|
Korxonaning moddiy-texnika ta’minoti rejasining bajarilishi tahlili
|
bet | 127/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish davrida sanoat korxonalariga qonun doirasida harakat qilish mustaqilligi berilgan. Respublikamizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy- lashtirish natijasida turlicha mulkchilikka asoslangan korxona shakllari tashkil etilgan. Ular iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirilishi natijasida yanada takomillashtirilmoqda. Natijada, ijara korxonalari, hissadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, qo‘shma korxonalar, xususiy korxonalar va boshqalar tashkil etilmoqda. Ular talab va taklifdan kelib chiqqan holda ko‘proq foyda olish maqsadida o‘zlarining ishlab chiqarish faoliyatlarini qonun doirasida erkin mustaqil amalga oshirmoqdalar. Bu holat korxonalarning moddiy texnika ta’minoti masalalarini hal etishga ham bevosita bog‘liq.
Korxonalar ishlab chiqarishining rivojlanishini rejalashtiradilar. Ular qisqa hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu masalalar korxonalarning biznes-rejalarida va boshqa hujjatlarda aks ettirilgan bo‘ladi.
Korxonalar o‘z maqsadining muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsa- dida o‘zlarini ishlab chiqarishlar moddiy texnika resurslari bilan ta’minlash jarayonini bajarilishiga alohida e’tibor beradilar. Buning uchun aniqlangan, ya’ni korxona uchun zarur bo‘lgan moddiy texnika resurslarini yangi turlari mavjudliligi hamda ular jahon bozorida taklif qilinganligi o‘rganiladi. Korxona o‘zi uchun zarur bo‘lgan moddiy tex- nika resurslarining yaxshilarini, ya’ni samaralisini olishga harakat qiladi. Moddiy resurslardan samarali foydalanish va mahsulot sotish hajmini oshirish uchun korxona xomashyo, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslar bilan yetarli miqdorda ta’min etilishi kerak. Materiallarni belgilangan miqdorda, assortimentda kelib tushmasligi, muddatlarini uzayishi ishlab chiqarishni to‘liq quvvat bilan ishlashini ta’min etmaydi. Shu bilan birga ortiqcha xomashyo zaxiralariga ega bo‘lish, mablag‘lar aylanishini sekinlashtiradi, naqd pul mablag‘larini yetishmasligiga olib keladi. Demak, moliyaviy va boshqaruv tahlilining asosiy vazifalaridan
biri, ishlab chiqarishni normal tashkil etish uchun korxonani optimal miqdordagi moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan talabini aniqlashdan iboratdir. Moddiy texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ikki manba hisobiga qondiriladi.
Tashqi ta’minot.
Ichki ta’minot.
Tashqi ta’minot deganda, xomashyo birjalari, ko‘rgazmalari orqali tuzilgan shartnomalar asosida xomashyo, yoqilg‘i va boshqa resurslarni kelib tushishi tushuniladi.
Ichki ta’minot, ta’minot rejasining bajarilishi ichki resurslardan unumli foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, iqtisod rejimiga rioya qilish evaziga amalga oshiriladi.
Respublika iqtisodiyotini shakllanishida lizing kreditlarini roli katta- dir. Lizing kreditlaridan foydalanish uchun dastlab lizing kompaniyalari yoki lizingni amalga oshiruvchi subyektlar bilan lizing kreditlari bo‘yicha shartnomalar tuziladi. Bunda uch tomon qatnashishi mumkin.
Lizing kreditini amalga oshiruvchi moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lganligi uchun moddiy – texnika resurslarini ijaraga beruvchilardan olib ularni foydalanuvchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanishi mumkin. Ayrim hollarda esa moddiy texnika resurslarini to‘g‘ridan – to‘g‘ri ijaraga beruvchilar ularni ijaraga oluvchilarga yetkazib berishlari mumkin. Bu masalalar shartnomalarda batafsil o‘z aksini topishi zarur.
Tahlil davomida korxonani moddiy resurslar bilan ta’minlanish koeffitsiyenti aniqlanadi:
K = MX ;
M
T
R
Bunda, Mx,Mr- materiallarni haqiqiy tushumi va materiallarga bo‘lgan talab (shartnoma).
Moddiy resurlarning me’yor zaxirasi joriy va muhofaza (har ehtimolga qarshi) zaxiralaridan iborat.
Zme’yor= Zjoriy+Zmuhofaza
Joriy zaxira yetkazib berish intervali (Int) kunda va materiallarni bir kunlik sarflari (Skun) ko‘paytmasidan hosil bo‘ladi.
Zjoriy= Int* Skun
Muhofaza zaxiralari ishlab chiqarishni uzluksiz davom etishini kafolatlovchi, moddiy resurlar ta’minotidagi uzilishlar ro‘y bergan hollar uchun zarurdir.
Moddiy - texnika ta’minotini kompleks tahlil etishda talabni shartnoma bo‘yicha qoplanishi va bajarilishi aniqlanadi.
jadval
|
| |