• Moddiy resurslar zaxira holati tahlili
  • Moddiy resurslar ta’minoti rejasi bajarilishi tahlili




    Download 1,74 Mb.
    bet128/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Moddiy resurslar ta’minoti rejasi bajarilishi tahlili




    Material- lar turi

    Material- larga bo‘lgan talab, tn

    Talabni qoplash manbayi



    Shartnoma tuzildi, tonna

    Talabni shartnoma bo‘yicha qoplanishi,
    %

    Material- larni kelib tushishi,
    tonna

    Shartno- ma bajari- lishi, %

    ichki

    tashqi

    A

    25000

    500

    24500

    23300

    95,1

    21902

    94,0

    B

    47000

    50

    4650

    4420

    95,0

    4190

    94,8



    Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, «A» xomashyo turiga tuzilgan tashqi shartnoma 95,1 (23300:24500x100) foizga, «B» turi bo‘yicha 95,0 foizga bajarilgan xolos. Korxonani ichki va tashqi manbalar bo‘yicha xomashyoga bo‘lgan talabi «A» xomashyosi bo‘yicha 95,2 ( 500 23300 ) foizga, «B» xomashyosi bo‘yicha esa 95,1
    2500
    ( 50 4420 ) foizga ta’minlangan. Materiallarni yetkazib berish rejasi 10,4
    4700
    foizga bajarilmagan.
    ( (21902 500) *100 )=89,6 foiz; 100-89,6=10,4
    25000
    Zaxira holatini tahlil etish uchun belgilangan me’yor bilan zaxirani kundalik sarfi taqqoslanib xomashyo, yoqilg‘i va boshqa resurs-larni ortiqchaligi yoki yetishmasligi aniqlanadi.

        1. jadval

    Moddiy resurslar zaxira holati tahlili







    Materiallar

    Bir kunlik materiallar sarfi, tonna

    Haqiqatdagi mavjud zaxira



    Zaxira me’yori

    Maksimal me’yordan farqi

    tonna

    kun

    maksimal

    minimal

    kun

    tonna

    A

    400

    3200

    8

    12

    10

    -4

    -1600

    3200:400=8 kun; 12-8=4 kunga zaxira yetishmaydi; -4x400=-1600 tonna.
    Moliyaviy va boshqaruv tahlilida optimal hajmdagi buyurtma va zaxiralarni aniqlash muhim o‘rin tutadi. Zaxiralarni boshqarish eng zarur va mas’uliyatli hisoblanadi. Korxonaning barcha yakuniy natijalari zaxiralarni optimallashtirishga bog‘liq. Zaxiralarni samarali boshqarish sarmoyalarni aylanishini tezlashtiradi va uning daromadliligini oshiradi, zaxiralarni saqlash xarajatlarini kamaytiradi, xo‘jalik oborotidan sarmo-
    yalarni bo‘shashini ta’minlaydi. Joriy zaxiralarni optimallashtirishda xorijiy mamlakatlarda bir qancha modellardan foydalaniladi. Ulardan keng tarqalgani iqtisodiy jihatdan asoslangan buyurtma modeli (EOQ – tovarlarni yetkazib berishning o‘rtacha miqdori modeli)dir. Bu modelning asosiy maqsadi zaxiralarni xarid etish va uni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni mumkin qadar qisqartirishdan iborat. Xarajatlar ikki guruhga bo‘lib o‘rganiladi:

    1. tovarlarni tashish xarajatlari;

    2. tovarlarni omborlarda saqlash xarajatlari;

    Tovarlarni omborlarda saqlash xarajatlari ( Zsak ) quyidagicha aniqlanadi:

    Zsak &
    RPP * S
    2
    sak ,

    RPP – kelib tushgan bir partiyadagi tovarni o‘rtacha miqdori;
    Ssak - tovar birligini saqlash xarajati.Bu formula orqali xulosa qilish mumkinki, tovar birligini saqlash xarajati o‘zgarmagan holda jami tovar mahsulotini omborda saqlash xarajatlari bir partiyadagi tovarni o‘rtacha miqdorini kamaytirish hisobiga pasaytirishga erishish mumkin. Matematik formula tarzida EOQ quyidagicha ifodalanadi:
    EOQ ,
    bunda, EOQ – tovarlarni yetkazib berishning o‘rtacha miqdori;
    VPP – xomashyo va materiallarga bir yillik talab;
    Bjq – bir birlik buyurtmani joylashtirish qiymati.
    Ishlab chiqarish zaxirasini ( PZопт ) o‘rtacha optimal miqdori quyidagi formula orqali ifodalanadi:

    PZопт
    EOQ



    2

    Rivojlangan mamlakatlarda zaxiralar harakatini nazorat qilish tizimida ABC – analiz, XVZ analiz va logistika keng tarqalgan.
    ABC – analiz boshqaruv muammolari yechimini aniqlashga qaratil-
    gan.
    Bu nazorat turi ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot yetkazib beruv-
    chilar, mahsulot guruhlari va ularni sotish bozori, iste’molchilarning kategoriyalari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini ishlab chiqadi. Zaxiralar harakatini nazorat qilish tizimida barcha zaxiralar uch guruhga bo‘lib o‘rganiladi.

    A – kategoriyasiga tegishli zaxiralar bahosi qimmat bo‘lgan buyurt- malar bo‘lib ularni nazorat qilish doimiy tusga ega.
    V kategoriya tarkibiga operatsion jarayonning uzluksizligini ta’minlashda muhim bo‘lmagan tovar – moddiy qiymatliklar kiradi. Bu guruhdagi zaxiralar har oyda bir marotaba nazorat qilinadi.
    S kategoriya tarkibiga arzon qiymatlikka ega bo‘lgan tovar moddiy qiymatliklar kiradi. Moliyaviy natijalarni shakllanishida bu guruhdagi zaxiralar muhim rol o‘ynamaydi. Har kvartalda bir marotaba zaxira xarajati nazorat qilinadi.
    XVZ analizda materiallar ishlatilishi bo‘yicha strukturaga bo‘linadi.
    X – guruhiga doimiy ishlatiladigan materiallar, V – guruhiga mav- sumiy, Z guruhiga doimiy xarakterga ega bo‘lmagan materiallar kiradi.
    Zaxiralarni boshqarishda logistika asosiy rolni o‘ynaydi. U tovarlar harakatini «mol yetkazib beruvchi – korxona – iste’molchi» sikllarini muvofiqlashtiradi, iste’molchiga materiallar, mahsulotlarni o‘z muddatida, sifatli yetkazib berilishini kafolatlaydi. Buning natijasida omborda tovarlarni saqlash muddatlari qisqarishi tufayli zaxiralar aylanishi tezlashadi, korxona faoliyati samaradorligi ortadi.



      1. Download 1,74 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moddiy resurslar ta’minoti rejasi bajarilishi tahlili

    Download 1,74 Mb.