• Jami taklif ko‘rsatkichi
  • Iqtisodiy matematik usullar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim




    Download 1,74 Mb.
    bet67/316
    Sana11.06.2024
    Hajmi1,74 Mb.
    #262678
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   316
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49

    Jami talab ko‘rsatkichi. Har bir iste’molchining o‘z, shaxsiy talabi bozordir. Jami bozor talabi yoki umumiy bozor talabi barcha iste’molchilar talabi yig‘indisidan kelib chiqadi. Shunday ekan, jami talab ko‘rsatkichi narxlarning muayyan darajasida barcha iste’molchilar sotib oladigan tovarlar miqdorining ifodasi sifatida keladi.

  • Jami taklif ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkichning shakllanishi ham xuddi talabniki singari, jami taklif yig‘indisidan kelib chiqadi. Bu esa jami sotilishi lozim bo‘lgan tayyor mahsulot ifodasi sifatida keladi.

    Marketing tadqiqotida tahlilning turli metod va usullaridan foydalaniladi. Marketing faoliyatida tahlilni qo‘llaydigan metodlaridan ayrimlari quyidagilardan iborat:
    1. An’anaviy usullar:


    • analitik ko‘rsatkichlar tizimi;

    • omilli modellashtirish;

    • taqqoslash, guruhlashtirish va boshqalar.

    1. Iqtisodiy matematik usullar tahlil etilayotgan ko‘rsatkichlar o‘rtasida tasodifiy stoxastik bog‘lanish bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Marketing tadqiqotlarini olib borishda eng ko‘p qo‘llaniladiganlari quyidagilardan iborat:

    • keng o‘lchovli metod (birinchi galda klaster tahlili) orqali mar- keting xulosalarining asosga ega ekanligi bilan bog‘liq muammolarni yechishda qo‘llaniladi. Masalan, sotish hajmiga bir-biri bilan bog‘liq bir qancha omillardan eng muhimlari baho, raqobatga bardoshlik, reklama xarajatlari va hokazolarni ta’sir etish darajasi aniqlanadi;

    • regressiv va korrelatsiya metodlari o‘zgaruvchan guruhdagi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik qanchalik jips ekanligini aniqlashda keng qo‘llaniladi;

    • statistik metod – ommaviy, takrorlanib turadigan hodisalar va bozor holatini kuzatishda foydalaniladi;

    • qaror chiqarish nazariya metodi – marketing faoliyatida bunday nazariyalar bozordagi holat o‘zgarishiga iste’molchilarning munosa- batini aniqlashda ishlatiladi. Boshqarish faoliyatining samaradorligi ko‘pincha qabul qilinayotgan qarorlarga bog‘liq. Korxonadagi muammolar va ularning aniq yechimi boshqaruvchiga yuklangan, ishlab chiqarish, texnikaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, marketing va huquqiy qaror- larni to‘g‘ri qabul qilish va o‘z vaqtida bajarilishiga bog‘liq.

    • variatsion tahlil marketing faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar analitik yo‘l bilan bajariladigan ishlarga aloqasi yo‘q bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.

    • chiziqli va chiziqsiz programmalashtirish xo‘jalik jarayonlarini funksiya va cheklanishlarda qatorli tarzda programmalashtirish va ularni boshqarish bo‘yicha muqobil qatorlardan eng optimal variantini aniqlashda qo‘llaniladi.


    1. Download 1,74 Mb.
  • 1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   316




    Download 1,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim

    Download 1,74 Mb.