Mehnat sig‘imining o‘zgarishini mehnat unumdorligiga ta’siri tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yili
|
Hisobot yili
|
Ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi
|
Biznes- rejada
|
Haqi- qatda
|
reja o‘tgan yilga nisbatan,
%
|
haqiqiy o‘tgan yilga nisbatan,
%
|
Reja- ning bajarili- shi, %
|
1. Mahsulot hajmi solish- tirma ulgurji bahoda, ming so‘m
|
2113430
|
2198763
|
2553967
|
104,04
|
120,84
|
116,15
|
2. Ishchilarni jami ishla-
gan kishi-soatlari, ming k/soat
|
1287,8
|
1255,2
|
1202,8
|
97,47
|
93,40
|
95,82
|
3. Har 1000 so‘m mahsu- lot uchun sarflangan meh- nat, soat (2 satr: 1 satr)
|
0,61
|
0,57
|
0,47
|
93,44
|
77,05
|
82,45
|
4. Ishchining bir soatlik
ish unumi, so‘m (1 satr: 2 satr)
|
1641,1
|
1751,723
|
2123,351
|
106,74
|
129,38
|
121,21
|
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki xo‘jalik subyektida o‘rganilayotgan davrda mahsulot ishlab chiqarish hajmi solishtirma ulgurji bahoda o‘tgan yilga nisbatan ham, biznes-rejaga nisbatan ham o‘sgan. Bunga aksincha o‘laroq, ishchilarning jami ishlagan kishi soatlari hajmi qisqargan. Bu shundan dalolat beradiki, korxonada mahsulot mehnat sig‘imi qisqargan va aksincha mehnat qaytimi ko‘rsatkichlari ortgan. Shularning natijasida ishchilarning bir soatlik ish unumlari ham o‘sgan. Mehnat sig‘imini pasayishi hisobiga ishchining 1 soatlik ish unumini 29,38 % ga oshirish ko‘zda tutilgan. Haqiqatda esa 1 soatlik ish unumi 21,21 % ga mehnat sig‘imini pasayishi hisobiga erishilgan.
Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillari tahlili
Bugungi raqobatdosh iqtisodiyotda korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi omillarni shartli ravishda to‘rtta guruhga ajratish mumkin:
mehnat predmetlari;
mehnat vositalari;
mehnat omillari;
tadbirkorlik.
Mazkur omillar tarkibida asosiy o‘rinni mehnat omillari tashkil etadi. Shu sababli ham mehnat omillarini tahlil qilib borish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Mahsulot hajmiga quyidagi mehnat omillari ta’sir etadi.
ishchilar sonini o‘zgarishi.
bir ishchini yil davomida ishlagan kishi-kunlarini o‘zgarishi.
ish kuni davomiyligini o‘zgarishi.
ishchini 1 soatlik ish unumini o‘zgarishi.
Bu mehnat omillarini mahsulot hajmiga bo‘lgan ta’sirini zanjirli bog‘lanish, foizlar farq usullari orqali aniqlash mumkin.
jadval
Mehnat omillarini mahsulot hajmiga ta’siri tahlili (foizlarni farq usuli orqali aniqlash)
Ko‘rsatkichlar
|
Rejaning
bajarilishi, (%)
|
Foizlarning farqi, (+,-)
|
Hisob- kitoblar
|
O‘zgarish sababi
|
1. Ishchilar soni- ning o‘zgarishi
|
99,01
|
-0,99
|
2198763 * (-0,99)\100
-21767,7
|
Ishchilar sonini
kamayishi
|
2. Jami ishlangan
kishi kunlarining o‘zgarishi
|
95,81
|
-3,2
|
2198763 * (-3,2)\100
-70360,4
|
Yo‘qotilgan ish kunlari
|
3. Jami ishlangan
kishi soatlarining o‘zgarishi
|
95,82
|
+0,01
|
2198763 * (+0,01)\100
+219,9
|
Ish kuni da-
vomiyligini uzayishi
|
4. Mahsulot hajmi (bir soatlik ish unumining
o‘zgarishi)
|
116,15
|
+20,33
|
2198763 * (+20,33)\100
+447008,5
|
1 soatlik ish unumini ortishi
|
Jami:
|
x
|
x
|
355100,3
|
x
|
Ilova:
1. Mahsulot hajmi solishtirma ulgurji bahoda, ming so‘m
Reja
|
Haqiqatda
|
Farqi
|
2198763
|
2553967
|
+355204
|
Hisob-kitoblar : 99,01 – 100 = -0,99
95,81 – 99,01 = -3,2
95,82 – 95,81 = +0,01
116,15- 95,82 = + 20,33
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, o‘rganilayotgan davrda korxonada mahsulot hajmi biznes-rejada belgilanganiga nisbatan 355204 ming so‘mga ko‘paygan. Mahsulot hajmining ortishiga mehnat omillari ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan, ya’ni ishchilar sonining o‘zgarishi hisobiga 21767,7 ming so‘mlik, jami ishlangan kishi kunlarining o‘zgarishi hisobiga esa 70360,4 ming so‘mlik mahsulot yo‘qotilgan, ammo, mahsulot hajmiga ijobiy ta’sir etgan mehnat omillari ham mavjud bo‘lib, bulardan jami ishlangan kishi soatlarining o‘zgarishi hisobiga 219,9 ming so‘mlik, bir soatlik ish unumdorligini ortishi hisobiga esa 447008,5 ming so‘mlik mahsulot hajmini ortishiga olib kelgan. Mehnat resurslaridan to‘liq foydalanilgan taqdirda korxonada mahsulot hajmi qo‘shimcha yana 92128,1 ming so‘mga ortishi mumkin edi. Umuman olganda, bunday natijalarni korxona uchun ijobiy deb baholasak bo‘ladi.
|