|
Bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari tannarxini tahlil qilishda boshqaruv tahlilining asosiy axborot manbalari quyidagilar hisoblanadi
|
bet | 137/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari tannarxini tahlil qilishda boshqaruv tahlilining asosiy axborot manbalari quyidagilar hisoblanadi:
Xo‘jalik subyektlarining biznes-reja ma’lumotlari.
5-S «Korxona sarf-xarajatlari to‘g‘risida»gi hisoboti ma’lumotlari.
1-T «Mehnat hisoboti» ma’lumotlari.
Buxgalteriya hisobining ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib boruvchi schot ma’lumotlari va boshqa turdagi qo‘shimcha ma’lumotlar.
Xarajatlarni turkumlash: ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, «o‘zgaruvchan» va «o‘zgarmas»
xarajatlar
Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi ishlab chiqa- rish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat rusurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarining qiymat ko‘rinishini ifoda etadi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubi va texnologiyasi bilan belgilangan mahsulotni ishlab chiqarish (ish, xizmatlar bajarish) bilan bevosita bog‘liq xarajatlar kiritiladi. Bularga: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish yo‘nalishidagi ustama xarajatlar hamda boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari tarkibiga quyidagilar ki- radi:
tashqaridan sotib olinadigan ishlab chiqariladigan mahsulot tar- kibiga kirib, uning asosini tashkil etadigan yoki mahsulot tayyorlashda (ish bajarishda, xizmat ko‘rsatishda) zarur komponent hisoblanadigan xomashyo va materiallar;
mahsulotni o‘rash hamda boshqa ishlab chiqarish zaruriyatlari uchun sotib olingan materiallar, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar, mos- lamalar va boshqa mehnat buyumlari;
texnologik maqsadlar, binolarni isitish, barcha turdagi energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan chetdan sotib olingan yoqilg‘ining hamma turlari;
korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish, shuningdek, xo‘jalik zaruriyatlariga sarflanadigan sotib olinadigan barcha turdagi energiya;
tabiiy kamayishining me’yor chegarasidagi moddiy resurslarning kamomadi va buzilishlaridan yo‘qotishlar;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari tannarxini tahlil qilishda boshqaruv tahlilining asosiy axborot manbalari quyidagilar hisoblanadi
|