|
Korxona mahsuloti va xizmatiga bo‘lgan talab darajasini aniqlovchi omillar tahlili
|
bet | 69/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Korxona mahsuloti va xizmatiga bo‘lgan talab darajasini aniqlovchi omillar tahlili
Korxona mahsuloti va xizmatiga bo‘lgan talabni tahlil etishning asosiy maqsadi – korxona mahsulotiga bo‘lgan talab darajasini aniqlash hamda buyurtmalar portfelini tashkil etish hisoblanadi. Buyurtmalar portfeli korxonaning quvvati va undan kelajakdagi foydalanish daraja- lariga bog‘liq bo‘ladi. Agar korxona mahsulotiga bo‘lgan talab qaysidir sabablarga ko‘ra pasayadigan bo‘lsa, bunga mos ravishda buyurtmalar portfeli ham qisqaradi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish sur’ati pasayishi, mahsulot tannarxining oshishi hamda korxonaning zarar ko‘rish ehtimoli kuchayib boradi. Bu jarayon uzoq davom etadigan bo‘lsa korxonani bankrotlikkacha olib borishi mumkin.
Bozor muvozanatining muhim elementi bo‘lgan talab va taklifni, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil etish asosida korxonaning ishlab chiqarish sur’ati va uning tuzilishiga baho beriladi. Talab – iste’molchilar tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdoridir. Uni to‘lovga qobil ehtiyoj deyish ham mumkin. Talab iqtisodiy kategoriya bo‘lib, uning darajasiga ko‘plab omillar ta’sir etadi, ya’ni taklif etilayotgan tovar bahosi, uning sifati, xaridorlarning daro- madlari, xarid qobiliyati, o‘rindosh tovarlarning bahosi, iste’molchi- larning daromadlari va tovar bahosini o‘zgarishi, bozorning tovarlar bilan to‘yinganligi hamda jamg‘armalar bo‘yicha foiz stavkalarining o‘zgarishi kabi omillardir.
Omillarning talab hajmi o‘zgarishiga ta’sirini quyidagi bog‘lanishlarda talab funksiyasida ifodalash va aniqlash mumkin, ya’ni:
QD = f/ P, PA, PB, , I, T, S/.
bu yerda:
P, PA, PB – turdosh tovarlar bahosi;
I – aholining pul daromadlari;
T – aholining didi va nimani afzal ko‘rishi;
S – mulkiy jamg‘arma.
Agar tovarlar bahosidan boshqa jami omillar o‘zgarmas deb olinsa, talab funksiyasi faqat baho funksiyasiga teng bo‘ladi, ya’ni
|
| |