|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 70/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49QD = f/ P ga teng bo‘ladi.
Tovar mahsuloti ishlab chiqarilishidan oldin uning iste’mol
xususiyatlari tahlil qilinadi hamda raqiblarning mahsulotlari nimaga sotilayotganligi sabablari o‘rganiladi.
O‘rganish amaliyoti shu narsani ko‘rsatdiki, iste’mol xususiyati, ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarishi uning hayotdagi o‘rnini beqiyos qilib belgilaydi.
Tovarning xususiyatlari ham inson ehtiyojlariga ko‘ra uch turga ajratiladi:
Tovarlarning moddiy ehtiyojlarini qondira olish xususiyatlari.
Ularning ma’naviy ehtiyojlarini qondira bilishligi.
Tovarlarning ijtimoiy ehtiyojlarni to‘ldiruvchi erganomik xususiyatlari.
Birinchi xususiyat tovarlarning inson hayotida muayyan vazifani bajarib, uning moddiy ehtiyojini qondirish tushuniladi.
Tovarlarning estetik xususiyati esa shakli, tuzilishi, pardozi va hidi kabi tomonlarini hisobga olsa, erganomika qismida insonning unumli ishlashi uchun qulaylik yaratish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Yakka tartibdagi ehtiyojlar quyidagi tartibda aniqlanadi:
oiladagi roli, majburiyat doirasiga ko‘ra;
boshqa odamlar bilan munosabatiga qarab;
guruhning shaxsga va shaxsning guruhga bo‘lgan talabi bilan;
katta jamoatchilikka qo‘shilishi bilan va hokazolar.
Hozirda talab va taklifni o‘rgangan holda mahsulot ishlab chiqarish korxonalarning gullab - yashnashi uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Mahsulot, ish va xizmatlarga bo‘lgan bozor talabining maksimal darajada qondirilishi bozor mexanizmining zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Korxona faoliyati eng avvalo, bozor regulyatorlari asosida tartiblanadi. Bunda iqtisodiy manfaatlar mushtarakligi e’tiborga olinadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida bozordagi talab orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish faoliyatiga hamda ishlab chiqarish hajmlariga ta’sir ko‘rsatiladi, bu esa ma’lum darajada iqtisodiyot tarmoqlarida talab va taklif muvozanatlashuviga zamin yaratib berishi mumkin.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotidan shu narsa ko‘rinadiki, bozorbop mahsulot yetishtirish uchun o‘rtacha 60 ga yaqin yangi g‘oyani o‘rganib chiqish lozim va u quyidagi chizma ko‘rinishida bo‘ladi (10-chizma).
chizma. Mahsulot ishlab chiqarish g‘oyalarini o‘rganish tartibi.
Bozordagi yangi tovar tayyorlash va ishlab chiqarishda ikkita talabni hisobga olish lozim:
Yangi ehtiyojlarni oldindan aytib berish va imkoniyatiga qarab shakllantirish.
G‘oyani ko‘tarib chiqish va tovarlarning ilk nusxalarini sotish o‘rtasidagi muhlatni iloji boricha qisqartirish.
Biz uchun eng asosiysi istiqbolli g‘oyani tanlash muhim hisoblanib, bu yerda ekspertlardan tuzilgan guruhlar tomonidan miyaga hujum usuli orqali ma’lum tovar uchun talab o‘rganiladi. Ushbu o‘rganish esa ma’lum tovarlar partiyasi uchun talabning darajasini ifodalab beradi.
Bozordagi taklif darajasi esa tovarning «bozor testi» orqali har bir bozorda mahsulotni oz-ozdan sotib ko‘rish orqali aniqlanadi.
|
| |