|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 119/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49100 x A
Mu = ----------------
100 - A
Bunda: A- ishlab chiqarilgan mahsulot mehnat sig‘imini pasay- tirish (foiz hisobida).
Mu – mehnat unumdorligini o‘sish darajasi ( foiz hisobida).
Masalan, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat 8550 kishi-soatni tashkil etib, norma bo‘yicha 9000 kishi-soatga nisbatan 450 kishi-soat iqtisod qilingan. Demak, mehnat sig‘imini 5 % (450:9000x100) ga pasayishi mehnat unumdorligini 5,26% (9000:8550x100) ga ortishiga olib keldi.
Erishilgan natijani yuqoridagi formula orqali ham aniqlash mumkin.
100 x 5
Mu = ( ----------- ) = 5,26 %
100 – 5
Mehnat unumdorligini mehnat sig‘imiga ta’siri quyidagicha aniqlanadi.
Mu x 100
A = ------------------
100 + Mu
Bizning misolimizda mehnat unumdorligini 5,26% ga o‘sishi, mehnat sig‘imini 5 % ga pasayishiga olib keldi.
5.26 x 100
A = ---------------- = 5 % 100 + 5,26
Ma’lum vaqt ichida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqt mehnat unumini tavsif- laydi. Mehnat unumdorligi ishlab chiqarilgan mahsulot, ish va xizmatlar hajmini mehnat sarfiga bo‘lish asosida aniqlanadi, mehnat sarfi sifatida sarflangan ish soatlari yoki ish kunlari olinadi.
Mehnat unumdorligining o‘sish darajalari va dinamikasiga baho berishda uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi quyidagi omillarga alohida ahamiyat beriladi:
intensiv omil;
ekstensiv omil;
ishlab chiqarishning texnik-texnologik holati.
Mehnat sig‘imining o‘sishini mehnat unumdorligiga bo‘lgan ta’siri quyidagi jadval ma’lumotlari asosida o‘rganib chiqiladi.
jadval
|
| |