|
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi va dinamikasi tahlili
|
bet | 86/316 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 1,74 Mb. | | #262678 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv tahlili Vahabov A V va boshq ЮЛДАШ 61e49 Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi va dinamikasi tahlili
Ko‘rsatkich- lar
|
O‘tgan yil
|
Hisobot yili
|
Farqi (+,-)
|
Biznes- reja bo‘yicha
|
Haqi- qatda
|
Rejadan
|
O‘tgan yildan
|
Mutlaq, ming
so‘m
|
Nis- biy, %
|
Mutlaq, ming
so‘m
|
Nis- biy, %
|
Mahsulot hajmi (ish, xizmat) ulgurji bahoda,
ming so‘mda:
|
|
|
|
|
|
|
|
Solishtirma
ulgurji bahoda
|
2113430
|
2198763
|
2553967
|
+355204
|
+16,15
|
+440537
|
+20,84
|
Amaldagi
ulgurji bahoda
|
1912902
|
2236548
|
2721401
|
+484853
|
+21,68
|
+808499
|
+42,26
|
Mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‘rganishda solishtirma, ulgurji baholarda hamda joriy yilning amaldagi baholarida aniqlangan ma’lu- motlar tahlil qilinadi. Dinamikasini aniqlash uchun hisobot davrida ish- lab chiqarilgan haqiqiy mahsulot hajmi o‘tgan yillardagisi bilan taqqos-
lanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi mutlaq va nisbiy (foiz)larda aniqlanishi lozim. Bunday tahlil qilishda taqqoslanuvchi ko‘rsatkichlar bir xil baho- larda hisoblangan, ya’ni taqqoslanuvchi talabga keltirilgani maqsadga muvofiqdir. Sababi, aniqlangan o‘zgarish va farqlarda baho omilining ta’siri bo‘lmasdan faqat miqdoriy o‘sish yoki kamayishlar aniq holati ko‘ringani tahlilning ta’sirchanligini orttiradi. Mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‘tgan yillarga nisbatan o‘sish sur’atlari bir xil solishtirma ulgurji bahoda aniqlanadi. Amaldagi ulgurji bahoda ifodalangan mahsu- lot (ish, xizmat)lar hajmini solishtirma bahodagisi bilan taqqoslash orqali bahoning o‘zgarishini mahsulot miqdoriga ta’siri aniqlanadi.
Aksionerlik jamiyati mahsulot ishlab chiqarish rejasini solishtirma va amaldagi ulgurji baholar bo‘yicha ortig‘i bilan ado etgan. Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, aksionerlik jamiyatida hisobot yili mahsulot ishlab chiqarish hajmi solishtirma ulgurji baho bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan 440537 ming so‘mga, biznes-rejaga nisbatan esa 355204 ming so‘mga ko‘paygan. Amaldagi ulgurji baholar bo‘yicha esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘gan yilga nisbatan 808499 ming so‘mga yoki 42,26 foizga, biznes-rejaga nisbatan esa 484853 ming so‘mga yoki 21,68 foizga o‘sgan. Bunday natijalar shundan dalolat beradiki, mahsulot hajmining solishtirma bahosi bilan amaldagi bahosi o‘rtasidagi farq baho o‘zgarishining mahsulot hajmiga ta’sirini aks ettiradi. Bundan ko‘rinadiki, korxonada joriy yilda tovarlar bahosida o‘sish kuzatilgan. Bu esa iqtisodiyotda ma’lum darajada inflatsiyaning mavjudligidan dalolatdir.
Mahsulot ishlab chiqarish biznes-rejasini bajarilishi va uning dinamikasi miqdoriy (dona, kg, tonna) o‘lchamlarda aniqlanib tahlil etiladi. Bunday tahlil miqdor o‘lchamidagi ma’lumotlarni o‘rgansa-da, aniq holatni va mavjud imkoniyatni batafsilroq aks ettiradi. Sababi, firma qancha turdagi va miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqargan bo‘lsa, faqat haqiqatda erishilgan natijalargina o‘rganiladi. Tahlil davomida mahsulot ishlab chiqarish hajmini o‘rtacha yillik o‘sish darajasini aniqlash lozim.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha reja bajarilishini tahlil qilish uchun hisobot yilida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning har bir turi bo‘yicha haqiqiy miqdorini reja bo‘yicha ko‘zda tutilgan miqdoriga solishtiriladi va o‘zgarishi mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda aniqlanib, baho beriladi. Mahsulotlarning turlari bo‘yicha dinamikasini tahlil qilish uchun hisobot yilida yetishtirilgan mahsulotning haqiqiy
miqdorini bazis yilida yetishtirilgan mahsulotning haqiqiy miqdoriga solishtirib, o‘zgarishi aniqlanadi va baho beriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha reja bajarilishining tahlilini quyidagi aksionerlik jamiyatining 2011-yildagi ma’lumotlari misolida ko‘rib chiqamiz.
Paxta xomashyosini qayta ishlash natijasida aksionerlik jamiyati 6 xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotlar bo‘yicha ishlab chiqarish rejasi bajarilishi va dinamikasining qiyoslama tahlilini jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkin.
jadval
|
| |