|
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasini tahlili
|
bet | 84/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Mahsulot ishlab chiqarish va sotish dinamikasini tahlili
Yillar
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi joriy yil bahosida, ming. so‘m
|
Baho indeksi
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi bazis davri bahosida, ming.
so‘m
|
O‘sish
sur’ati, %
|
Mahsulot sotish hajmi, ming so‘m
|
O‘sish sur’ati,%
|
bazisli
|
zanjirli
|
bazisli
|
zanjirli
|
XXX1
|
200000
|
1,0
|
200000
|
100
|
100
|
210700
|
100
|
100
|
XXX2
|
215000
|
1,30
|
165384
|
82,7
|
82,7
|
168300
|
79,9
|
79,9
|
XXX3
|
220000
|
1,35
|
125356
|
62,6
|
75,8
|
170500
|
81,0
|
101,3
|
XXX4
|
339150
|
1,20
|
209352
|
104,6
|
167,0
|
250000
|
118,7
|
146,7
|
XXX5
|
336006
|
1,10
|
254550
|
127,3
|
127,6
|
280380
|
133,1
|
112,2
|
Mahsulotlarni sotish majburiyatlarini bajarilishi korxonaning moliyaviy holati, moliyaviy natijalariga katta ta’sir qiladi. Yaqin o‘tmishda rejali iqtisodiyot davrida ham shartnomalar tizimidan foydalanilgan, ammo yakka mulkchilik, ya’ni davlat mulkchiligining tanho huquqi hukmronlik qilgan zamonda shartnomalar reja va topshiriqlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan bir vosita hisoblangan.
Bugungi kunda shartnoma rejali ishlab chiqarish va taqsimlash omillariga asoslanmaydi. Bil’aks, bozor qonuniyatlari talabiga binoan, shartnomaviy munosabatlar tovar-pul, ya’ni teng to‘lovlar tarzida amalga oshirilib, shartnoma ularga huquqiy shakl o‘rnida xizmat qila boshladi. Konstitutsiya, Fuqorolik kodeksi, xo‘jalik ishlarini yuritish qonunlari majmuasi, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar to‘g‘risidagi qonunlar, boshqa me’yoriy hujjatlar shartnoma munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy manbalar hisoblanadi.
Shartnoma ijrosi jarayoni, bozor iqtisodiyoti qonuniyatiga ko‘ra moddiy ijrodan, ya’ni o‘zaro majburiyatlarning bajarilishidan, ijroning hujjatli asosda tasdiqlanishidan iborat. Shartnoma bajarilmasligi korxonaga katta iqtisodiy zarar keltiribgina qolmay, uning istiqbolini xavf ostiga qo‘yadi, moliyaviy ahvolini inqirozga uchrashiga sabab bo‘ladi. Mahsulotni yetkazib berish shartnomasini bajarilishi (foizda) quyidagi formula asosida aniqlanadi.
bunda:
Kn- shartnoma majburiyatini bajarilishi, % ;
N 0 - shartnoma tuzish uchun mo‘ljallangan mahsulot hajmi; NH - yetkazib berilmagan mahsulot.
Bozor munosabatlari rivojlangan sari rejaning ahamiyati tobora oshib boradi. Biror-bir ishlab chiqarish, xususan, tijorat g‘oyasini rejasiz amalga oshirib bo‘lmasligini xorijiy ishbilarmon va tadbirkorlar alla- qachon tushunib etishgan. Bu yerda gap avvalgi sobiq ittifoq davridagi
«besh yillik» rejalarimiz haqida ketmayapti. Xorijiy rivojlangan mamlakatlarning «besh yillik» rejalari butunlay boshqacha usulda tuziladi. Ularni «Biznes-reja» deb atashadi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining ishlab chiqarish faoliyatini hamda kelgusida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan taktik va strategik rejalarini biznes-rejasida aks ettiradi.
|
| |