|
Ish vaqtidan foydalanishni va o‘rtacha 1 soatlik ish unumdorligini ishchining yillik mahsulot hajmiga ta’siri tahlili
|
bet | 118/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Ish vaqtidan foydalanishni va o‘rtacha 1 soatlik ish unumdorligini ishchining yillik mahsulot hajmiga ta’siri tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yili
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
Biznes- rejada
|
Haqiqat- da
|
O‘tgan yildan
|
Biznes- rejadan
|
Mahsulot hajmi solishtirma ulgurji
bahoda, ming so‘m
|
2113430
|
2198763
|
2553967
|
+440537
|
+355204
|
Ishchilarning jami ishlagan kishi-
kunlari, ming kishi-kuni
|
162,27
|
160,2
|
153,5
|
-8,77
|
-6,7
|
Ishchilarning jami ishlagan kishi-
soatlari, ming kishi-soat
|
1287,8
|
1255,2
|
1202,8
|
-85,0
|
-52,4
|
Ishchilarni ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha
soni, kishi
|
617
|
605
|
599
|
-18
|
-6
|
Hisob-kitoblar:
|
|
|
|
|
|
Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan
o‘rtacha yillik mahsulot, ming so‘m gr1/4
|
3425,3
|
3634,3
|
4263,7
|
+838,4
|
+629,4
|
Bir ishchini yil davomida ishlagan
kishi-kunlari, kishi-kuni gr2/4
|
263
|
265
|
256
|
-7
|
-9
|
O‘rtacha ish kuni davomiyligi, soat
gr3/gr2
|
7,85
|
7,83
|
7,84
|
-0,01
|
+0,01
|
Ishchini 1 soatlik ish unumi, (so‘m)
gr1/gr3
|
1641,117
|
1751,723
|
2123,351
|
+482,234
|
+371,628
|
Bir ishchini o‘rtacha yillik mahsulot hajmini rejadan farqiga
ta’siri:
|
x
|
x
|
x
|
x
|
+629,4
|
a) yo‘qotilgan ish kunlari hisobiga
|
x
|
x
|
x
|
x
|
-123,4
|
b) ish kuni davomiyligini uzayishi
hisobiga
|
x
|
x
|
x
|
x
|
+4,5
|
v) 1 soatlik ish unumini ortishi
hisobiga
|
x
|
x
|
x
|
x
|
+745,9
|
a) –9 * 7,83 * 1751,723 b) +0,01 * 256 * 1751,723
d) +371,628 * 7,84 * 256
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida o‘rganilayotgan davrda bir ishchining o‘rtacha yillik
mehnat unumdorligi 629,4 ming so‘mga ko‘tarilgan. Ishchilarning mehnat unumdorligini oshishida, asosan, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining o‘sishi hamda aksincha, ishchilar sonining va bir ishchining yil davomida ishlagan kishi kunlarining kamayganligi ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Bundan tashqari jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonada ishchining mehnat unumdorligini oshishiga, asosan, uchta omil, ya’ni ish kunlarining yo‘qotilishi hisobiga 123,4 ming so‘mga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, ish kuni davomiyligining biznes- rejadagiga nisbatan 0,01 soatga uzayganligi mehnat unumini 4,5 ming so‘mga, ishchilarning bir soatlik ish unumini 371,628 so‘mga ortganligi ham mehnat unumini 745,9 ming so‘mga oshirgan. Har uchala omilning ta’siriga ko‘ra bir ishchining o‘rtacha yillik mehnat unumdorligi biznes- rejadagiga nisbatan 629,4 ming so‘mga ortishiga olib keldi. Bunday natijalarni aksionerlik jamiyati uchun ijobiy deb baholamoq lozim.
Mahsulot mehnat sig‘imi tahlili
Ishlab chiqarish hajmi, mahsulot strukturasi va assortimentini o‘z- garishiga ham bog‘liq. Kam mehnat talab etadigan mahsulot turlarini ko‘proq ishlab chiqarish tufayli mahsulot struktura va assortimentini o‘zgarishi mehnat unumdorligini o‘sishiga olib keladi.
Struktura va assortimentni unumdorlik darajasiga ta’sirini mehnat sig‘imi orqali aniqlash mumkin.
Mehnat sig‘imi – mahsulot, yarimfabrikat mahsulotni ayrim qismlarini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o‘lchanadi.
Sanoatda mehnat unumdorligini o‘sishi ilmiy-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish natijasida mehnat sig‘imini pasaytirish hisobiga erishiladi.
Mehnat sig‘imi bilan mehnat unumdorligi bilvosita bog‘liqlikka ega. Mehnat sig‘imi pasayishi tufayli mehnat unumdorligi ortadi va buning aksicha, mehnat sig‘imi ortsa-mehnat unumdorligi pasayadi.
Mehnat sig‘imini pasaytirish mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan ish vaqtini qisqartirish orqali erishiladi.
Mehnat sig‘imini pasaytirish hisobiga mehnat unumdorligini o‘sishi (foiz hisobida) quyidagicha aniqlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ish vaqtidan foydalanishni va o‘rtacha 1 soatlik ish unumdorligini ishchining yillik mahsulot hajmiga ta’siri tahlili
|