Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi




Download 1,74 Mb.
bet126/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi


Korxonalarda moddiy resurslardan to‘liq, bir me’yorda hamda samarali foydalanganlik darajasini tahlil etish uchun shu holatlarni ifodalaydigan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur:



      1. Shu jumladan, asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik hamda aylanma fondlar va mablag‘lar bilan ta’minlanganlik darajasi hisob- lanadi. Bu ko‘rsatkichlarni moddiy resurslarni alohida-alohida turlari bo‘yicha ham hisoblash mumkin. Masalan, stanoklar, xomashyo, elektr energiya, yoqilg‘i va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini aniqlash mumkin.

      2. Moddiy resurslardan foydalanishning to‘liqliligini, asosan, korxonaning ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi isbotlaydi.

  1. Sanoat korxonalarida mehnatni moddiy resurslar bilan ta’min- langanlik darajasini jami moddiy resurslar qiymatini korxonada mavjud bo‘lgan ishchi va xizmatchilar soniga taqsimlash natijasida aniqlash mumkin. Bu ko‘rsatkichni yanada aniqlashtirish maqsadida moddiy resurslar qiymatini faqatgina ishchilar soniga taqsimlash natijasida ham aniqlash mumkin, alohida asosiy fondlar bilan qurollanganlik hamda aylanma fondlar bilan ta’minganlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham aniqlash mumkin.

  2. Moddiy resurslardan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini korxonalardagi fondlar qaytimi hamda fondlar sig‘imi isbotlaydi. Fondlar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy fondlarning o‘rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Fondlar qaytimining iqtisodiy mohiyati korxonaning har ming so‘mlik asosiy fondlariga to‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Asosiy fondlardan samarali foydalanishni ko‘rsatuvchi keyingi ko‘rsatkich fond sig‘imi hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichni hisoblash uchun korxonadagi mavjud bo‘lgan asosiy vositalarning yillik o‘rtacha qiymati yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatlariga taqsimlanadi. Fondlar sig‘imining iqtisodiy mohiyati korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotining har ming so‘miga to‘g‘ri keladigan asosiy fondlarning qiymati hisoblanadi.
Materiallardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlarini mate- rial qaytimi va material sig‘imi ko‘rsatkichlari ifodalaydi. Material qayt- imi ko‘rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqa- rilgan tovar mahsuloti qiymati material xarajatlar qiymatiga taqsimla- nadi. Material sig‘imi ko‘rsatkichi buning aksi bo‘lib, material xarajatlar qiymatini korxonaning yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatiga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo‘lsak, ushbu, ko‘rsatkich korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar
mahsulotining har bir so‘miga qancha material xarajatlari sarflan- ganligini ko‘rsatadi.
Materiallar xarajati koeffitsiyenti - haqiqiy sarflangan materiallar xarajatini biznes-rejadagisi haqiqiy ishlab chiqarish hajmiga korrektirovka qilingan ko‘rsatkichga nisbatini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkich ishlab chiqarish jarayonida materiallar sarfidan iqtisod (yoki ortiqcha sarf)ga erishganligini ifodalaydi. Bu koeffitsiyent 1 dan katta bo‘lsa moddiy resurslardan samarali foydalanilganligini bilish mumkin.







Yuk tashish masofasi










Transport turi










Transport xizmati ta’rifi











    1. chizma. Material sig‘imining omilli tahlili tuzilishi.

Material sig‘imini alohida ko‘rsatkichlari moddiy resurslarning ayrim turlaridan samarali foydalanishni xarakterlaydi. Ular qatoriga yoqilg‘i sig‘imi, material sig‘imi, xomashyo sig‘imi kabi ko‘rsat- kichlarni kiritish mumkin, odatda, material sig‘imini o‘zgarishiga bir
qator omillar ta’sir etadi. Material sig‘imining omilli tahlilining tuzilishini quyidagi chizma ko‘rinishida berishimiz mumkin bo‘ladi.

    1. Download 1,74 Mb.
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik va ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi

Download 1,74 Mb.