|
Talab va taklifni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi
|
bet | 65/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Talab va taklifni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi
Kishilik jamiyati rivojlanar ekan, fan va texnika taraqqiyoti ildam qadamlar bilan yangilanayotgan sharoitda insoniyatning tovar va moddiy qiymatliklarga bo‘lgan ehtiyoji - talabi uzluksiz o‘zgarib – ortib boradi.
Talab o‘zgarishi (elastikligi) mavjud bo‘lib, u –
Baholar o‘zgarishi va holati.
Xaridorlar miqdori va ularning didi, istagi.
Iste’molchilarning pul daromadi.
O‘rnini almashtirish mumkin bo‘lgan yoki o‘rnini bosadigan tovarlar hajmi.
Inflatsiya ehtimoliga bog‘liqdir.
Bularni ayni vaqtda talabni belgilovchi omillar deyish mumkin. Bularning ichida eng muhimlari tovarlar va xizmatlar bahosi hamda iste’molchilarning pul daromadlari hisoblanadi.
Quyidagi berilgan chizmadan ko‘rinib turibdiki, daromadning yuqori bo‘lishi talabning oshuvini va baho yuqori bo‘lsa, talabning pasayib borishini ko‘ramiz (8-chizma).
Daromad
0 Baho
chizma. Talab harakatining chizmasi.
Bozordagi taklif etilgan tovarlar miqdorini bir necha omillari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
Taklif etiladigan tovarlar bahosi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Tovar ishlab chiqaruvchilarning miqdori.
Ishlab chiqarish omillari bahosi.
Soliq va subsidiyalar.
Baholarning oshish ehtimoli va hokazolar.
Taklif miqdoriga kuchli ta’sir etuvchi omil – bu tovarlarning bozordagi sotiladigan bahosi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir ishlab chiqarilgan tovarlar bahosi shu mahsulotni yaratish uchun ketgan o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlarning miqdori hamda ko‘zlangan foyda normasiga aloqadordir (9-chizma).
Tovar bahosi
|
| |