• Kadrlar qo‘nimsizlik koeffitsiyentini aniqlang.
  • BOB. MODDIY RESURSLAR BILAN TA’MINLANGANLIK VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISHNING TAHLILI
  • Mahsulot hajmiga qanday mehnat omillari ta’sir etadi?




    Download 1,74 Mb.
    bet125/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Mahsulot hajmiga qanday mehnat omillari ta’sir etadi?


    1. xodimlar soni, mehnat unumdorligi, ish vaqti fondi, ish kuni davomiyligi;

    2. ishchilar soni, 1 ishchini ishlagan kunlari, ish kuni davomiyligi, ishchining bir soatlik ish unumi;

    1. mehnat unumdorligi, ish vaqti fondi, ish kuni davomiyligi, 1 ishchining ishlagan kunlari;

    2. xodimlar soni, jami ishlagan kishi-kunlari, kishi-soatlari, ishchining bir soatlik ish unumi.



    1. Kadrlar qo‘nimsizlik koeffitsiyentini aniqlang.


    Jami xodimlar soni - 168 ta Ishga qabul qilindi – 50 ta Ishdan bo‘shatildi – 20 ta Shu jumladan:

    • o‘z xohishiga muvofiq - 10

    • mehnat intizomini buzganligi uchun - 2 a) 0,3

    b) 0,12
    d) 0,07
    e) 0,77


    1. Quyidagi ma’lumotlar asosida 1 ishchining ishlagan kun- lari, ish kuni davomiyligini o‘zgarish hisobiga yo‘qotilgan kishi soatlarini aniqlang?



    Ko‘rsatkichlar

    Hisobot yili

    Rejadan farqi, (;-)

    Reja

    Haqiqatda

    1. Ishchilar soni

    160

    164

    +4

    2. 1. Ishchining ishlagan kunlari

    225

    215

    -10

    3. 1. Ishchinig ishlagan kishi soatlari

    1755

    1612,5

    -142,5

    4. Ish kuni davomiyligi, soatda

    7,8

    7,5

    -0,3

    5. Ish vaqti fondi (kishi - soat)

    280800

    264450

    -16350

    a) – 16350; b) – 142,5; d) – 12792; e) – 23370.
    1. BOB. MODDIY RESURSLAR BILAN TA’MINLANGANLIK VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISHNING TAHLILI



      1. Xo‘jalik subyektlarining moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va

    axborot manbalari


    Korxonani to‘liq hajmda xomashyo va assortimentdagi boshqa ma- teriallar bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanish tufayli mah- sulot hajmi, foyda va rentabelligi ortadi, mahsulot tannarxi pasayadi. Buning aksi bo‘lgan hollarda esa ishlab chiqarish izdan chiqadi, maromdan chetlashiladi, ayrim hollarda ishlab chiqarish to‘xtab qoladi. Xomashyo, yoqilg‘i, energiya va boshqa mehnat predmetlariga bo‘lgan talab mustaqil ravishda korxona tomonidan rejalashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonunining 22-moddasi 1- bandida bu xususda shunday deyiladi: «Korxona bozor talablarini, eh- timol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini o‘rganish, narx-navo- ning o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot asosida o‘z ishlab chiqarishi- ning ta’minotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorla- rida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va o‘z ishlab chiqarishining ta’minotini mustaqil amalga oshiradi».


    Texnika taraqqiyoti (mashina va mexanizmlar konstruksiyasini ta- komillashtirish, ularning parametrlarini yaxshilagan holda massasini ka- maytirish, elektronikaning so‘nggi yutuqlari asosida buyumlarni mini- aturalashtirish va mikrominiaturalashtirish, progressiv materiallarni, kamchiqitli va chiqitsiz texnalogiyani qo‘llash), tejamkorlik rejimiga rioya qilish har bir ishlovchida omilkorlik, jamoaviy mehnat natijalariga ongli munosabatda bo‘lish tuyg‘usini singdirish material sig‘imini kamaytirishning asosiy omillaridir.
    Mamlakatimiz iqtisodiyotida ro‘y berayotgan jiddiy tarkibiy o‘zga- rishlar tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘zining aniq ifodasini topmoq-
    da. 2011-yilda tovarlar va xizmatlar eksporti hajmi 15,4 foizga ortdi. Eksport tarkibida tayyor mahsulot hajmi keyingi yillarda yuqori sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Bular qatoriga, avvalambor, mashina va asbob- uskunalar, neft-kimyo mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, paxta tolasidan tayyorlangan ip – kalava va gazlama, trikotaj va oziq-ovqat tovarlari, kabel - o‘tkazgich mahsulotlari, qurilish materiallari kiradi. Eksport korxona faoliyatining eng muhim yo‘nalishiga, butun iqtisodiyotimiz- ning rivojlanish natijalarini baholash mezoniga aylandi. Eksport, mahsulot sifati, materiallardan foydalanishda iqtisodga erishish, yangi texnikani ishlab chiqarishga jalb etishga bog‘liq. Respublikada ishlab chiqarishni texnik jihatdan muntazam modernizatsiya qilib borish uchun samarali rag‘batlantirish tizimi yaratilgan. Unga muvofiq keltirilgan yangi texnikadan undiriladigan mulk solig‘i bekor qilindi. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki xususiy sektorda texnikadan unumli foydalanish evaziga moddiy resurslardan iqtisodiy samaraga erishilmoq- da, chunki, ularda mulkka egalik qilish hissi yuqoridir. Moddiy resurslar bilan korxonani ta’minlanishi, zaxira holati, ulardan samarali foydala- nish, ichki imkoniyatlarini aniqlashda iqtisodiy tahlilning roli kattadir.
    Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har qanday korxona asosiy maqsadiga erishish uchun ishlab chiqarish xarajatlarini, jumladan, mehnat predmetlaridan tejab-tergab foydalanishga alohida e’tibor beradi. Shuning natijasida ular o‘z foydalarini ko‘paytirishga, oqibat natijada foydalilik darajasini oshirishga erishadilar. Mahsulot ishlab chiqarishda mehnat predmetlarining ahamiyati katta. Ularsiz ayrim hollarda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati cheklanadi ayrim hollarda esa umuman mumkin emas.
    Masalan, mehnat predmeti hisoblangan metallar elektr quvvati va boshqalar mavjud bo‘lmasa mahsulot ishlab chiqarish ham cheklanadi. Shunday ekan mehnat predmetlariga sanoat ishlab chiqarishida nimalar kirishliligini aniqlab olish lozim. Adabiyotlarda, korxona hujjatlarida ko‘rsatilishicha mehnat predmetlariga quyidagilar kiritilgan:

    • xomashyo va materiallar;

    • elektro-energiya;

    • yoqilg‘i;

    • yog‘lovchi materiallar;

    • kam baholi va tez to‘zuvchi buyumlar va boshqalar.

    Mehnat predmetlaridan samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o‘rtacha xarajatlari yoki tannarxlari
    pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydalari ortadi. Shuning bilan birgalikda mehnat predmetlaridan o‘rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari esa ko‘payadi.
    Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, tannarxning pasa- yishi, foyda va rentabelligining oshishi, korxonani moddiy resurslar bilan belgilangan assortimenti va sifati bo‘yicha ta’minlanishiga bog‘liq. Shuning uchun sanoat korxonalari o‘z ishlab chiqarishini bir meyorda samarali rivojlanishini ta’minlash maqsadida uzoq muddatga mo‘ljal- langan biznes-rejalariga asoslangan holda mehnat predmetlari bilan ta’minlashga alohida e’tibor beradilar, chunki hozirgi paytda mehnat predmetlarini yo‘qligi yoki o‘z vaqtida olib kelinmaganligi sababli sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati turib qolmoqda.
    Korxonalarning moddiy resurslar bilan o‘z vaqtida, zaruriy miqdorlarda, belgilangan sifatda hamda bir maromda ta’minlanishi shu bilan birgalikda ulardan ratsional foydalanish pirovardida uning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun har tomonlama ta’sir etadi. Korxonalarning rivojlanishi, taraqqiy etishi hamda iqtisodiy jihat-
    dan baquvvat bo‘lishi oqibat natijada mustaqil respublikamizning iqtisodiyotini barqarorlashishiga zamin yaratadi. Xalqimiz turmush dara- jasining yanada yuksalishiga har tomonlama o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
    Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi, o‘z navbatida, moddiy resurslardan foydalanish ko‘lamining ham kengayishiga olib keladi. Shuning uchun moddiy resurslardan tejab- tergab foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
    Mehnat predmetlaridan to‘liq va samarali foydalanishni ta’minlash uchun hozirgi davrda zamonaviy yangi texnikalardan to‘g‘ri foydala- nish, shuningdek, samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezkorlik bilan tatbiq etishni taqozo etadi, chunki ular yordamida mehnat pred- metlari ishlab chiqarishga sarf qilinishi, tejalishi ta’minlanadi. Ishlab chiqarish turli mulk shakllarini, xususan, asosiy e’tiborni nodavlat mulk- chiligiga asoslangan korxonalarni barpo etish va rivojlantirishga qaratish maqsadga muvofiqdir, sababi ularda mulkka egalik qilish hissiyoti doimo yuqori darajada bo‘ladi. Darhaqiqat, nodavlat mulkchiligiga asos- langan korxonalarda mehnat predmetlari ularning mulki hisoblanadi. Undan imkoniyat doirasida samarali foydalanishga katta e’tibor beriladi. Moddiy resurslardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati katta. Korxonada moddiy resurslardan qay
    darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarila- yotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarni tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin.

    Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida korxonalarning moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini va ulardan samarali foydalanishni tahlil etishda boshqaruv tahlilining eng asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:


    • korxona, birlashmalarning zarur bo‘lgan moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash;

    • moddiy resurslarni korxonaga yetkazib berish hajmini, komp- leksliligini, sifatliligini, navini hamda maromiylik darajasini belgilash;

    • moddiy resurslarni yetkazib berish borasida korxonalararo tuziladigan shartnomalarning o‘z vaqtida tuzilganligini aniqlash;

    • moddiy texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga yaqinligini tekshirish;

    • transport-tayyorlov xarajatlarini hisoblash;

    • materiallardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni mahsulot hajmiga hamda uning tannarxiga ta’sirini miqdor jihatdan hisoblash;

    • xomashyo, yoqilg‘i va materiallarga baho berishda foydalanil- may qolgan ichki imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish va boshqalar.

    Tahlil uchun zarur ma’lumotlar, moddiy texnika ta’minoti rejasi, xomashyo va materiallar bo‘yicha tuzilgan shartnoma hamda moddiy resurslar mavjudligi va ulardan foydalanishning statistik hisobotidan olinadi. Korxonalarda mehnat predmetlaridan foydalanishni tahlil etishda ularni sarflanishi bo‘yicha o‘rnatilgan me’yoriy ma’lumotlardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Mehnat predmetlaridan samarali foydalanishga Respublikamiz hu- kumati tomonidan ham doimo alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular qabul qilingan normativ hujjatlarda o‘z aksini topgan. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasida korxonalar to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi,
    «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlarda, farmonlarda, qarorlarda o‘z aksini topgan.



      1. Download 1,74 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahsulot hajmiga qanday mehnat omillari ta’sir etadi?

    Download 1,74 Mb.