|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 136/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Tahlil maqsadi
Jami ishlab chiqarish xarajatlarini tahlili
|
1 so‘mlik mahsulot uchun xarajat tahlili
|
Xarajatlarni elementi va moddalarini tahlili
|
Mahsulot birligi tannarxini tahlili
|
Mahsulot birligi tannarxi moddalarini tahlili
|
Mahsulot tannarxi dinamikasini tahlili
|
Tannarx rejasi bajarilishini tahlili
|
Tannarxni qiyosiy tahlili
|
Mahsulot tannarxini omilli tahlili
|
Mahsulot tannarxini pasaytirish rezervlarini aniqlash
|
Tannarx o‘zgarish tendensiyasini o‘rganish
|
Tannarxni pasay- tirish rejasining ba- jarilishini baholash
|
Mahsulot tannarxi darajasini tahlili
|
Mahsulot tannarxi o‘zgarish sababalarini tahlili
|
Kelgusidagi tannarx rejasini belgilash asoslari
|
chizma. Mahsulot tannarxini kompleks tahlili.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituv- chi subyektlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari tannarxini tahlil qilishda boshqaruv tahlilining eng asosiy vazifalari quyidagi- lar hisoblanadi:
ishlab chiqarish xarajatlarini o‘rganish va ularning holatiga baho berish;
mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha belgilangan rejani bajarilishi va dinamikasini nazorat qilish;
ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementi va kalkulatsion moddalari bo‘yicha o‘rganish va ularga baho berish;
mehnat unumdorligi bilan ish haqi xarajatlari o‘rtasidagi nisbatni o‘rganish;
tannarxning o‘zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan hisoblash;
ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo‘yicha tahlil etish;
tannarxni pasaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va hokazo.
«Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish haqida»gi Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning umumiyligi ta’minlangan. Bu- ning yakunida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini rejalashtrish, tahlil etish va nazorat qilishga imkoniyat tug‘iladi.
Mazkur Nizom buxgalteriya hisobi maqsadlarida va soliqqa tortish maqsadlarida xarajatlarni hisoblash tartiblaridagi farqlanishlarni hisobga olib ishlab chiqilgan. Boshqaruv hisobi va boshqaruv tahlilining asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozor iqtisodiyoti sharoit- larida raqobatga bardoshligini aniqlashdir.
Nizomda buxgalteriya hisobi bo‘yicha foyda bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi tafovutlarga izoh berilgan.
Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya hisobidagi foydadan farq qilishining sababi shundaki, davlat soliq siyosatiga muvofiq amaldagi soliq qonunchiligi bo‘yicha korxona xarajatlarining bir qismi soliqqa tortiladigan bazaga kirmaydi. Nizomda moliyaviy natijalarni shakllanti- rishning asosiy qoidalari va xarajatlarni guruhlash berilgan. Birinchi ilovada korxona hisobot davridagi balans foydasini hisoblashda chegi-
riladigan, lekin xo‘jalik subyektining soliqqa tortiladigan bazasiga qo‘shiladigan xarajat moddalari berilgan. Ikkinchi ilovada xarajatlar amalga oshirilishi paytida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmay- digan, lekin keyingi davrlarda chegiriladigan xarajatlar ro‘yxati berilgan (vaqt bo‘yicha farqlanishlar).
Uchinchi ilovada foydasi emas, daromadi soliqqa tortilayotgan korxonalar uchun qo‘shimcha chegirilmaydigan xarajatlar ro‘yxati berilgan.
|
| |