• Sanoat ishlab chiqarish xodimlari mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
  • Bir xodimning mehnat unumi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
  • Ishchining mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili
  • Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarining darajasi va dinamikasi tahlili




    Download 1,74 Mb.
    bet117/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarining darajasi va dinamikasi tahlili





    Ko‘rsatkichlar



    O‘tgan yili

    Hisobot yili

    Farqi (+,-)

    Biznes- reja bo‘yi-
    cha



    Haqi- qatda



    O‘tgan yildan



    Biznes- rejadan

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    1. Mahsulot hajmi (ish, xiz- mat) solishtirma ulgurji ba-
    hoda, ming so‘m

    2113430


    2198763


    2553967


    +440537


    +355204


    2. Sanoat ishlab chiqarish
    xodimlarini ro‘yxat bo‘yicha soni, kishi

    838


    820


    814


    -24


    -6


    3. Shu jumladan, ishchilar
    soni, kishi

    617

    605

    599

    -18

    -6

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    4. Bir ishchini yil davomida ishlagan kishi-kunlari, kishi-
    kun

    263


    265


    256


    -7


    -9


    5. Bir ishchini yil davomida
    ishlagan kishi-soatlari, kishi- soat

    2087,15


    2074,71


    2008,01


    -79,14


    -66,7

    6. O‘rtacha ish kuni davo-
    miyligi, soat

    7,85

    7,83

    7,84

    -0,01

    +0,01

    7. Ishchilar sonini sanoat ishlab chiqarish xodimlari
    tarkibida tutgan salmog‘i, %

    73,63


    73,78


    73,59


    -0,04


    -0,19

    8. Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik
    mahsulot, ming so‘mda (1\2)

    2522,0


    2681,4


    3137,6


    +615,6


    +456,2


    9. Bir ishchiga to‘g‘ri keladi-
    gan o‘rtacha yillik mahsulot, ming so‘mda (1\3)

    3425,3


    3634,3


    4263,7


    +838,4


    +629,4


    10. Ishchining bir kunlik ish
    unumi, so‘m (1\4)

    8035,855

    8297,219

    9976,433

    +1940,578

    +1679,214

    11. Ishchining bir soatlik ish
    unumi, so‘m (1\5)

    1012,591

    1059,793

    1271,889

    +259,298

    +212,096

    Ushbu jadval ma’lumotlari asosida xo‘jalik subyektidagi mehnat unumdorligiga va uning dinamik o‘zgarishlariga baho berishimiz mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, korxonada barcha turdagi mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari o‘tgan yili va biznes-rejaga nisbatan o‘sgan. Mehnat unumdorligining o‘sishiga, asosan, mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sishi va aksincha, ishchi va xodimlarning kamayganligi sabab bo‘lgan. Unumdorlikning o‘sishini ijobiy baholash lozim.


      1. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili


    Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagicha ifodalash mumkin.





    Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik =
    mahsulot
    Sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi ishchilarni tutgan ulushi, (%) * Bir ishchining o‘rtacha yillik mahsuloti

    Mehnat unumini tahlil etishda uning dinamikasi, rejasini bajari- lishiga baho beriladi. Unumdorlik darajasini o‘zgarish sabablari aniq- lanadi va unga ta’sir etuvchi omillar miqdor jihatdan hisoblanadi.



    1. jadval

    Bir xodimning mehnat unumi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili



    Ko‘rsatkichlar



    O‘tgan yili

    Hisobot yili

    Farqi (+,-)

    Biznes- reja
    bo‘yicha



    Haqiqatda

    O‘tgan yildan

    Biznes- rejadan

    Mahsulot (ish, xizmat) hajmi solishtirma ulgurji bahoda, ming
    so‘m

    2113430


    2198763


    2553967


    +440537


    +355204


    Sanoat ishlab chiqarish xodimlarni
    o‘rtacha soni, kishi

    838

    820

    814

    -24

    -6

    Shu jumladan:
















    Ishchilar soni, kishi

    617

    605

    599

    -18

    -6

    sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi ishchilar salmog‘i, %
    gr3*100/gr2

    73,63


    73,78


    73,59


    -0,04


    -0,19


    Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot, ming so‘m
    gr1/gr2

    2522,0


    2681,4


    3137,6


    +615,6


    +456,2


    Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot, ming so‘m
    gr1/gr3

    3425,3


    3634,3


    4263,7


    +838,4


    +629,4


    Bir xodimni rejaga nisbatan
    mehnat unumining o‘zgarishi:

    x

    x

    x

    x

    +456,2

    A) Ishchilar salmog‘ini o‘zgarishi hisobiga
    -0,19*3634,3 /100

    x


    x


    x


    x


    -6,905


    B) bir ishchini mehnat unumini o‘zgarishi hisobiga
    +629,4*73,59/100

    x


    x


    x


    x


    +463,175


    Tahlil etilayotgan xo‘jalik subyektida hisobot davrida bir xodim- ning o‘rtacha yillik mehnat unumdorligi biznes-rejaga nisbatan 456,2 ming so‘mga o‘sgan. Bunga, asosan, ikkita omil ta’sir etgan. Mahsulot hajmi solishtirma ulgurji bahoda o‘tgan yilga, rejaga nisbatan ortgan. Xodimlar va ishchilar soni esa shu davr ichida kamaygan, demak, mah- sulot hajmining o‘sishi mehnat unumdorligini o‘sishi bilan izohlanadi, ya’ni korxonaning sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibida ishchilar salmog‘ining o‘zgarishi hisobiga bitta xodimning o‘rtacha yillik mehnat


    unumdorligiga 6,905 ming so‘mga pasayishiga ta’sir etgan. Aksincha, ikkinchi omil bo‘lmish, bir ishchining mehnat unumdorligini biznes- rejaga nisbatan 629,4 ming so‘mga ortganligi hisobiga bitta xodimning mehnat unumdorligi ham 463,175 ming so‘mga ortgan. Har ikkala omilning ta’siri umumlashtirilganda, ularning natijasi ijobiy bo‘lib, bu ko‘rsatkich 456,2 ming so‘mni tashkil qilgan.
      1. Ishchining mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili


    Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalar mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga va uni bozorga taklif qilish orqali ko‘proq foyda olishga intiladi. Bunday sharoitda mahsulot haj- mini korxonani kengaytirish yoki xodimlar sonini ko‘paytirish bilan bir qatorda, bevosita ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi ishchilarning mehnat unumdorligini ko‘tarish orqali amalga oshirgani korxona uchun ko‘proq samarali hisoblanadi. Shu tufayli ham har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z ishchilarining mehnat unumdorligini oshirish choralarini ko‘rishga harakat qiladi hamda unumdorlikka ta’sir etuvchi omillarni o‘rganib boradi.
    Odatda, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmi quyidagi omillarga bog‘liq.

    1. Bir ishchining yil davomida ishlagan o‘rtacha kishi kunlari = (jami kishi kunlari / ishchilar soni).

    2. Ish kuni davomiyligi, soat = (jami ishlangan kishi soat / jami ishlangan kishi kunlari).

    3. Ishchining bir soatlik ish unumi = (mahsulot hajmi / jami ishlangan kishi-soat).

    Tahlil etishda bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmining rejasiga, o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish sabablari va unga ta’sir etuvchi omillar quyidagicha aniqlanadi.



    Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot
    = Bir ishchining ishlagan kishi-kunlari*Ish kuni davomiyligi*Ishchining 1 soatlik kunlari

    Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmi ishchining ish vaqtidan to‘liq foydalanish va ishchini bir soatlik ish unu- miga bog‘liq. Mahsulot hajmi ishchilar soni va ish kuchidan intensiv



    foydalanish natijasi mehnat unumdorligiga bog‘liq. Mehnatni texnik jihatdan qurollanish darajasi ishchi kuchi mehnati unumdorligini oshirish omilidir. Mehnat intensivligi vaqt birligi ichida yaratilgan mahsulot miqdori bilan o‘lchanadi. Uning darajasi ish vaqtidan to‘liq foydalanishga bog‘liq. Bir ishchining yillik mahsulot hajmini (GVi) bazis davridan farqiga ta’sir etuvchi omillar formula asosida quyidagicha aniqlanadi.


    GVи K D ChV

    - bir ishchini ishlagan kunlari (K) ni ta’siri



    GVи
    (k )  (K 1K 0 )  Dо ChV о

    - ish kuni davomiyligi (D) ni ta’siri



    GVи

    1. K  (D1D0 )  GV о

    - ishchini bir soatlik ish unumini ta’siri (ChV)



    GVи
    (ChV )  K1 D1 (ChV 1 ChV 0 )





      1. chizma. Mehnat unumdorligini oshirish rezervlari.

    Mehnat unumdorligini kompleks tahlilida bir soatlik ish unumini o‘sish sur’atlari va ish vaqtini yo‘qotish sabablari o‘rganiladi. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi unga sarflangan vaqt bilan taq- qoslanadi. Bunday taqqoslash natijalarini quyidagi variantlari mavjud:



      1. mahsulotni ishlab chiqarish uchun mehnat sarfi qisqargan holda mahsulot hajmini ortishi;

      1. mahsulot hajmi o‘sishini mehnat sarfiga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi;

    1. mehnat sarfi o‘zgarmagan holda mahsulot hajmini ortishi;

    2. mehnat sarfini qisqarish darajasiga nisbatan mahsulot hajmi kamayishini sekinlashishi.

    Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchining ish vaqtidan foydalanishi va bir soatlik mehnat unumdorligi o‘zgarishini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini quyidagi jadval ma’lumotlari asosida tahlil qilib chiqishimiz mumkin.

    1. jadval

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarining darajasi va dinamikasi tahlili

    Download 1,74 Mb.