUSIQAVIY TALANT
    INDUKTIV MULOHAZA


    BADIIY TALANT

    CHAQQONLIK
    FAZOVIY QOBILIYAT


    XOTIRA PERTSEPTIV QOBILIYAT

    Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan oladilar. Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yig’indisi ta'sirini ko’zda tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy yoki yetakchi faoliyat sharoitida shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi faoliyat bo’lib ajralib turadi. Bu faoliyat tug’ma spesifik zehn nishonalariga mos tushishi mumkin.
    Hamma maxsus qobiliyatlarni, inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga: fan, san'at, amaliyotga ajratish mumkin. Shunga binoan qobiliyatni milliy, badiiy va amaliy deb klassifikasiyalash mumkin. Bu turlarning har biri o’z navbatida mayda turlarga bo’linadi.
    Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo’lishini, og’zaki mantiqiy xotirani, qat'iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya, tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo’lgan qobiliyatlar.
    Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo’limini, o’tkir emosional ta'sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
    Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm- farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o’z ichiga oladi. Amaliy

    qobiliyatga konstruktiv-texnikaviy qobiliyat, boshqaruvchanlik qobiliyati, shu jumladan tashkilotchilik va boshqalar kiradi.
    Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo’lib, nazariy qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo’ladi.
    O’quv qobiliyatlari bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, shaxs - shakllanishi, pedagogik ta'sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o’ynaydi.
    Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma'naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi g’oya, kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon bo’ladi.

    Download 3,55 Mb.
    1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   314




    Download 3,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim

    Download 3,55 Mb.