• Ish vaqtidan foydalanish natijalarini quyidagi jadvalga joylashtiramiz
  • Mehnat unumdorligi dinamikasi tahlili
  • Mehnat unumdorligini o‘lchov birliklari
  • Ishchilarni ish vaqtidan foydalanishi tahlili




    Download 1,74 Mb.
    bet116/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Ishchilarni ish vaqtidan foydalanishi tahlili









    Ko‘rsatkichlar

    O‘tgan yil

    Hisobot yili

    Farqi (+,-)

    Reja

    Haqiqat- da

    o‘tgan yildan

    rejadan

    1.

    Ishchilarni ro‘yxat
    bo‘yicha o‘rtacha soni (Is)

    649

    624

    601

    -48

    -23

    2.

    Bir ishchini yil davomida
    ishlagan kunlari (K)

    263

    260

    257

    -6

    -3

    3.

    Bir ishchini yil davomida
    ishlagan soatlari (S)

    2055,9

    2027,5

    2017,9

    -38,0

    -9,6

    4.

    Ish kuni davomiyligi (D),
    soatda

    7,79

    7,80

    7,85

    +0,06

    +0,05

    5.

    Ish vaqti fondi (IVF), ming
    kishi-soatda

    1334,3

    1265,2

    1212,8

    -121,5

    -52,4

    O‘tgan yilga nisbatan ish vaqtini yo‘qotilishi 121,5 ming kishi – soat, hisobot yilining rejasiga nisbatan 52,4 ming kishi – soatlarini tashkil etgan. Ish vaqti fondini o‘zgarishi quyidagi omillar ta’siri natijasida ro‘y bergan:



    1. ishchilar soni

    IVF (is)  (Is1Is0 )  Kо Dо
    IVF (is)  (601 624)  260  7,80  46, 6 ming kishi soat

    1. bir ishchini ishlagan kunlari

    IVF (k)  Is1  (K1Kо )  Dо
    IVF (k)  601 (257  260)  7,80  14, 0 ming kishi soat

    v) ish kuni davomiyligi


    IVF (D)  Is1K1  (D1Dо )
    IVF (D)  601 257  (0, 05)  7, 7 ming kishi soat



        1. jadval

    Ish vaqtidan foydalanish natijalarini quyidagi jadvalga joylashtiramiz





    Ko‘rsatkich



    Reja bo‘yicha



    Haqi- qatda



    Rejada n farqi



    Shu jumladan o‘zgarishi

    Ishchilar soni



    Bir ishchini ishlagan kunlari

    Ish kuni davomiyligi

    Hisob-kitobda yo‘l qo‘yilgan xato

    Ish vaqti fondi (IVF),
    ming kishi-soatda

    1265,2

    1212,8

    -52,4

    -46,6

    -14,0

    +7,7

    +0,5

    Ish vaqtini yo‘qotilishi 60,6(46,6+14,0) ming kishi-soatni tashkil etgan. Ish kuni davomiyligini uzayishi hisobiga yo‘qotilgan soat biroz qisqarib 52,4 ming soatni tashkil etgan.


    Ish vaqtidan foydalanishni kompleks iqtisodiy tahlilida ish vaqtini unumsiz sarflanishiga katta ahamiyat beriladi. Ish vaqtini unumsiz sarf- lanishiga brakni tuzatish uchun sarflangan vaqt, texnologik jarayon- lardagi xatolarni bartaraf etish bilan bog‘liq ish vaqtini sarflari kiradi.


      1. Mehnat unumdorligi dinamikasi tahlili


    Mehnat unumdorligi – ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich, uni oshirish – iqtisodiy o‘sishning asosiy omilidir. Mahsulot hajmini oshirishda mehnat unumdorligini ulushi yuqoridir. Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir.

    Mehnat unumdorligini o‘lchov birliklari:


    1. qiymat;

    2. natura;

    d) mehnat.
    Unumdorlik darajasini natura shakli aniq ifodalaydi, ammo bu ko‘rsatkichni qo‘llash cheklangan. Mehnat unumdorligini ifodalovchi ko‘rsatkich bu har bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotdir.
    Bulardan tashqari ishchining bir kunlik ish unumi, ishchining bir soatlik ish unumi ko‘rsatkichlari ham mehnat unumdorligini ifodalaydi. Tahlil etishda bu mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari o‘tgan yildagisi bilan taqqoslanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarish sabablari aniqlanadi.
    Mehnat unumdorligining dinamikasi ko‘p jihatdan korxonani ishlab chiqarish hajmi, xodimlar soni, ish vaqti fondi, tannarxi va hokazo ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq.
    Mehnat unumdorligini tahlil etishda ko‘rsatkichlar o‘tgan yil, hisobot yilining rejasi, bir xil ixtisoslashuvga ega bo‘lgan korxonalarni ma’lumotlari bilan taqqoslanib ishga solinmagan ichki imkoniyatlar aniqlanadi.
    Mehnat resurslaridan samarali foydalanishni quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi:

    • mehnat unumdorligini o‘sish sur’ati;

    • mahsulot hajmini ortishida mehnat unumdorligi o‘sishining hissasi;

    • xodimlar sonini nisbiy qisqarishi;

    • ish haqi fondidan nisbiy iqtisod;

    • mehnat unumdorligining o‘sish sur’atini o‘rtacha ish haqi o‘sishiga nisbati.

    Mehnat unumdorligini o‘lchov birliklari:

    • qiymat, natura va mehnat

    1. qiymat shakli

    Mu Q ,
    x

    bunda Mu-mehnat unumdorligi (Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot);
    Q – ishlab chiqarilgan mahsulot solishtirma ulgurji bahoda; X – xodimlarni ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni.

    1. natura

    Mu Qtonna, kg, m, ,
    x

    v) mehnat
    Mu Т ,
    Q

    T - mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt (kishi-kun, kishi - soat)
    Q – mahsulot miqdori (dona, kg, va h.k.)

    Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichining qiymat shakli kamchilik- lardan xoli emas. Masalan, sarflangan xomashyo, yoqilg‘i, energiya narxlari va ta’riflari, mahsulot tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlar unumdorlik darajasiga ta’sir etadi.
    Natura shakli mehnat unumdorligini aniq ifodalaydi, ammo bu o‘lchov birligi bir turdagi mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda qo‘llanilishi mumkin (ko‘mir qazish, elektr energiya, neftni qayta ishlash korxonalari).
    Mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlari:

    • bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot;

    • bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot;

    • ishchini bir kunlik ish unumi;

    • ishchini bir soatlik ish unumi.

    Mehnat unumdorlik ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil etish uchun ko‘rsatkichlar o‘tgan yil, hisobot yilining rejasi, bir xil ixtisosga ega bo‘lgan korxona ma’lumotlari bilan taqqoslanib ishga solinmagan ichki imkoniyatlar aniqlanadi.
    Mehnat unumdorligini umumiy ko‘rsatkichi - bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotdir (GVx). Bu ko‘rsatkich ishchini bir kunlik, bir soatlik (ChV) ish unumlaridan tashqari, ishchini jami xodimlar tarkibida tutgan ulushi (Ul), bir ishchini ishlagan kunlari (K) va ish kuni davomiyligi (D) ga ham bog‘liq.
    Ishchini bir soatlik ish unumini ortishi, ishchilarni ish vaqtidan to‘liq unumli foydalanish bir xodimning mehnat unumdorligini oshishini ta’minlaydi, demak, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmini quyidagicha ifodalash mumkin:
    GVх Ul K D ChV
    O‘z navbatida, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot hajmi quyidagi omillar ko‘paytmasidan hosil bo‘ladi.


    GVи K D ChV
    Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot (GVx) qisqargan shaklda quyidagi omillar ko‘paytmasidan iborat:
    GVх Ul GVи






      1. chizma. Mehnat unumdorligini omilli tizimi.

    Quyida biz mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamik o‘zgarishlarini jadval yordamida ifodalab o‘tamiz.





    1. jadval

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishchilarni ish vaqtidan foydalanishi tahlili

    Download 1,74 Mb.