Ichki bozor
|
Tashqi bozor
|
2010
|
2011
|
2012
|
2010
|
2011
|
2012
|
«A» mahsuloti
|
Sotish hajmi, ming t.
|
260
|
320
|
328
|
50
|
49
|
42
|
1 t. mahsulot tannarxi, ming so‘m
|
5,5
|
5,8
|
6,1
|
5,7
|
6,0
|
6,5
|
1 t. mahsulot bahosi, ming so‘m
|
7,0
|
7,3
|
7,5
|
7,8
|
7,9
|
8,0
|
Mahsulot rentabelligi, %
|
27,3
|
25,9
|
22,9
|
36,8
|
31,7
|
23,0
|
Sotishdan ko‘rilgan foyda, mln so‘m
|
390
|
480
|
459
|
105
|
93
|
63
|
|
«B» mahsuloti
|
Sotish hajmi, ming t.
|
75
|
143
|
287
|
400
|
350
|
309
|
1 t. mahsulot tannarxi, ming so‘m
|
4,3
|
4,5
|
4,9
|
4,4
|
4,6
|
5,0
|
1 t. mahsulot bahosi, ming so‘m
|
5,4
|
5,7
|
5,9
|
6,0
|
5,9
|
5,9
|
Mahsulot rentabelligi, %
|
25,6
|
26,7
|
20,4
|
36,4
|
28,3
|
18,0
|
Sotishdan ko‘rilgan foyda, mln so‘m
|
82
|
172
|
287
|
640
|
455
|
278
|
|
«V» mahsuloti
|
Sotish hajmi, ming t.
|
386
|
392
|
400
|
380
|
385
|
406
|
1 t.mahsulot tannarxi, ming so‘m
|
4,4
|
4,4
|
4,5
|
4,4
|
4,4
|
4,5
|
1 t. mahsulot bahosi, ming so‘m
|
4,5
|
4,6
|
4,7
|
4,7
|
4,7
|
4,8
|
Mahsulot rentabelligi, %
|
2,3
|
4,5
|
4,4
|
6,8
|
6,8
|
6,7
|
Sotishdan ko‘rilgan foyda, mln so‘m
|
39
|
78
|
80
|
114
|
115
|
122
|
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki «A» hamda «B» mahsulot- lariga talab ichki bozorda keyingi ikki yil ichida ortgan. Bu mahsulot- larga bo‘lgan talab tashqi bozorda qisqargan, rentabellik darajalari pa- saygan. «V» mahsulotga talab o‘zgarmagan 2010-yilda eksport mahsulot
daromadligi ichki bozordagiga nisbatan yuqori bo‘lgan. «B» turdagi mahsulotning tashqi bozordagi narxini pasayishi, tannarxini ortishi tufayli rentabellik darajasi 2010-yildagi 36,4 foizdan 2012-yilga kelib
18 foizga qadar pasaygan. Shu davr ichida «A» mahsulotning rentabelligi 36,8 foizdan 23 foizga qadar tushib ketgan. Bunga asosiy sabab eksport qilingan mahsulot tannarxini keskin ortishidir.
Mahsulotni bozor (ichki, tashqi)da egallagan ulushini, daromad darajasiga qarab to‘rt kategoriyaga bo‘lish mumkin:
«yulduz» kategoriyali tovarlar – korxona foydasining asosini tashkil etadigan hamda iqtisodiy o‘sishga olib keladigan;
«sog‘in sigirlar» kategoriyali tovarlar – og‘ir iqtisodiy davrlarning vujudga kelishini oldini oladigan, investitsiyaga muhtoj bo‘lmagan, foyda keltirayotgan, boshqa kategoriyali mahsulotlar ishlab chiqarishni moliyalashtirishga ishlatiladigan;
«og‘ir bola» kategoriyali tovarlar – bu yangi turdagi tovarlar bo‘lib, reklamaga muhtoj bo‘lgan, bozorga olib chiqilishi kerak bo‘lgan, vaqtinchalik foyda keltirmayotgan, ammo kelajakda «yulduz» tovar bo‘lishi mumkin bo‘lgan;
«o‘lik yuk» yoki «omadsiz» kategoriyali tovarlar – bugungi kun talabiga javob bermaydigan, iqtisodiy o‘sishga imkoniyat bermaydigan, foyda keltirmaydigan tovarlardir.
Korxona mahsulotini guruhlarga ajratib o‘rganish orqali to‘g‘ri, aniq strategiya ishlab chiqiladi. Strategiyani amalga oshirish orqali
«og‘ir bola» kategoriyasiga mansub tovarlarni moliyalashtirish orqali ularni «sog‘in sigirlar», «yulduz» kategoriyalariga yetkazish yo‘llari belgilanadi.
Tahlil jarayonida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning qay biri qaysi kategoriyaga mos kelishligini o‘rganish ham muhim hisoblanadi.
Ichki ma’lumotlar asosida quyidagicha tahlil ishlarini amalga oshirishimiz mumkin (24-jadval). Bu jadval natura o‘lchov birligiga asoslanib olib borilgan bo‘lib, uning tahlilini boshqa o‘lchov birliklarida yuritishimiz ham mumkin.
Tahlil qilinayotgan korxona 5 xil "A"; "B"; "V"; "G"; "D" turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlar ichida "A" va "G" mahsulotlar xaridorgir bo‘lib, ularning rejaga nisbatan "A" mahsulot 12 foizga, "G" mahsulot esa 23 donaga ko‘p sotilgan. Bu esa bozorda ushbu mahsulot turlariga talabning ko‘pligidan dalolat beradi.
jadval
Mahsulot sotish rejasining bajarilishini tahlili
Mahsulot turlari
|
O‘lchov birligi
|
Biznes-reja bo‘yicha
|
Haqiqatda
|
Farqi (+;-)
|
Bajarilishi, (%)
|
A
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
A
|
dona
|
500
|
560
|
+60
|
112
|
B
|
kg.
|
20
|
14
|
-6
|
70
|
D
|
kg.
|
110
|
86
|
-24
|
78.2
|
E
|
dona
|
89
|
112
|
+23
|
125.8
|
F
|
t.
|
32
|
33
|
+1
|
103.1
|
Mahsulot tarkibidan "B" va "V" mahsulotlariga talab kam bo‘lgan. Natijada bu mahsulotlardan jami 30 kilogramm (-6+(-24)) mahsulot sotilmay qolib ketgan. Bunga mahsulot sifati, bahosi yoki o‘rinbosar tovarlarning bozorda vujudga kelishi ta’sir etgan.
Korxonaning endigi asosiy vazifasi sifatning buzilishida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish yoki bo‘lmasa boshqa xaridorgir mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Korxona uchun yana bir optimal variant, "B" va "V" mahsulotlarni kamaytirib, unga sarflanadigan mablag‘larni bir qismini "A" hamda "G" tovarlarini ishlab chiqarishga yo‘naltirishi kerak.
Raqobat darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlovchi omillar tahlili
Raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida tovarlarning raqobatbardoshliligi aniqlanayotganda, uning boshqa raqobatchi tovarlardan yuksak taraflarini mavjudligi, umume’tirof etilgan talablarga javob berishi hamda ketgan xarajatlar miqdori bilan baholanadi. Mahsulotning raqobatbardoshliligini baholashda xaridorlar ehtiyoji va bozor talabiga asoslanadi, chunki tovar xaridor talabiga javob berishi uchun quyidagi parametrlarga mos kelishi kerak:
texnik parametrlarga (tovar belgisi, uni qo‘llash va tavsiya etish markazlari);
ergonomik parametrlarga (tovarning inson organizmiga mos kelishi);
estetik parametrlarga (tovarning tashqi ko‘rinishi);
me’yoriy parametrlarga (tovarning amaldagi me’yorlarga va standartlarga mos kelishi);
iqtisodiy parametrlarga (tovarning baho darajasi, unga ko‘rsatiladigan servis xizmati, vositalar o‘lchami, xaridorlarning ayni vaqtdagi ehtiyojlarini qondira olishi).
Har bir istemolchi o‘z ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlarni sotib oladi. Bu esa, o‘z navbatida, raqobatni keltirib chiqaradi. Xaridorlarning xatti - harakatlaridan shuni ko‘rish mumkinki, ular tovarlarni taqqoslashda, uning ishlatish samaradorligi (s), sotib olish xarajatlariga (x) nisbatan yuqori bo‘lsa o‘sha mahsulotni ko‘proq
tanlashadi. U holda tovarning raqobatbardoshligi (r) quyidagi,
|