|
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
| bet | 121/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
-
mehnat resurslari;
-
mehnat kuchlari;
-
mehnat resurslarining tarkibi va strukturasi;
-
mehnat resurslarini tahlil qilishning vazifalari;
-
mehnat ko‘rsatkichlari, ularni tahlil etish uslubi;
-
xodimlar va ishchilar qo‘nimsizligi;
-
ishga qabul qilish oboroti;
-
ishdan bo‘shatish oboroti;
-
qo‘nimsizlikni tahlil etish uslubi;
-
ish vaqtidan foydalanish tahlili;
-
mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash tartibi.
-
qiymat o‘lchovi;
-
natura o‘lchovi;
d) mehnat o‘lchovi.
-
qiymat shaklida unumdorlik darajasini aniqlashning kamchi- liklari;
-
1 xodimga va 1 ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot, ularni bir- biridan farqi;
-
1 xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulotga ta’sir etuvchi omillarni hisoblash uslubi;
-
1 ishchiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi omillarni hisoblash tartibi;
-
mahsulot mehnat sig‘imini tahlil etish uslublari;
-
mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillari.
Takrorlash uchun savollar:
-
Korxonaning mehnat resurslarini tahlil etishning ahamiyati nimalardan iborat?
-
Mehnat resurslarini tahlil etishda boshqaruv tahlilining vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi?
-
Mehnat resurslarini va mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda tahlilning asosiy axborot manbalari qaysilar hisoblanadi?
-
Korxonalarda mehnat resurslarining tarkibi, tuzilishi va dinamik o‘zgarishlari qanday tahlil etiladi?
-
Mehnat resurslari ishlab chiqarish faoliyatidagi qatnashuviga qarab qanday guruh va kategoriyalarga ajratiladi?
-
Korxonada band bo‘lgan xodimlarning tarkibi qanday tahlil qilinadi?
-
Korxonaning ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik darajasi qanday tahlil qilinadi?
-
Xodimlar qo‘nimsizligi nima va u qanday aniqlanadi?
-
Ishdan bo‘shatish va ishga qabul qilish oboroti ko‘rsatkichla- rining iqtisodiy mazmuni nimadan iborat hamda mazkur ko‘rsatkichlar qanday aniqlanadi?
-
Ish vaqtidan foydalanish darajasi qanday usullar orqali tahlil qilinadi?
-
Mehnat unumdorligining iqtisodiy mazmuni va uni aniqlash tartibi nimalardan iborat?
-
Mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni ko‘rsatib o‘ting va ular qanday aniqlanadi?
-
Mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar tarkibiga qaysi omillar kiradi?
-
Mehnat sig‘imining mahsulot hajmiga ta’siri qanday aniqlanadi?
-
Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillari tarkibiga nimalar kiradi va ular qanday aniqlanadi?
|
| |