|
Xo‘jalik subyektining raqobatchilari imkoniyati va firma ixtisoslik tovarlarining bozordagi sotilish darajasini tahlili
|
bet | 74/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Xo‘jalik subyektining raqobatchilari imkoniyati va firma ixtisoslik tovarlarining bozordagi sotilish darajasini tahlili
Tovarlarning turi
|
O‘lchov birligi
|
O‘rtacha o‘tgan uch yilda bozordagi talab miqdori
|
Raqobat- chilar taklif qilgan tovarlar miqdori
|
Bozordagi talabdan farq
|
Firma taklif qilishi lozim bo‘lgan tovarlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
«A» mahsulot
|
dona
|
2600
|
2200
|
400
|
560
|
«B» mahsulot
|
kg.
|
1400
|
1380
|
20
|
14
|
«V» mahsulot
|
kg.
|
240
|
159
|
81
|
86
|
«G» mahsulot
|
dona
|
300
|
160
|
140
|
112
|
«D» mahsulot
|
tn.
|
700
|
670
|
30
|
33
|
chizma. Korxonani kompleks raqobat tahlilining tizimi.
Iqtisodiyotda raqobat turli funksional strukturalar o‘rtasida yagona maqsad sari raqobatlashuv tushuniladi. Kompleks raqobat tahlili ikki asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:
korxonani raqobatda tutgan o‘rnini tahlili;
korxonani raqobatga bardoshligini tahlili.
Kompleks marketing tahlilining asosiy yo‘nalishida korxonaning raqobatda tutgan o‘rni muhim rol o‘ynaydi. Korxonaning raqobatbar- doshligi qisqa muddatdagi kapital mablag‘ sarfi evaziga rejadagiga
nisbatan kam bo‘lmagan miqdordagi foydaga erishish tushuniladi. Kor- xonani raqobatga bardoshligini ta’minlash uchun raqobat qilish qobili- yatini oshirish, raqobatbardoshlik strategiyasini rivojlantirish lozim. Bu ko‘rsatkichlar korxonani bozordagi faoliyatini samarali yuritish, bozordagi ulushini saqlash yoki uni oshirish, kelgusida yetarli darajadagi rentabellikka, moliyaviy barqarorlikka erishish kabi ko‘rsatkichlar yig‘indisidan iborat. Bunday holatga erishish uchun tovar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi talab etiladi.
texnik parametrlar (tovar xususiyati, uni qo‘llanishi va tavsiya etilishi);
estetik parametrlar (tovarlarning tashqi ko‘rinishi);
ergonomik parametrlar (tovarning inson organizmiga zararsizligi);
me’yoriy parametrlar (tovarning amaldagi me’yorlarga va stan- dartlarga mos kelishi);
iqtisodiy parametrlar (tovar bahosi, ko‘rsatiladigan servis xiz- mati).
Xaridorlarning xatti-harakatidan shuni anglash mumkinki, tovar- larni taqqoslashda, uning ishlatish samaradorligi (S), sotib olish xarajatlari (X)ga nisbatan yuqori bo‘lsa, shu mahsulotni xarid etadilar. Tovar raqobatdoshligi (R) quyidagicha aniqlanadi:
R S
Х
Tovar raqobatbardoshligini baholash bosqichlari quyidagilardan iborat:
O‘rinbosar tovarlarni topish va uni tahlil qilish.
O‘xshash mahsulotlarning solishtirilishi orqali asosiy ko‘rsat- kichlarini belgilash (aniqlash).
O‘z mahsulotimizdagi integral (umumiy) raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarini aniqlash.
Mahsulotning raqobatlashuv qobiliyatini pasayish sabablarini kor- xonaning muhandislari, iqtisodchi, master, texnik nazorat, moddiy- texnika ta’minoti, sotish bo‘limlari xodimlari) sinchiklab o‘rganadilar:
mahsulot konstruksiyasi (modeli, tuzilishi);
tayyorlov texnologiyasi;
materiallar va butlovchi buyumlarning sifati va bahosi;
korxona ishlab chiqarishining holati va boshqalar.
Texnikaviy shartlarga mos keluvchi sifat
Konstruksiya sifati
Vazifani bajarish bo‘yicha sifat
1-bosqich 2-bosqich 3-bosqich
12-chizma. Sifat zanjiri.
Mahsulot turlari parametrlarini o‘zgarish sabablarini kompleks tahlilida etalon sifatida qabul qilingan o‘rtacha bozor yoki tarmoq parametrlari bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Har bir detal, material, butlovchi buyum, texnologik jarayonlar bo‘yicha tafovutlar mutaxassislar tomonidan alohida-alohida aniqlanadi va jamlanadi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tufayli mahsulot raqobatbardoshligining pasayishini bartaraf etish tadbiriy choralari quyidagi mazmunga ega:
o‘zgartirish kiritiladigan va modernizatsiya qilinadigan mahsulot nomi;
mahsulot ishlab chiqarishidagi kamchiliklarni yo‘qotish bo‘yicha bajariladigan ish turlari;
kamchiliklarni yo‘qotish bilan bog‘liq ish turlarini muddati, unga javobgar shaxslarning ism-sharifi;
zarur material, asbob-uskunalar ro‘yxati va miqdori;
bajarilgan ish turlari va moddiy resurslarning summasi;
ishni tugatish muddati;
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar samaradorligiga oid ma’lumotlar.
Mahsulot raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Sifat zanjiri sifatning uch xil tushunchasini aks ettiradi.
Birinchi bosqichda mahsulot, xizmatlar sifati texnikaviy shartlarga muvofiq bo‘lishi kerak. Ikkinchi bosqichda konstruksiya, instruksiya sifati baholanadi, ya’ni sifat firma texnikaviy shartlariga javob berishi, ammo konstruksiya yuqori yoki past sifatli bo‘lishi mumkin. Uchinchi bosqichda sifat iste’molchi talabiga muvofiq darajada bo‘ladi. Sifatning bu jihati uning funksional jihati deb ataladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Xo‘jalik subyektining raqobatchilari imkoniyati va firma ixtisoslik tovarlarining bozordagi sotilish darajasini tahlili
|