Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari




Download 1,74 Mb.
bet134/316
Sana11.06.2024
Hajmi1,74 Mb.
#262678
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   316
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari


Mahsulot tannarxi korxona moliya xo‘jalik faoliyatini hamma tomonlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardir. Shu tufayli ishlab chiqarish



xarajatlarini to‘g‘ri hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish, tahlil qilish boshqaruv hisobi hamda moliyaviy va boshqaruv tahlili fanlarining muhim vazifalaridan biridir.
Bugungi kunda korxona faoliyatining muhim ko‘rsatkichlaridan va unga baho beradigan mezon ko‘rsatkichlaridan biri, foyda va rentabellikdir. Foydaga ta’sir etuvchi omil bu tannarxdir.
Har bir xo‘jalik subyektini moliyaviy va boshqaruv tahlili orqali ishlab chiqarish, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlarni maqsadga muvofiq sarflanishi va ular samaradorligi baholanadi.
Xarajatlar jami ishlab chiqarish (tovarlar, xizmatlar), uchun sarflangan pul mablag‘laridir.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarining qiymat ko‘rinishini ifoda etadi.
Tannarx iqtisodiy kategoriyadir.

  • xarajatlarni hisobga olish va nazorat qilishga xizmat qiladi;

  • mahsulot bahosini shakllanishi va korxonaning foyda va rentabelligini aniqlash asosini tashkil etadi;

  • korxonaning boshqaruv va investitsiya faoliyatlari bo‘yicha qarorlarni qabul qilishning zaruriy elementidir;

  • resurslardan foydalanish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish tizimini takomillashtirishdan ko‘rilgan samaradorlikni ifodalaydi.

O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni, «Mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablari asosida mahsulot tannarxi bugungi kunda aniqlanmoqda.

Download 1,74 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   316




Download 1,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari

Download 1,74 Mb.