• Bozorni o‘rganishda moliyaviy va boshqaruv tahlili fani quyidagi vazifalarni bajaradi
  • Talab deb, - bu eng avvalo, biron-bir ne’matlar yoki xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarni bozorda namoyon bo‘lishi va uni pul bilan ta’minlashidir. Taklif




    Download 1,74 Mb.
    bet63/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Talab deb, - bu eng avvalo, biron-bir ne’matlar yoki xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarni bozorda namoyon bo‘lishi va uni pul bilan ta’minlashidir.
    Taklif esa, - bu muayyan paytda bozorda bo‘lgan yoki unga yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan tovarlar massasi sifatida belgilanadi.
    «Ekonomiks» mualliflari K.R.Makkonell va S.L.Bryularning ta’kidlashicha, iste’mol tanlovi bozor iqtisodiga asoslangan erkin iqtisodiy taraqqiyotning keng quloch yozganidir. Iste’molchilar o‘z pul daromadlari miqyosida tovarlar va tovarlashgan xizmatlarni istagan tarzda sotib olishlari va shular bilan o‘z iste’mollarini ixtiyoriy qondirish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin. Iqtisodiyotda nima ishlab chiqarish kerakligini iste’molchi belgilaydi. Bunday xususiyat bozorda talabga hal qiluvchi kuch beradi.
    Talab, avvalo, resurslarga va iste’mol tovarlari, tovarlashgan xizmatlarga bo‘lgan talab sifatida yuzaga keladiki, birinchisi ishlab chiqarish iste’molini, ikkinchisi esa shaxsiy iste’molni, qondirishga qaratilgan. Shunday ekan har bir korxona bozordagi talab va taklifni o‘rgangan holda unga to‘g‘ri baho berishi lozim. Buning uchun bozorlarda tekshiruv ishlari ayrim tanlangan mahsulotlar orasida anketa javoblarini tarqatish orqali iste’molchi talabini o‘rganish lozimdir.

    Bozorni o‘rganishda moliyaviy va boshqaruv tahlili fani quyidagi vazifalarni bajaradi:


    • qanday mahsulot ishlab chiqarish lozimligini belgilaydi;

    • qancha miqdorda ishlab chiqarish kerakligini ko‘rsatadi;

    • korxonaning kelajakda yaratish kerak bo‘lgan mahsuloti to‘g‘risida ma’lumot beradi;

    • foyda olish va uning hajmini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan va amalda qo‘llanilayotgan qonunlarimiz respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan turli mulk shakli- dagi korxonalarni to‘liq erkin holda ish yuritishni ta’minlamoqda. Bu esa ularning mahsulot ishlab chiqarish va sotish yo‘nalishlarini o‘zlari belgilab olishlariga imkoniyat yaratadi. Erkin bozor iqtisodiyotida korxonalarning katta daromad olishlari o‘z harakatlariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarib, belgilangan muddatlarda sotib, pul tushumlari barcha xarajatlarni qoplab mo‘may-

    gina foyda ko‘rish bosh maqsad bo‘lib qolmog‘i lozim.
    Ushbu ijobiy taraflarni e’tiborga olib korxonalarning bozordagi talab va taklifni o‘rganib ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi muhim ahamiyatga egadir.
    Resurslardan samarali foydalanish va iste’molchilarning ehtiyoj- larini qondirish uchun korxona bozordagi holatni chuqur tahlil etishi lozim. Shu maqsadda kompleks marketing tadqiqoti olib boriladi. Marketing orqali doimiy ravishda yangi xizmat turlari taklif etiladi, ular bozorini kengayishi tufayli korxona yuqori darajadagi foydaga erishadi. Marketing orqali korxona xo‘jalik faoliyati tartibga solinadi. Shu tufayli korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijasini tahlili marketing faoliyatini tahlil etishdan boshlanmog‘i lozim.
    Marketing tahlili - marketing tadqiqoti tizimining asosiy qismi, manbalarni yig‘ish, ularni ro‘yxatga olish, bozordagi tovarlar, ish va xiz- matlarga tegishli ma’lumotlarga ishlov berish orqali samarali marketing xulosalari chiqariladi.
    Marketing tadqiqoti jarayonidagi kompleks iqtisodiy tahlil obyekti, birinchidan, real bozor jarayoni iste’molchilar va raqobatchilar bilan bir- galikda, ikkinchidan, mahsulot turlarini ishlab chiqarishdagi korxo- naning aniq iqtisodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlari hisobga olinishi kerak.
    Bir-biri bilan bog‘liq obyektlarni chuqur o‘rganish orqali bozordagi holat va korxona imkoniyatlari hisobga olingan holda optimal variant-
    dagi assortiment dasturi yaratiladi. Bu dasturni amalga oshirish orqali korxona mahsulotini raqobatga bardoshligi, barqarorligi ta’minlanadi.

    Download 1,74 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talab deb, - bu eng avvalo, biron-bir ne’matlar yoki xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarni bozorda namoyon bo‘lishi va uni pul bilan ta’minlashidir. Taklif

    Download 1,74 Mb.