|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim
|
bet | 82/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49Ko‘rsatkichlar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
Biznes-
reja bo‘yicha
|
Haqiqatda
|
o‘tgan
yilga nisbatan
|
Biznes-
rejaga nisbatan
|
Yalpi mahsulot: Amaldagi bahoda Solishtirma bahoda
|
1912902
2113430
|
2236548
2198763
|
2721401
2553967
|
+808499
+440537
|
+484853
+355204
|
Tovar mahsuloti:
Amaldagi bahoda Solishtirma bahoda
|
1902784
2109528
|
2209568
2117539
|
2701893
2515931
|
+799109
+406403
|
+492325
+398392
|
Sotilgan mahsulot: Amaldagi bahoda
Shartnomaviy bahoda
|
1452513
1402677
|
2367492
2301769
|
3040381
2984387
|
+1587868
+1581710
|
+672889
+682618
|
Shuningdek, ko‘p turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisos- lashgan korxonalarning faoliyatini tahlil qilishda sarflangan mehnat miqdoriga qarab ham ma’lumotlar o‘rganiladi.
Sanoat korxonalarining mahsulotlar ishlab chiqarish darajasini tahlil qilishda muhim o‘rinni biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, qiymat o‘lcho- vida hisoblangan umumlashgan ma’lumotlarni o‘rganish egallaydi, ya’ni ishlab chiqarilgan yalpi tovar mahsuloti, sotilgan mahsulotlar qiymatini bir necha yillar ma’lumotlariga asoslanib tahlil o‘tkazish lozim.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan aksionerlik jamiyatida joriy davrda yalpi mahsulot ishlab chiqarish
hajmi o‘tgan yilga nisbatan solishtirma baho bo‘yicha 440537 ming so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, biznes-rejaga nisbatan esa 355204 ming so‘mga ko‘paygan. Amaldagi baholar bo‘yicha yalpi mahsulot hajmi esa bundan ko‘proqqa oshgan. Bu shundan dalolat beradiki, joriy yilda o‘tgan yillarga nisbatan mahsulotlar bahosining o‘sishi ham kuzatilgan. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, aksionerlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotlarning aksariyati sotishga mo‘ljallangan, ya’ni tovar sifatiga ega, biroq, aksionerlik jamiyatida o‘tgan yili tovar mahsulotlarining kattagina qismi sotilmay omborda qolib ketgan. Bu miqdor amaldagi baholar bo‘yicha o‘tgan yili 450271 ming so‘mni tashkil etgan. Hisobot yili ma’lumotlariga e’tibor qiladigan bo‘lsak, ishlab chiqarilgan yalpi mahsulotga nisbatan sotilgan mahsulotlar hajmi amaldagi baholar bo‘yicha 318980 ming so‘mga oshgan. Bu shundan dalolat beradiki, aksionerlik jamiyatida joriy yilda o‘tgan yildan qolgan mahsulotlar qoldig‘ining kattagina qismini sotishga muvaffaq bo‘lingan. Bu esa korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmlari bo‘yicha yaxshi natijalarga erishganligidan dalolatdir. Bundan tashqari korxonada joriy yilida o‘tgan yili va biznes-rejaga nisbatan bir qadar ko‘p mahsulot realizatsiya qilingan. Masalan, amaldagi baholar bo‘yicha korxona joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 1587868 ming so‘mlik ko‘p mahsulot sotilishiga erishilgan. Bunday natijalarni korxona uchun ijobiy baholamoq lozim deb hisoblaymiz.
|
| |